Falsafani o’rganish jarayonida milliy g’oya va istiqlol mafkurasi reja


Download 31 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi31 Kb.
#1587671
Bog'liq
FALSAFANI O’RGANISH JARAYONIDA MILLIY G’OYA VA ISTIQLOL MAFKURASI


FALSAFANI O’RGANISH JARAYONIDA MILLIY G’OYA VA ISTIQLOL MAFKURASI


Reja:
1. Mafkura definitsiyasi va ijtimoiy axamiyati
2. Mafkuraning ijtimoiy tiplari
3. Falsafa va mafkura
4. Falsafaning mafkuraviy funksiyalari
K I R I SH
Zamon shiddat bilan uzgarib bormokda. Ijtimoiy xayotimizninng biror soxasi yukki, zamon nafasidan xoli bulsa, zamon ta’siridan ayri bulsa. Kim bilsin, XX asrning oxiri- XX1 asrning boshi insoniyat tarixiga uzgarishlar shiddati zur bir davr sifatida kirar.
Kishilik jamiyatidagi uzgarishlar ma’naviyatini, ijtimoiy ong shakllari va darajalarini xam chetda koldirmayotir. Aytaylik, XX asrda fan va ilmiy ong tubdan uzgardi. U murakkab tabiatga egaligi kashf kilindi. Kechagina uzgarmas dogmatlarni targib kilish bilan cheklangan din xam modernizatsiya jarayonlarini boshidan kechirmokda. Bunday sharoitda falsafa va fan, falsafa va din urtasidaga tafovutlar xususida fikr yuritish eng muximi, “Falsafa nima?” degan savolga javbo berish aloxida axamiyat kasb etadi.
XX asr shunday masalani kun tartibiga kuyishini (umuman olganda, falsafa tarixida mutaxasislar bu savolga bir necha bor (agar muttasil) bulmasa) javob berishga muvaffak bulganlar) oldindan xis etgan Genrix Struve 1890 yilda “Falsafaga kirish” deb nomlangan asarini nashr kiladi xamda “falsafa falsafasi” deb nomlangan yangi ixtisoslikni shakllantirish zarurligini asoslab beradi. Uning fikricha, falsafa falsafasi (buni xozir “falsafiy bilim nazariyasi” yoxud “metafilosofiya” deb xam ataydilar) falsafiy muammolar tabiatni aniklash falsafa obyekti va predmetini ifodalab berish, falsafaning ijtimoiy ong boshka shakllaridan farkini ochish bilan shugullanish kerak.
Birok shu mavzuga bagishlangan yaxlit ilmiy ishlar barmok bilan sanokli darajada. Uzbek falsafasida xam falsafa falsafasini yaratish zaruriyati allakachonlar pishib yetilgan. Muallif ana shu zaruratni kondirishga uz xissasini kuyishni maksad kilib kuyadi.

1. Mafkura definitsiyasi va ijtimoiy axamiyati


«Mafkura» tushunchasi uzok vakt siyosat va axlok poydevorini tashkil etuvchi turli g‘oyalar, karashlar xakidagi fan, ta’limot sifatida ta’riflangandi. Keyingi ikki asr davomida faylasuf-lar ushbu tushunchani ma’naviy ishlab chikarish shakllari orasi-dagi uzaro alokadorlik mexanizmini xarakterlovchi turli g‘oyalar, karashlarning bir butun, yaxlit sistemasi sifatida talkin eta boshladilar. Xullas, «mafkura – falsafiy tushuncha bulib, insoniyat akl-zavokati, faxm-farosati tufayli vujudga kelgan turli g‘oyalarning yig‘indisi, uning ma’lum bir sistemasidir. Mafkura jamiyat ustkurmasining eng muxim kismi bulib, siyosiy, xukukiy, axlokiy, falsafiy, diniy, estetik va boshka karashlar-ning tuplamidir».1 Shuningdek, mafkura jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy va ma’naviy-madaniy jarayonlar-ning indikatori, jamiyat axlokiy xolati, ijtimoiy-siyosiy re-surslari va kelajakdagi imkoniyatlarining kursatkichidir.


Mafkura xar kanday kishilik jamiyatining atributiv xos-sasidir. Chunki u kishilarning nafakat moddiy, balki ma’naviy xayotida xam, nafakat jamiyatning, balki individning xulk-at-vori va xatti-xarakatlarida xam uz ifodasini topadi. Bir suz bilan aytganda, mafkura inson xayotiga ijtimoiy mazmun baxsh etadi. Shuning uchun xam Prezident I.A.Karimov: «Mafkura bulmasa odam, jamiyat, davlat uz yulini yukotishi mukarrar»,-deb ta’kidlagan edi.1
Shuni xam aytib utish lozimki, mafkura borlikni aks et-tirish shakliga karab xayoliy va xakkoniy mafkuralarga bulinadi. Xayoliy mafkura borlikni notug‘ri idrok kilishdan xosil bulgan soxta tushunchalar va g‘oyalar majmuidirdir. Buning sababi shuki, obyektiv reallikdan olingan faktlar notug‘ri talkin kilinadi. Natijada subyektning obyekt xakidagi tushuncha, xukm, xulosalari soxta, xato bulib chikadi. Bunday psevdofaktlar ustida barpo etilgan mafkura esa xakikatdan yirok, xomxayollarga asoslangan g‘oyalar yig‘indisiga aylanadi.
Birok, unutmasligimiz lozimki, xato bilan yolg‘on urtasida katta fark bor. Xato subyekt tushunchalari bilan obyekt urtasi-dagi nomuvofiklikning beg‘araz shaklidir. Yolg‘on esa faktlarni ongli ravishda buzib kursatish bog‘lik. Shunga kura, xayoliy maf-kurani ikkiga - paralogizmga asoslangan mafkura va sofizmga asoslangan mafkuraga ajratish mumkin.
Paralogizmga asoslangan mafkura xatolarga, ya’ni borlikni notug‘ri, lekin beg‘araz aks ettirishga tayanadi. Sofizmga asos-langan mafkura esa vokelikni atayin buzib kursatish okibatida vujudga keladi. Aksariyat xollarda bunday mafkura g‘ayriinsoniy xarakterga ega buladi. Natsizm, irkchilik, kommunizm mafkuralari buning yakkol dalilidir.
Sofizmga asoslangan mafkurani vujudga keltiruvchi omil-lardan biri partiyaviylikdir. Chunki partiyaviylikka asoslangan mafkura u yoki bu sinf, ijtimoiy gurux yoki siyosiy partiya mak-
sadlari va manfaatlarini boshka sinf, gurux va partiya maksad va manfaatlaridan ustun kuyadi. Okibatda vokelikdagi faktlar xam shu gurux yoki partiyaning manfaatlariga mos tarzda talkin eti-ladi. Masalan, jaxon sotsializm sistemasini kullab-kuvvatlash va kengaytirish tarafdori bulgan KPSS Chexoslovakiyaga sovet tanklarining bostirib kirishini, Polshadagi demokratik uzga-rishlarning bug‘ib tashlanishini, Afg‘onistonga nisbatan tajo-vuzkorlikni kapitalizm revanshiga yul kuymaslik, kardosh mam-lakatlarga yordam kulini chuzish aksiyasi deb izoxlagan edi. Aslida bu vokealarning barchasi agressiyadan uzga narsa emasdi. Nemis millatining «sofligi», «tozaligi» xususida «kayg‘urgan» fa-shistlar xam yaxudiylarga nisbatan amalga oshirilgan genotsidni tarixiy zaruriyat deb atagan edilar.
Xakkoniy mafkura xamisha fanga, ilmiy metodologiyaga asoslangan buladi. U partiyaviylik xususiyatlaridan yirokdir. Shu sababli xakkoniy mafkura uz xarakteriga kura insonparvar mafkuradir. Fakat shunday xarakterdagi mafkuraga asoslanib, uz millatin
ing maksadlari, manfaatlari xamda kadriyatlarini chukur anglab yetgan, ayni paytda umuminsoniy kadriyatlarga sodik siyosiy yetuk shaxsni shakllantirish mumkin. Xakkoniy mafkura partiyaviy emas, milliy xarakterga egadir. Istiklol mafkurasining ana shunday milliy xarakterga ega bulishi kerakligini Prezident I.A.Karimov xam ta’kidlab utgan edi.1 Demak, milliy istiklol mafkurasi xam xakkoniy, xam insonparvar mafkura bulmog‘i zarur.
Jaxon tajribasiga kulok tutsak, mafkura turli yullar bi-lan shakllanishi mumkinligiga amin bulamiz. Xozirgi zamon faylasuflari xar kanday mafkura turt yul bilan vujudga kel-tiriladi, deb xisoblaydilar:
1. Kondensatsiya.Mafkura kundalik ongda mavjud bulgan maf-kuraviy tasavvurlarning kayta ishlanishi, sistemalashtirilishi va nazariy darajaga kutarilishi natijasida xosil buladi. Eko-nomizm mafkurasi, xozirgi zamon ekologik xarakati mafkurasi xuddi shu yusinda shakllangan.
2. Konvergensiya. Mafkura ikki yoki undan ortik mafkura-lardagi turli elementlarning birlashtirilishi okibatida vu-judga kelishi mumkin. Bugungi kunda Buyuk Britaniyada ildiz ot-gan neokonservatizm mafkurasi aynan ana shu yul bilan tarkib topgan: unda Amerika «intellektual» neokonservatizmi va Yevropa neokonservatizmining axamiyatli g‘oya xamda konsepsiyalari bir-lashtirilgan. Saksoninchi yillar urtasida AQShda yuzaga kelgan neoliberalizm mafkurasi xam an’anaviy liberalizm g‘oyalarini bugungi kun liberalizmi mafkurasidagi axamiyatli g‘oyalar bilan sintez kilish xosilasidir.
3. Divergensiya. Yangi mafkura eski mafkura tarkibidan joy olgan biror bir element negizida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, Fransiyada yetmishinchi yillar oxirida inkirozga yuz tutgan sul radikalizmining bir-biriga zid bulgan ikki g‘oyasi negizida xar kanday inkilobni inkor etadigan «yangi fransuz faylasuflari» mafkurasi va siyosiy giperaktivizm tarafdori bulgan «sul ter-rorizm mafkurasi» yaraldi.
4. Revitalizatsiya. Mafkura yangi shaklda kayta tug‘ilgan eski mafkura, g‘oya negizida xosil bulishi mumkin. Xozirgi zamon GFR neokonservatorlari «konservativ inkilob» mafkurasining asos-chilari E. Yunger, A.Meller, van Der Bruk, G.Frayyer, ayniksa K. Shmittlarning karashlarini zamonaviylashtirish okibatida shakllantirilgan.
Mafkuraning ijtimoiy axamiyati kator kadriyatlarni ri-vojlantirish, aksilkadriyatlarning esa oldini olish bilan bog‘-lik. Jumladan, demokratik jamiyat sharoitida mafkura kuyidagi kadriyatlarning tayanchi bulmog‘i shart:
1.Insonparvarlik. Kommunistik mafkura xukm surgan yil-larda shaxs jamiyat va davlatga buysundirildi, davlat manfaatla-rining ustuvorligi ta’minlandi. Inkvizitsiya yillarida din akidalariga tug‘ri kelmagan ilmiy kashfiyotlar yukka chikarilgani kabi Sovet xokimiyati yillarida davlat manfaatlariga zid bulgan shaxsiy manfaatlar barxam toptirildi. Natijada shaxs uz xalki kadriyatlaridan begonalashdi, jamiyat maksadlarini kabul kilmay kuydi. Demokratik jamiyat sharoitida mafkura «shaxs, jamoa, jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtirmog‘i darkor. Shaxs bilan jamoa, shaxs bilan jamiyat orasida vujudga kelgan xar kanday ziddiyatlarni, muammolarni bartaraf etish uchun mafkuraviy muxit yaratilishi lozim».1 Shaxs xukuklari va erkinligi, shaxs manfaatlarining ustuvorligi ta’minlamas ekan, insonparvar, demokratik jamiyat barpo etib bulmaydi.
2.Birdamlik. Bugungi kunda kariyb xar kanday kishilik ja-miyati kupmillatlilik xususiyatiga ega. Shunday ekan, Xakkoniy, insonparvar mafkura jamiyatdagi barcha millat va elatlarning farovon turmushi xamda erkin mexnatini ta’minlamog‘i, ularning extiyoj va manfaatlarining kondirib borilishi uchun zamin xo-zirlamog‘i, xar kanday separatik xarakatlarning oldini olmog‘i lozim. Binobarin, milliy istiklol mafkurasi xam nafakat uzbek mafkurasi, balki Uzbekiston xalklari mafkurasi bulishi shart. Aks xolda shovinistik kayfiyatlar va karashlarning ildiz oti-shiga keng yul ochib beriladi. Bunga misol kilib, Rossiyaning «Vestnik Moskovskogo Universiteta» ilmiy jurnali redaksiyasi tomonidan 1993 yilda olingan intervyularni kursatish mumkin.2 Unda respondentlarning aksariyat kismi «rus g‘oyasini» (kizig‘i shundaki, notug‘ri talkin etilgan rus g‘oyasini) Rossiyaning xamda MDX mamlakatlarining boshka xalklariga tikishtirmokchi buladi, Rossiyani boshka xalklarning posboni, panoxi, deb ta’riflaydi. Un beshinchi asrdan boshlab mustamlakachilik siyosatini olib bor-gan (keyingi 500 yil davomida - 1940 yilga kadar – Rossiya yer-larini mustamlaka xisobiga kengaytirmagan biror rus xukmdo-rini eslash amri maxol) davlat uzini xar kanday (xatto mafkura-viy) jarayon va vokealar markazida xis etishga, akl urgatish xu-kukiga egaligiga ishonishga urganib kolgan.
Shuning uchun xam AQShning Garvard Universiteti profes-sori R. Payps Rossiya kupgina ruslarga xos bulgan imperiyachilik mentalitetidan voz kechishi kerak, agar boshka respublikalar xuddi shu uslublarga asoslanganlarida edi, bu mamlakatlarning rus fukarolari g‘oyat katta azob chekkan buladilar, deb ta’kidlagan edi.1 1993 yildan keyin Pribaltika mamlakatlarining rus mil-latiga mansub fukarolarga nisbatan amalga oshirgan siyosati R. Paypsning nixoyatda xak ekanligini isbotlab berdi.
Uzbek diyori azal-azaldan milliylik emas, xududiylik prinsipiga asosan tarkib topgani uchun bunday balolardan xo-lidir. Xarkalay, uzbek xalki vijdonida kurbon kilingan xalk, yukotib yuborilgan elat uchun mas’uliyat va javobgarlik bulmasa kerak. Shu sababdan xam milliy istiklol mafkurasi Uzbekiston-ning barcha fukarolari manfaatlariga mos tushuvchi, ularning imkoniyatlarini buyuk maksad yulida birlashtiruvchi, birdamli-gini ta’minlovchi kudrat bula oladi.
3. Vorisiylik. Uz milliy zaminidan, ildizidan uzilgan millatning kelajagi yuk. Millat tarixini yaxshi va yomonga aj-ratib bulmaydi. Aytaylik, mamlakat gullab-yashnagan temuriylar davri xam, mustamlakachilik asorati ufurgan Sovet xokimiyati yillari xam bizning tariximizdir. Demokratik jamiyat sharo-itida mafkura, jumladan milliy istiklol mafkurasi ana shu davrlarda yashagan barcha avlodlar urtasidagi alokani saklamog‘i darkor.
4. Davlatchilik. K. Marks falsafasini mafkura darajasiga kutargan V.Lenin davlat asta-sekinlik bilan yukola boradi, de-gan fikrni ilgari surgan edi. Xozirgi zamon mutaxassislari bu fikrni vokelikni notug‘ri idrok kilishdan xosil bulgan soxta tushunchadan uzga narsa emas, deb ta’kidlamokdalar. Bozor iktiso-diyotiga asoslangan jamiyatda davlat nafakat individlar, balki turli ijtimoiy guruxlar va sinflar orasidagi uzaro munosabat-larni muvofiklashtirib, tartibga solib turishi zarur. Indust-rializmdan ekologizmga, totalitarizmdan demokratizmga utishni ta’minlovchi, insonparvar, demokratik jamiyat institutlarini mustaxkamlovchi kudrat - fakatgina davlatdir. Binobarin, demokratik jamiyat sharoitida mafkura milliy davlatchilikning rivojlanishi uchun poydevor yaratishi kerak.
Mafkura yukorida tilga olingan kadriyatlarga tayanch bulish bilan birga shaxs ijtimoiy kiyofasining shakllanishiga salbiy ta’sir kursatuvchi kator aksilkadriyatlarning ildiz otishiga yul kuymasligi darkor. Ular turkumiga kuyidagilar kiradi:
Repressiya. Xar kanday repressiya, bir tomondan, millat tarakkiyotiga tusik bulsa, ikkinchi tomondan, shaxs siyosiy kiyofa-sining shakllanishiga salbiy ta’sir kursatadi. Yakin utmishda xalkka nisbatan «kayta ishlashga muljallangan xom ashyo» sifatida munosabatda bulindi. Yagona sovet xalkini shakllantirish, kom-munizm kuruvchilarining axlokiy kiyofasini rivojlantirish, saflarini tozalash kabi safsatalar ostida 1917-1923 yillarda «kizil terror», 1930-1950 yillarda «xalk dushmanlariga karshi kurash», 1960-1980 yillarda «dissidentlarga karshi kurash», sak-soninchi yillarda «kator respublikalarda mavjud bulgan kor-rupsiya va uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash» amalga oshi-rildi. Aslida esa bunday shiorlar ostida murosasizlarni muro-salilar bilan almashtirish siyosati utkazildiki, uning nati-jasida tinchlik yillarida sobik SSSRda 66 million 700 ming kishi kurbon kilindi.1 Birgina uzbek xalki bunday repressiv choralar okibatida unlab iste’dod soxiblaridan judo bulish bilan birga kurkuv, kelajakka ishonchsizlik, bokimandalik kabi illatlarga yulikdiki, ulardan xanuzgacha kutila olmayotir. Xar kanday jamiyatda mafkura ana shunday daxshatlarning kelajakda kayta zuxur bulmasligini ta’minlamog‘i darkor.
Vokelikni taftish kilish, buzg‘unchilik. Kommunistik mafkuraning g‘oyalaridan birini K.Marksning «Faylasuflar dunyoni fakat turlicha izoxlab keldilar, lekin gap uni uzgarti-rishdadir»,-degan tezisi tashkil etardi. Lekin Marksni uziga xos tarzda talkin etgan marksizm-leninizm falsafasi namoyon-dalari uzgartirishni buzishdan iborat deb tushundilar. Buning kanday okibatlarga olib kelgani bizga ma’lum. Shuning uchun Prezident I.A.Karimov uz ma’ruzalaridan birini «Yangi uy kur-may turib, eskisini buzma», deb nomlagan edi. Demokratik jamiyat sharoitida mafkura olamni bunday uzgartirishni emas, uni sak-lashni targ‘ib kilishi lozim.
Tabakalashtirish. Kup ukladli iktisodiyot u yoki bu ijti-moiy gurux, sinf, siyosiy partiyani «avangard», «ilg‘or sinf» da-rajasiga kutarishga yul kuymaydi. «KPSS - xalk avangardi», «proletariat diktaturasi» kabi bema’niliklar va safsatalar umri bino bulib sakkiz sinfdan nariga utmagan «savodxonni» siyosiy e’tikodli, ziyoli kishini esa proletariat xizmatchisi, deb e’lon kildi. Bunday tabakalashtirish shaxs xukuklarining poymol etilishidan uzga narsa emas edi.
Xarbiylashtirish. Jaxon siyosiy maydonida ilg‘or siyosiy pozitsiyani egallash uchun xalk imkoniyatlarini xarbiy-sanoat kompleksini rivojlantirishga safarbar kilish salbiy okibat-larga olib keladi. Lekin mamlakat mudofaasini mustaxkamlash tadbirlarini xarbiylashtirish chorasi deb karamaslik kerak. Albatta, xar kanday xalk uzini munosib ximoya kilish imkoniga ega bulishi shart. Ammo xarbiy imkoniyatlarni kengaytirish maksad emas, millatning osoyishta turmushini ta’minlash vosi-tasi bulmog‘i lozim. Xavfsizlikni siyosiy va diplomatik vosi-talar yordamida ta’minlash odat tusiga kirayotgan bugungi kunda xarbiylashtirish choralari ayniksa katta zarar keltiradi. U na-fakat shovinistik, millatchilik kayfiyatlarining vujudga keli-shiga, balki shaxsning kamol topishiga tuskinlik kiluvchi sharo-itlarning xosil bulishiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan demokratik jamiyat sharoitida mafkura xarbiylashtirish chorala-rining oldini oluvchi omil vazifasini utamog‘i lozim.
Shaxsning davlat yoxud jamiyatga buysundirilishi. Biz yukorida ta’kidlab utganimizdek, shaxs xukuklari va erkinlik-lari nomigagina e’tirof etilgan jamiyatda barkamol shaxsni, xususan siyosiy yetuk shaxsni voyaga yetkazib bulmaydi. Shu sababdan demokratik jamiyat sharoitida mafkura shaxs xukuklari, erkin-liklari va manfaatlarining jamiyat yoki davlat tomonidan poymol etilishidan sug‘urta kilishi kerak.
Mafkura islox etilayotgan va modernizatsiya kilinayotgan jamiyatni ikki xavfdan kutkazadi. Ulardan biri deideologizatsiya jarayoni bulsa, ikkinchisi mafkuraviy tazyikdir.
Deideologizatsiya jamiyat xayotining turli maksadlardan, g‘o-yalardan xoli ekanligini anglatadi. Uning tarafdorlari (masalan, K. Mannxeym, I.Xorovits) mafkura utopiya bilan uzaro alokador, shu sababdan u fanga, obyektiv bilimlarga ziddir, deb ukdiradi-lar. Demak, xar kanday jamiyat turli mafkuralardan xoli bulmog‘i lozim, shunda u uzini yolg‘ondan, utopiyadan muxofaza eta oladi, deb xisoblaydilar ular.1
Lekin, e’tibor bersak, g‘oyalar genezisi va tarakkiyotini ijtimoiy vokelikning muxim elementi sifatida tadkik kilgan mutaxassislar A.L.Destyut de Trasi, P.Kabanis va E.Kondilyak «ideologiya» tushunchasini ibtidoda g‘oyalar xakidagi fanni (ta’-limotni) ifodalash uchun ishlatgan edilar. Bugungi kun olimu-fuzalolari xam mafkuraning ilmu-fan bilan bog‘likligini aloxida ta’kidlab utadilar.1
Mafkura ilmu-fan bilan bog‘lik bulsa-da, ayrim mafku-ralar xayoliy bulishi mumkin. Kommunistik mafkura ana shunday fandan ajralib kolgan mafkuralardan biri edi. «Kezi kelganda shuni aytish kerakki, avvalo kommunistik mafkuraning uzi uy-dirma gap. Chunki yuk jamiyatning kanday kilib mafkurasi bu-lishi mumkin?»2
Kommunistik mafkuraning noilmiyligi va g‘ayriinsoniy-ligiga asoslanib, ayrim deideologizatsiya tarafdorlari jamiyatni umuman mafkuradan xoli kilishni yoklab chikdilar. Ular uz fikr-lariga turlicha dalillar keltiradilar.3 Birok bu fikrlaru-da-lillardan kat’iy nazar mafkura jamiyatning muxim atributi bu-lib kolaveradi.
Fikrimizni isbotlash uchun jamiyatning ma’naviy soxasini ijtimoiy-falsafiy taxlil kilsak. Bizga ma’lumki, jamiyatning ma’naviy soxasini ijtimoiy ongning turli shakllari tashkil etadi. Ular olamni xayotiy-amaliy, lekin sistemalashtirilmagan xolda tushunish va xis etishni, shuningdek ijodiy kayta ishlangan, akl nuktai nazaridan sistemalashtirilgan g‘oyalar majmuini uz ichiga oladi. Birinchisini ijtimoiy ongning kundalik darajasi desak, ikkinchisini nazariy darajasi deb ataymiz. Lekin shuni xam unutmaslik kerakki, inson turli bilimlarni uzlashtirish bilan birga shu bilimlarga nisbatan uz munosabatini xam shakl-lantirib boradi, ya’ni ularning kadrini aniklaydi. Shu nuktai-nazardan kundalik turmush davomida vujudga kelgan bilimlar, tuyg‘ular, kayfiyatlar va insonning ularga munosabati ijtimoiy psixologiyada namoyon bulsa, nazariy jixatdan sistemalashti-rilgan g‘oyalar va tasavvurlar yig‘indisi, shuningdek insonning ularga munosabati mafkurada yoki ideologiyada uz ifodasini to-padi. Kurinib turibdiki, bizning xoxish-irodamizdan kat’iy nazar jamiyatda siyosiy mafkura, xukukiy mafkura, axlokiy maf-kura, ilmiy mafkura, estetik mafkura, iktisodiy mafkura, ekologik mafkura, diniy mafkura va xokazolar bulaveradi.
Mafkuradan voz kechgan jamiyat tanazzulga yuz tutadi, chunki bunday jamiyat uzini ximoya kilishdan voz kechgan buladi. Mafku-rasiz jamiyat bulmas ekan, uz mafkurasini yukotgan jamiyatda uzgalar mafkurasi xukmron buladi. Shuni nazarda tutgan xolda Prezident I.A Karimov: «Qayerdaki mafkuraviy bushlik vujudga kelsa, usha yerda begona mafkura xukmronlik kilishi xam tayin»,-degan edi.1 Demak, bizning xayotimiz, turmushimizga zid bulgan g‘oyalardan saklanish, ximoyalanish uchun uzimizning milliy g‘oya-mizga ega bulishimiz nixoyatda zarur.
Jamiyat mafkurasiz bulmas ekan, davlat xam mafkurasiz bulmaydi. Chunki aynan mafkura davlatning mavjud bulishini, maksad va manfaatlarini asoslab turuvchi fenomendir. «Fakat davlat mafkurasi yordamida jamiyatda mavjud bulgan barcha ijti-moiy institutlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini yagona maksad atrofida birlashtiriladi, muvofiklashtiriladi».1
Mustakillikning ilk yillaridagi deideologizatsiya jarayoni bir tomondan molparastlik, nigilizm, tovlamachilik kabi ijti-moiy illatlarni avj oldirib yuborgan bulsa, ikkinchi tomondan xalkimizga yot bulgan vaxxobiychilik butparastlik, amerikapa-rastlik kabi g‘oyalarning kirib kelishiga sabab buldi. Deideolo-gizatsiya jarayonining salbiy okibatlarga olib kelishi fakat bizning mamlakatimizda kuzatilgani yuk. XX asrning 60-70 yillarida G‘arbiy Yevropa va AQShda xam deodeologizatsiya jarayoni kuplab siyosatdonlar tomonidan yoklab chikilgan edi. Okibatda ushbu mamlakatlarda lokaydlik, ruxsizlik, bekarorlik kuchayib ketdi. Shuning uchun utgan asrning 80-yillariga kelib «mafku-raviy yangilanish jarayoni» boshlandi. Xozir AQSH va G‘arbiy Yev-ropada un yillar avval pozitivistik pedagogika tomonidan ishlab chikilgan «maktab ukuvchilarini siyosiy indoktrinatsiyalash» konsepsiyasi amalga oshirilmokda.2 Deideologizatsiya jarayonining salbiy illatlaridan tatib kurgan xalkimiz xam milliy istiklol g‘oyasi va mafkurasini shakllantirishni zaruriy vazifa sifatida tan olmokdalar. Zero, sotsiologik tadkikotlarimizda respondent-larning 76 foizi shu fikrni ma’kulladilar.
Lekin deideologizatsiyaga yul kuymaslik niyatida unga kara-ma-karshi bulgan tomon - mafkuraviy tazyik sari og‘ib ketish xam xavflidir. Mafkuraviy tazyik ichki yoki tashki xarakterga ega bulishi mumkin. Ichki mafkuraviy tazyik yoki davlat tomo-nidan yul kuyilgan ma’lum xato va kamchiliklarni yopish mak-sadida uz xalkiga nisbatan amalga oshiriladi, yoki mamlakatdagi xukmron millatning g‘oyalarini boshka millatlarga singdirish maksadida kullaniladi. Sovet xokimiyati yillarida shaxs davlat mashinasining oddiy murvatiga aylantirildi. I.Stalinning «tengi topilmaydigan kishilar bulmaydi»,-degan xulosasi esa uning kadrini tushirdi, mankurtga aylantirdi. Boshka tomondan esa barcha xalklar ongiga buyuk rus xalki xakidagi akida singdi-rib borildi. Xatto SSSR Davlat Gimnining birinchi misrasi xam rus xalkini ulug‘lashga bag‘ishlangan edi. Bu faktlar Sovet xuku-mati mafkuraviy tazyikka zur berganidan dalolat beradi.
Xush, bunga ne xojat bor edi? Amerikalik olim M.P.Gelen olmishinchi yillarning oxiridayok partiya elitasi fukarolar ma-dadi va kullab-kuvvatlashiga amin bulmagani uchun ularga total kadriyatlarni majburan tikishtirayotganini kursatib utgan edi.1 Xakikatan xam, yarim asr davomida siyosiy luttibozlarning yol-g‘ondakam maksadlari-yu safsatalariga ishonib, umidlari puchga chikkan, rushnolik kurmagan xalklar kayerdan xam partiya elitasini kullasin?
Tashki mafkuraviy tazyik esa biror bir mamlakat tomonidan uz iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy rejalarini oshirish uchun boshka mamlakatlarning imkoniyatlaridan foydala-nish maksadida kullaniladi. Uning xavfli joyi shundaki, «agar xarbiy, iktisodiy, siyosiy tazyik bulsa, buni sezish, kurish, ol-dini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyik, uning ta’siri va okibatlarini tezda ilg‘ab yetish nixoyatda kiyin».2 Turli g‘oyalar kurashi kuchaygan bugungi kunda tashki mafkuraviy tazyikdan xi-moyalanish uchun millat uz g‘oyasini shakllantirishi shart. Zero, «g‘oyaga karshi g‘oya, fikrga karshi fikr, jaxolatga karshi fakat ma’rifat bilan baxsga kirishish mumkin».1
Xullas, mafkura ma’naviy ishlab chikarish shakllari orasi-dagi uzaro alokadorlik mexanizmini xarakterlovchi siyosiy, xukukiy, axlokiy, falsafiy, diniy, estetik va boshka g‘oyalar, va karashlar sistemasidir. U – basharti xakkoniy, ya’ni ilm-fanga tayangan ekan – jamiyatda kadriyatlar tayanchi va aksilkadriyatlarga karshi turuvchi kudrat vazifasini utaydi.
2. Mafkuraning ijtimoiy tiplari
Ma’lumki, XX asr uch kudratli mafkuraning (sotsial-re-formizm, kommunizm, fashizm) kurashi ostida kechdi. Shu bois bu davrda mafkuraning ijtimoiy tiplarini aniklash bag‘oyat jun edi. Birok asr intixosiga kelib vaziyat tubdan uzgardi. Tukso-ninchi yillarning boshi sarosima, ishonchsizlik va ijtimoiy frustratsiya yillari buldi. Eski xudolar taxtdan tushirildi, turli g‘oyaviy-siyosiy konstruksiyalar el ishonchini yukotdi va utmishning kuplab diniy ta’limotlari kabi utmishga yul oldi. U yoki bu tarzda "jon saklab kolgan" g‘oyalar esa endi xalklarni uz ortidan ergashtira olmay koldi. Radikal sotsialistik va kom-munistik utopiyalar barxam topishi bilan birga uning urnini bosadigan xamda turli xalklarning orzu-umidlarini ifodalay-digan g‘oyalar ishlab chikilmadi.
Eng e’tiborli joyi shundaki, kishilar biror bir g‘oyaga – na reformatorlarga, na revolyutsionerlarga – ishonmay kuydilar. Ulug‘ dasturlar, ulug‘ ta’kiklar, ulug‘ shiorlar endilikda ularni junbushga keltirmayotir, xayratga solmayotir. Tuksoninchi yillar boshida eng mantikli g‘oyalar xam kishilarning befarkligi tu-fayli kudratli kuchga aylana olmadi.
Uta mafkuralashtirilgan Sovet davlatining barxam topishi bilan kommunistik utopiya xam inkirozga yuz tutdi yoki, aksincha, kommunistik utopiya inkirozga yuz tutishi bilan Sovet davlati xam barxam topdi. Marksizm-leninizm inkirozi XX asrning muxim vokealaridan biri buldi. Ushbu inkiroz sotsialistik tarakkiyot yulini tanlagan kuplab mamlakatlarni arosatda kol-dirdi. Sullik va sul g‘oyaviy-siyosiy okimlar uz xalkchilligini yukotdi. Endi kommunistlar ikki yuldan birini tanlashga maj-bur bulib koldilar: birinchisi, uz an’anaviy g‘oyalari va pozi-siyalariga sodik kolib, yanada kuchlirok mafkuraviy kurash olib borish; ikkinchisi, umume’tirof etilgan koidalarni kabul kilib, uzga mafkuralarning ijobiy tajribalarini uzlashtirish. Bi-rinchi yul mantikiy ravishda kommunizm g‘ayalarining ijtimoiy-siyosiy xayotdan surib chikarilishiga olib keladi. Chunki shundok xam xalkchilligini yukotgan g‘oyalarni ujarlik bilan takrorlay-verish uzga intixoga kadam kuymasligi anik. Ikkinchi yul esa kommunizm g‘oyalarining uzga mafkuralar bag‘rida singib, yukolib ketishiga olib keladi. Chunki uzga mafkuralarga eshiklarini ochib bergan xar kanday utopiya uzini ulimga xukm kilgan buladi. Xullas, kaysi tomondan yondashmang, kommunizm g‘oyalari uz an’a-naviy shaklida sunggi yillarini yashayotganiga amin bulamiz.
Sotsialistik tenglik xakidagi afsonalarning uz kuchini yu-kotishi ijtimoiy-tarixiy tarakkiyotning g‘arbcha yuli tug‘ri ekanligidan dalolat bermaydi. Birgina faktni tilga olaylik: dunyo bozor munosabatlari prinsiplarini kabul kilayotgan bir paytda G‘arbning uzida bozor iktisodiyoti, shakllangan siyosiy demokratiya koidalarini tankid kilish kuchayib bormokda. Boz ustiga, aynan G‘arb ikki bora jaxon urushini boshlab berganini, totalitarizm va avtoritarizmning turli shakllarini "kashf et-ganini" xam unutmasligimiz lozim.
Bunday ikki taraflama inkiroz mafkuraning uzi utmishga yuz tutganidan dalolat berayotgandek guyo. Mafkura olamida "kora dog‘" – bushlik vujudga keldi. Bunga asoslangan ayrim psevdo-mafkurashunoslar mafkuradan voz kechish davri keldi, deb xulosa chikardilar. Guyo pragmatik liberalizm davri yuzaga kelayotgandek tuyuldi ularga. Birok xakikat shuki, mafkura xech kachon tarix mulkiga aylanmaydi. Xar kanday jamiyat ma’naviy soxasining nazariy darajasi, ijtimoiy ongning sistemalashtirilgan katla-mi (nazariy ong) mavjud bular ekan, mafkura yashayveradi. U barcha zamonlar ijtimoiy-tarixiy tarakkiyot xarakteri va yunalishiga ta’sir kursatuvchi kudrat bulib kolaveradi. Xush, shunday ekan, bugungi kundagi mafkuraviy bekarorlikni, kishilardagi mafku-raviy befarklikni kanday baxolamok kerak?
Avvalo shuni ta’kidlab utish zarurki, mafkuraviy beka-rorlik degani aslo mafkuraviy bushlikni (ya’ni kishilik jami-yatida mafkuraning butunlay yukligini), mafkuraviy befarklik esa aslo mafkuradan xolilikni anglatmaydi. Chunki kishilik ja-miyatining biror bir kurinishi (nemis jamiyati, uzbek jamiyati, yapon jamiyati) ma’lum muddat mafkuraviy bushlikni boshidan kechirishi mumkin, birok kishilik jamiyatining uzi (yaxlit xolda) mafkurasiz bulishi mumkin emas. Xuddi shu kabi, kishilar yol-g‘ondakam, xakikatdan yirok mafkurani tulik anglamasdan kabul kilishlari mumkin, birok xar kanday mafkuraviy ta’sirdan tashkarida bula olmaydilar.
Bundan kelib chikadigan xulosa shuki, birinchidan, bugungi kunda mavjud bulgan kupgina mafkuralar yaxlitlik va izchillik-dan nixoyatda yirok. Ularda jamiyat xayotining ma’lum jabxalari kamrab olinadi, xolos. Darvoke, ushbu xolat jaxon tarixiy ta-rakkiyotiga xam katta ta’sir kursatmokda. Chunonchi, xalkaro mu-nosabatlar xilma-xil mafkuralarga buysunganlari bois bir-biriga zid bulgan, yaxlitlikdan yirok iktisodiy, ijtimoiy- siyosiy va ma’naviy omillar yuzaga kelmokdaki, ular jaxon tarakkiyotini tendensiyaviylik xususiyatidan maxrum etib, taso-difiy tus bermokda. Vaxolanki, ikki kutbli dunyo sharoitida jaxonda yuz bergan vokeaning moxiyatini (kapitalistik yoki sotsialistik xarakterini) mafkura nuktai nazaridan ilg‘ab olish xamirdan kil sug‘urgandek oson edi. Xozirgi sharoitda esa xalkaro vokealarning asl maksadi va moxiyatini aniklash nixoyatda mushkul. Ayniksa mafkuraviy xarakterga ega bulgan xalkaro vokealarning maksadi va yunalishini aniklash amri maxol. Shuning uchun xam Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov mafkura poligonlarini yadro poligonlariga nisbatan kuprok kuchga egaligini ta’kidlar ekan, "agar xarbiy, iktisodiy, siyosiy tazyik bulsa, buni sezish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyik, uning ta’siri va okibatlarini tezda ilg‘ab olish nixoyatda kiyin", - deydi.1
Ikkinchidan, postindustrial inkilob, urbanizatsiya, infor-matizatsiya, globalizatsiya jarayonlari foyda ketidan kuvadigan, asosan moddiy manfaat va extiyojlarini kondirishga in-tiladigan lyumpenlarni2 vujudga keltirdiki, bunday kishilar uz maksadlari yulida xar kanday afsona-yu g‘oyani xam kullab-kuvvatlashga kodirlar. Bunday xolat mamlakat xavfsizligiga be-kiyos taxdid solishi tabiiy.
Mafkuraviy befarklik va mafkuraviy bekarorlik mafku-raning ijtimoiy tipologiyasiga xam jiddiy ta’sir utkazdi. Xususan, bugun bunyodkor va vayronkor g‘oyalarning yangi va yangi shakllari ildiz otayotir. BUNYODKOR g‘OYALAR
Xozirgi zamonning mafkuraviy manzarasida sezilarli axamiyat kasb etayotgan vayronkor g‘oyalarni ikki guruxga bulish mumkin. Zotan, uzbek jamiyatining tarakkiyotiga xavf solayotgan g‘oyalarni (shovinizm, neototalitarizm, rasizm, sotsial-dar-vinizm, antiutopiya va shu kabilar) mamlakatimiz fukarola-riga bevosita singdirishga urinilayotgan g‘oyalardan (millat-chilik, diniy ekstremizm, milliy maxdudlik va shu kabilar) ajrata bilish lozim.
Uzbek jamiyatiga katta xavf solayotgan g‘oyalardan biri shovinizmdir. Uni Prezident I.Karimov «muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan buladigan siyosiy, mafkuraviy va ikti-sodiy xukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintakaviy munosabatlarda unga intilish deb ta’riflash mum-kin».1 Shovinizm tarafdorlari uz millatlarining manfaat-lari va extiyojlarini xaddan ziyod ulug‘laydilar, ularni boshka millat va elatlar xisobiga bulsa xam kondirishni targ‘ib etadilar. «Iktisodiy imkoniyatlari zaiflashgan, ijtimoiy totuvlikka zil ketgan, ichki ziddiyatlar kuchaygan, Vatan, millat takdiridan uzining tor manfaatlarini ustun kuyadigan, uzaro kelisha olmayotgan, xokimiyatga da’vogar siyosiy guruxlarning mavjud muammolarni tashki kuchlar yordamida xal kilishga urinishi va ma’naviy-ruxiy parokandalik, ertangi kunga ishonchsizlik tuyg‘ulari xukmron bulgan mamlakatlar buyuk davlatchilik shovinizmi nishoniga aylanishini zamonaviy tarix xam kursatib turibdi».1
Millat va elatlarning yagona totalitaristik tizim sharoitidagina farovon xayot kechira olishini targ‘ib etuvchi neototalitarizm g‘oyalari xam jamiyatimiz tarakkiyoti uchun katta xavf tug‘dirmokda. Chunki ushbu g‘oya tarafdorlari mil-latlarni yana imperiya sharoitiga kaytarishni, yana mustakillik kadriyatlariga panja ortidan karashni taklif etadilar. Asrlar davomida orzu kilib kelingan mustakillik millatimiz uchun kimmatga tushdi. Biz imperiyabozlik va totalitarizm kulfatlarini bisyor tatib kurdik. Shu bois uzbek xalki endi biror bir yangi totalitaristik tizimlarda xayot kechirishni istamaydi.
Yukoridagi g‘oyalar bilan birga kator vayronkor g‘oyalar xam mavjudki, jaxondagi turli siyosiy kuchlar ularni uzbek xal-kining ongiga singdirishga intilmokdalar. Ibtidoga kaytish g‘oyalarini targ‘ib etuvchi diniy ekstremizm ana shunday g‘oyalar turkumiga kiradi. U XX asrning 90-yillariga kelib, ayniksa keskin tus oldi. Ushbu g‘oyaning eng daxshatli tomoni shundaki, u bugungi kunda integratsiyaga intilayotgan insoniyatni "biz-nikilar" va "begonalarga" bulmokda. Aytish joizki, diniy eks-tremizm nafakat islom, balki xristian dini g‘oyalariga xam asoslanishi mumkin. Birok islom diniy ekstremizmi uzining murosasizligi bilan tanilgan. «U uzining ikki xususiyati bi-lan ajralib turadi:
- ularning akidalariga kura, guyo barcha xozirgi zamon mu-sulmon jamoalari islomiy tuslarini yukotganlar va jo-xiliya (islomdan avvalgi) asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv xukumat va uning olib borayotgan siyosatini tankid kilishga asos bulib xizmat kiladi;
- ular guyo fakat xakikiy musulmonlar, ya’ni ularning uz-lari xokimiyatga kelgach, barpo bulajak islomiy tartibni ur-natish uchun keskin va agressiv xarakat kilish zarur deb xisob-laydilar».1
Islom diniy ekstremizmining eng yorkin ifodasi vaxxo-biylik bulib kolmokda. Sunniylarning 1,5 foizini tashkil etuvchi va xanbaliylarga mansub bulgan, uz maksadini islom dinini asl xolatiga kaytarishdan iborat deb bilgan vax-xobiylik aslida xokimiyat uchun kurashish yulida vujudga kelgan siyosiy xarakatdir. Muxammad ibn Abd al-Vaxxob g‘oyaviy karashlariga tayangan vaxxobiylar Shark xalklari urtasida nifok solishda, ularni mustamlaka kilishda uz "xissalarini" kushdilar. Musulmonchilikdan yirok bulgan bu okim taraf-dorlari 1802-1803 yillarda Rasuli akram saxobalaridan birining Jubaylidagi kabrini, Muxammad payg‘ambarning na-biralari imom Xasan va imom Xusanning kabrlarini, keyinrok borib Makka va Madinadagi kabr toshlarini, xatto Rasuli akramning umr yuldoshi Xazrati Bibi Oysha, kizi Bibi Fotimaning kabrlarini buzib tashladilar. 1810 yilda esa Rasuli akramning masjidini vayron kilib, talab olingan bezaklarni sotib yubordilar.1 2001 yilda vaxxobiylarning kuli bilan Afg‘onistonda ikki ming yildan buyon saklanib kelgan unlab tarixiy yodgorliklar Yer yuzidan yuk kilib tashlandi.
Ma’lumki, narkotik moddalar iste’mol kilish XXI asr busag‘asida umumbashariy muammoga aylandi. Ayniksa, Yevropa-ning yirik shaxarlarida istikomat kilayotgan yoshlar orasida giyoxvandlar soni kupayib borayotir. Bu esa, uz navbatida, nar-kotik moddalarga bulgan extiyojni oshirib bormokda. Jaxon-dagi narkotik moddalarning kariyb 90 foizini eksport kila-yotgan Afg‘oniston imkoniyatlari endi bu extiyojlarni tulik koplamay kuydi. Narkotik moddalarni ishlab chikarish imko-nini beradigan yangi davlat tashkil etish zaruriyati tug‘ildi. Shu boisdan narkobiznes liderlari jannatmakon ulka bulgan Uzbekistonga xam kuz olaytirmokdalar. Bugungi kunda vaxxo-biylar ana shunday daxshatli, g‘ayriinsoniy g‘oyaga xizmat kilmokdalar.
Bugungi kunda jaxondagi ayrim siyosiy kuchlar uzbek ja-miyati a’zolariga millatchilik g‘oyalarini singdirishga xam in-tilmokdalar. Globalizatsiya jarayoni umuminsoniy kadriyatlar mikdorini oshirish bilan birga milliy kadriyatlar, an’analar va urf-odatlarga taxdid solayotgani rost. Jaxon siyosiy ola-midagi ayrim kuchlar ushbu faktdan xam uz g‘arazli yullarida foydalanmokdalar. Xokimiyat uchun kurash, siyosiy "obru" ort-tirish maksadida bu kuchlar millatchilik g‘oyalarini uzlariga kalkon kilmokdalar.
Millatchilikning jozibasi shundaki, u eng bachkana, eng odatiy xollarni, timsollarni erkinlik va milliy uzlik ifo-dasi sifatida talkin kila oladi. Umumsayyoraviy sivilizatsiya shakllanayotgan bir sharoitda oromi va osoyishtaligini yuko-tayotgan inson millatchilik g‘oyalarining "sharofati" bilan xayotdan ma’no, uz tashvishlaridan kutulish borasida yelkadosh topgandek buladi, uzini buyuk etnos vakili sifatida xis etadi. Shu sababdan xam kishilar tashvishlarga tula, xayotining ma’-nosi yukolib borayotgandek tuyulgan davrda millatchilik g‘oyala-riga murojaat kiladilar.
Jamiyatning zamonaviylashib, kosmopolitlashib, shaxssiz-lashib borishi bilan millatchilikka bulgan extiyoj kamayib emas, oshib boradi. Ushbu jarayonlar va fenomenlar okibatida millatlar urtasidagi fark va chegaraning yukola borishi ki-shilarda turli guruxlarga birlashish zaruriyatini vujudga keltiradi. Yangi tendensiyalar an’naviy tafovutlarni yukotib yuborayotgan bir sharoitda millatchilik odatiy, tanish va kuni-kilgan koidalarni tiklayotgandek kurinadi. Shu bois millat-chilik g‘oyalari xali uz imkoniyatlarini tulik sarflab bulgani yuk.
Diniy ekstremizm, millatchilik va ularga uxshagan kuplab g‘oyalarning asosiy ta’sir obyekti endigina mustakilligini kulga kiritgan mamlakatlar bulib kolayotganini kursatib ut-dik. Chunki geosiyosatning asosiy maksadi uz mavkeini uzga mintakalarda mustaxkamlashdan va shu mintakalarni uz ta’-siri ostiga olishdan iborat bulgan bir davrda jaxondagi turli siyosiy kuchlar yosh suveren davlatlarni uz manfaatlari doirasiga kiritmokdalar, ularning mustakilligini zaif-lashtirish maksadida biz tilga olgan g‘oyalarni targ‘ib et-mokdalar. "Mintakada shakllangan ijtimoiy-iktisodiy, mada-niy-ma’rifiy alokalarni izdan chikarish, dust va birodar davlatlar, xalklar va millatlar urtasiga nizo solish, kes-kinlik uchoklarini keltirib chikarish uchun turli g‘oyaviy, diniy va mafkuraviy vositalar ishga solinmokda".1 Ushbu vositalarni shartli ravishda uch yunalishga taallukli topish mumkin.
1.Informatsion urush. Mustakil mamlakatlar xududida ma’lum turmush tarzini, kadriyatlar tizimini ulug‘lovchi risolalar, varakalar, san’at asarlari, kinofilmlar, axbo-rotlar va xokazolar tarkatilmokda. Informatsiya uzatish imko-niyatlari kengayib ketgan bir sharoitda informatsion urushning xavfli okibatlarini til bilan bayon etish mushkul bulsa kerak. Chunonchi, 1665 yilda 10 ta, 1800 yilda 100 ta, 1850 yilda 1000 ta, 1900yilda 10 mingta, 1960 yilda 100 mingta jurnal nashr kilindi.2 XX asr nixoyasiga kelib, ularning soni 1 millionga yetdi. Gazetalar mikdorining rivoji xam xuddi shu tarzda davom etdi. Tuksoninchi yillar arafasida fakatgina AQShda 1850 davriy nashr mafkuraviy maksadlarga kulla-nildi.3 Bizning davrga kelib, sputnik antennalarining mai-shiy turmushga kirib kelishi, "Internet" tizimining rivojla-nishi informatsiya uzatish imkoniyatlarini bir necha un barobarga mukammallashtirdi va tezlashtirdi. Ushbu xolning informatsion urushga ta’siri bekiyosligini kurish kiyin bul-masa kerak.
2.Psixologik urush. Mustakil davlatlarning axolilariga tanlangan yullarining notug‘ri ekanligini singdirishga, ular-ni oxir-okibatda ijtimoiy larzalar kutayotganini asoslashga intilinmokda. Masalan, fakatgina 1999 yilning sentabr oyidan 2000 yilning mart oyiga kadar «Nezavisimaya gaze-ta»ning "Internet" dagi saytlarida Uzbekistonda ijtimoiy xayot keskinlashish arafasida turgani tug‘risida ayyuxannos soluvchi 20 ga yakin material e’lon kilindi. Bularning barchasi millat ruxini tushirish, uni tanlagan yulidan kaytarish va xomiy axtarishga majbur etish maksadida amalga oshirilayotir.
3.Texnologik urush. Mustakil davlatlarning e’tiborini jalb etish maksadida uz iktisodiy, ijtimoiy, informatsion texnologiyalarini targ‘ib etishga urinilmokda. Bundan kuzlangan maksad shuki, ushbu texnologiyalarni joriy etish bozori vujudga keltirilsa, yangi texnologiyalar bilan birga uz tarakkiyot mode-lini xam singdirish, eksport kilish imkoni yaratiladi.
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling