51 Tarixiy xotira g‟oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma‟naviy omil


Download 20.4 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.4 Kb.
#224963
Bog'liq
Tarix 515253


51) Tarixiy xotira g‟oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma‟naviy omil.  
        Darhaqiqat, tarix - millatning tarbiyachisidir, o'zlikni anglash - tarixni bilishdan boshlanadi, 
-  isbot talab qilmaydigan bu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi  lozim. Alohida inson 
xotirasida  o'zining  hayotida  nimalar  qilganligi,  uning  aql-zakovati  va  irodasi  nimalarga 
sarflanganligi  qay  darajada  o'rnashib  qolsa,  millat  uchun  ham  u  tomondan  amalga  oshirilgan 
narsalar shu darajada yaqin va qimmatlidir. Tarix - bu insoniyatning, millatning ijtimoiy xotirasi, 
uning  o'z-o'zini  bilishi  va  anglashidir:  voqelikda  yo'qolgan  narsalar  ongda,  xotirada  yashaydi. 
O'tmishni  bilish  hozirgini  yaratish  uchun  beqiyos  ahamiyatga  molik.  Ijtimoiy  hayotni 
tushunishdagi birinchi qadam hozirning o'tmish tomonidan yaratilganligini tasavvur qilish bilan 
bog'liqdir.  Milliy  g'oya  xalqimiz  tarixiga,  uning  tarixiy  xotirasiga  tayanadi.  Tarixiy  xotirasidan 
judo bo'lgan xalq o'zini millat sifatida anglay olmaydi, millatning manfaat va ehtiyojlarini qalban 
xis  qila  olmaydi.  Binobarin  milliy  g'oya  ham  ratsional,  ham  irratsional  mohiyatga  ega  bo'lib,  u 
milliy  ruhiyat,  kayfiyat,  ichki  uyushtiruvchi,  yo'naltiruvchi,  harakatga  keltiruvchi,  etaklovchi 
milliy xis-tuyg'u hisoblanadi. 
        Istiqbolning  yaratuvchisi  hisoblangan  milliy  mafkura  -  muayyan  jamiyatning  tarkibidagi 
millatlarning  o'z  mustaqilligini,  mustaqillik  manfaatlarini  himoya  qilish,  rivojlantirish 
yo'nalishidagi  ichki  intilishlari  natijasida  vujudga  keluvchi  tuyg'ulari,  maqsadlari,  hoxish-
irodalarini  ifodalovchi  g'oyalar  majmuasidir.  Milliy  mafkuraning  o'zagini  milliy  g'oya  tashkil 
etadi, u jamiyatda barqarorlik, tinchlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni ta'minlaydi. Milliy 
g'oyaning  asosiy  tayanchi  nuqtasi  ham,  harakatga  keltiruvchi,  uyg'otuvchi  kuchi  ham  milliy 
o'zlikni  anglashdir.  Millat  o'zini  xalq  sifatida,  millat  sifatida,  el  sifatida  anglamaguncha  uning 
obro'yi,  qadr-qimmati,  or-nomusi  haqida  qayg'urishi,  milliy  faxr  va  g'ururi  uchun  kurashishi 
mumkin emas. O'zlikni anglash xalqni g'aflatdan uyg'otuvchi, faol harakatga keltiruvchi, ijtimoiy 
uyushtiruvchi kuchdir. 
          Milliy  his-tuyg'u  va  mustahkam  e'tiqod  -  insoniy  va  milliy  kamolotning  ikki  qanotidir. 
To'maris  momomiz  va  Alp  Erto'nga  bobomizdan  to  Abdulla  Qodiriy  va  Ozod 
Sharafiddinovgacha  engilmas  kuch-qudrat  ato  etgan  narsa  milliy  his-tuyg'u  va  e'tiqodiy  ruhdir, 
desak  xato  qilmaymiz.  Mustaqillik  -  o'zlikni  tanimoqdir;  o'zlikni  tanishning,  milliy  g'urur  va 
iftixorni  shakllantirishning  asosiy  vositasi  xalqning  tarixiy  xotirasining  tiklanishidir.  Dastavval 
zardo'shtiylikning  tarmog'i  sanalgan  moniylik  ta'sirida  bo'lgan,  keyinchalik  xristianlikning 
mashhur  ilohiyotchisi  sifatida  tanilgan  episkop  Avreliy  Avgustin  ―g'aflatda  yotgan  xalqni 
uyg'otmoqchi bo'lsang, uning tarixini uyg'ot‖ degan ekan. bizning jismiy va ruhiy vujudimiz, til 
va tafakkurimiz, ma'naviy-axloqiy dunyomiz, milliy-etnik qiyofamiz, e'tiqod va 
marosimchiligimiz,  udum  va  an'analarimiz,  elu-yurt  kabi  muqaddas  tuyg'ularimiz  -  bularning 
barchasi Turon-Turkiston-O'zbekiston nomi bilan bog'liq.

 52) Bugungi davr nafaqat taraqqiyotning, ilm-fanning jadal rivojlanishi bilan, balki jahonni larzaga solayotgan turli xil global muammolar bilan ham kechmoqda. Ana shunday dunyoviy muammolardan biri terrorizmdir.Terrorizmning xalqaro miqyosda tobora tus olayotgani, uning tub ildizi qirqilishi o'rniga, aksincha keng quloch yozayotgani natijasida minglab begunoh insonlarning hayotiga zomin bo'lmoqda.Bugungi kunda terrorizm balosidan aziyat chekmagan davlat deyarli qolmadi. Kishini tashvishga soladigani esa ko'plab davlatlar birgalikda bir necha yillardan buyon mazkur illatga qarshi ayovsiz kurash olib borayotgan bo'lsa-da, bu kurashning ijobiy natijasi ko'rinmayotganidir.Kecha Belgiyaning poytaxti Brusselda kuchli portlash sodir bo'ldi.Portlash oqibatida 34 inson halok bo'ldi, ko'plab inson jarohatlandi.Bunday qonli terror voqealari nafaqat sodir bo'lgan davlatni, balki butun dunyoni larzaga solmoqda.Terror hujumi Ankarada, Istanbulda, Parijda, Brusselda, Qobulda, Tripolida sodir bo'ldi.Bu hujumlarda barcha millatdan qon to'kildi.Butun insoniyat terrorchilik harakatining qurboni bo'ldi.O'n yildan beri terror tashkiloti PKKga qarshi kurashda yosh navqiron askarlaridan va politsiya xodimlaridan judo bo'lgan Turkiya, Brusselning azobini yuragida his qiladi, Yevropaning nidosiga quloq soladi.Lekin, Turkiya bu hoinlarning qaysi davlatda bo'lishidan qat'iy nazar, bir-biridan farqi yo'qligini barcha davlatlarning bilishini istaydi."Dushmanimning dushmani mening do'stim” matali ba'zi mamlakatlar uchun shiorga aylangandek go'yo.Kecha Yevropaning markazida PKK terror tashkiloti chodir qurib, insonlarni terrorga tashviq etishiga ko'z yumgan Yevropa bugun o'sha terror fojiasiga o'zi duch keldi.Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an juma kuni Brusseldagi terrorga tashviq faoliyatiga e'tiroz bildirib, “O'sha bombalar sizning mamlakatingizda portlagandagina, bizning ahvolimizni va hissiyotimizni tushunib yetasiz”,-degan edi.Butun dunyo mamlakatlari Turkiya ogohlantirgan vaqtdayoq terrorizmga qarshi hamjihat bo'lib kurash boshlaganida, bugungi dahshatli fojialarning oldi olingan bo'larmidi…


53) Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va taʼlim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi daʼvatkor nutqi ham ana shundan dalolat beradi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, biz keng koʻlamli demokratik oʻzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni oʻzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik.
Download 20.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling