Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi.) Reja Inson Yaratganning mo‘jizasi
Ekosoflya va insonni asrash muammolari
Download 42.78 Kb.
|
2-mustaqil ish
Ekosoflya va insonni asrash muammolari. Ma'lumki, inson tana va ruhdan iborat. Ruh va tananing bir-birini taqozo etishi, ayni vaqtda, bir-birini inkor etishi, har safar yangi va yangi kuch bilan namoyon bo‘luvchi ziddiyat sifatida, o‘z yechimini faqatgina ma'naviy va jismoniy bo‘lmagan boshqa bir narsa vositasida topishni taqozo etadi. Shu ma'noda, o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, o‘zlikni anglash va asrash muammosi doim inson ekologiyasining bosh muammosi bo‘lib kelgan. M.Monten o‘z vaqtida «Dunyoda eng muhimi o‘zlikni saqlashdir», deb bejiz yozmagan.
Binobarin, biz o‘z manfaatlarimiz sohasini o‘rganishimizga qarab, asosan shaxsiy mo‘ljallarimiz chegarasidan chetga chiqamiz va o‘zimizdan boshqa narsalarni, bizni qurshagan muhitni ko‘ra boshlaymiz. Inson ekologiyasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, inson populyatsiyalarining real turmush tarzini o‘rganishni nazarda tutish lozim. Bu yerda nafaqat insonning jismoniyligi, u yashaydigan moddiy muhit, balki ma’naviyat ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy fanlarda bu borada «Ekosofiya» atamasi qo‘llanmoqda. U yangi atama bo'lib, shaxs xulq atvorini belgilaydigan va uning o‘zligini saqlash xususiyatini ta’minlovchi shaxsiy qadriyatlar majmuyi hamda shu asosdagi dunyoqarashni anglatadi. Ekosofiyaning kategoriyalar tizimiga o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish va qadriyatlar tizimidan tashqari, o‘z- o‘zini tinimsiz o‘rganish ham kiradi. Uning eng yetuk shaklini Kantning mashhur savollarida ko‘rish mumkin: «Inson nima? Men nimani bilishim mumkin? Men nimaga umid qila olaman? Men nima qilishim kerak?» Bular umuminsoniy muammolar ro‘yxatiga kiritilgan umumiy olamshumul savollardir. Ammo yashash jarayonida vaziyatga qarab muayyan savollar tug‘ilishi ham mumkin. Inson har safar o‘z ahamiyatini teran his etganida muayyan qobiliyatlarini faollashtiradi. Inson mohiyati befarqlik holatida bo‘lganida (inson ko‘pincha bu holatni o‘zi xohlagan holat sifatida qabul qiladi), ongning barcha imkoniyatidan foydalanilmaydi. Har qanday tanglik yoki mushkul muammo soat bongi sifatida yangrab, odamni mudroq uyqudan uyg‘otadi. Insonning «uxlab yotgan» psixik qobiliyatlarini «uyg‘otish» muhim vazifa. Ko‘pgina odamlar shu asosda «o‘z ichidagi xira tortgan chiroqni qayta va yorqinroq yoqishni o‘rganadi». O‘z qobiliyatlarini mumkin qadar kengaytirish uchun zarur darajasiga erisha olmaslik insonning asosiy muammosi hisoblanadi. Inson evolyutsiyasi muammosi uning qobiliyatlarini kengaytirish va axloqiy qadriyatlarini takomillashtirish sohasiga tatbiqan hal qilinadi. Inson o‘z ichki birligi, doimiy egasini anglab yetishi lozim. Evolyutsiya yo‘lidagi birinchi qadam o‘z-o‘zini o‘rganish. Bunda salbiy emotsiyalarga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, toki insonda salbiy emotsiyalar mavjud ekan, uning birligi, ongi, irodasi rivojlana olmaydi. O‘z-o‘zini rivojlantirish uchun inson o‘zini kuzatishni, o‘zining foydali va zararli jihatlarini farqlashni o‘rganishi lozim. Shaxsda yuzaga keluvchi qiziqishlar, xuddi magnetik markaz kabi, insonning rivojlanishini yo‘lga soladi va nazorat qiladi. Xullas, odam zotining ona zamindagi hayoti, inson umri, uning ma’nosi, shaxs kamoloti bilan bog‘liq masalalar tavsifl va ularga nisbatan yondashuvlar xilma-xilligi davom etmoqda.Insonning imkoniyatlari, qobiliyatlari va qator sifatlari to‘g‘risida yangi qarashlar paydo bolmoqda. Lekin bir narsa aniqki, haligacha hech kim bu masalalarda nima asl haqiqat, nima ikkilamchi, nimaning ahamiyati boshqasinikidan ko‘p yoki kamligi haqida mutlaq to‘g‘ri va hamma tan oladigan xulosaga erisha olgani yo‘q. Balki buning iloji ham yo‘qdir va bunday haqiqat kerak ham emasdir. Agar bunday haqiqatlarga erishilsa doimo yangilikka, kashfiyotlarga intiladigan inson uchun bu dunyoning qizig‘i ham qolmasligi mumkin. Bu esa odam zoti mavjud ekan uning uchun o‘zi va boshqa odamlar, ularning hayoti, faoliyati, insonlar orasidagi munosabatlar, aloqalar, shaxsning olamdagi va jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq masalalar azaldan to abadgacha mavjud va dolzarb bo‘lib qolaverishidan dalolat beradi. Download 42.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling