Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti Reja: 1


Download 0.75 Mb.
bet1/5
Sana01.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1737306
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti


Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti
Reja:
1. Jamiyat yagona ijtimoiy organizm ekanligi. Jamiyat turli tuzilmalaming birligi (mushtarakligi) va bir birini taqozo etishi.
2. Moddiy va ma’naviya hayot tushunchalari. Jamiyat, inson va ma’naviyat: moddiy va ma’naviy hayot mushtarakligi.
3. Ma’naviyatga daxldor tushunchalar. o‘zlikni anglash, milliy o‘zlikni anglash tushunchalarining mazmun va mohiyati. Ma’naviyat va o‘zlikni anglash.
4. Bugungi kunda “Ma’naviyatshunoslik” faniga ehtiyoj. Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti, boshqa fanlar bilan aloqasi. Ma’naviyatshunoslik fanining tuzilmasi.

Jamiyat, inson va ma’naviyat: Moddiy va ma’naviy hayot mushtarakligi. Kishilik jamiyati о‘ta murakkab, rang-barang, ziddiyatlarga boy. Unda milliardlab insonlar, minglab tillarda sо‘zlashuvchi xalqlar yashaydi. Ularning ba’zilari zamonaviy taraqqiyotning eng yuksak chо‘qqilarni zabt etgan. Ba’zilari ancha qashshoq kun kechiradi, ta’lim, tibbiyot, san’at, ilm-fan, madaniyat yutuqlaridan etarlicha foydalanish imkoniyatiga ega emas. Hatto er yuzining turli burchaklarida haligacha ibtidoiy munosabatlarni boshdan kechirayotgan urug‘-jamoalar, qabilalar uchraydi. Lekin jamiyat tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida о‘zining birlamchi mohiyatli belgilarini, xususiyatlarini saqlab qoladi. Bu eng avvalo uning yagona ijtimoiy organizm (vujud) ekanligidir. Biologik vujud a’zolarini bir-biridan ajratish mumkin bо‘lmaganidek, jamiyatni tashkil etuvchi tuzilmalarni ham bir biridan ajratish mumkin emas. Jamiyat kerakli buyumlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak ishlab chiqarmasdan, odamlar о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solmasdan, yosh avlodga mehnat kо‘nikmalarini, hayotiy bilimlari va tajribasini о‘rgatmasdan, о‘z tuzilmalari harakatini muvofiqlashtirmasdan yashay olmaydi.
Jamiyat tuzilmalarini shartli ravishda ikki guruhga va har bir guruhni о‘z navbatida bir necha kichik guruhlarga bо‘lish mumkin. Jamiyat uyg‘un rivojlanishi uchun ularning har ikkisiga birday katta e’tibor berish lozim. Birinchi guruhga — moddiy-iqtisodiy yaratuvchilik tuzilmalari va institutlari, ularning muammolari va vazifalari kiradi. Odamlar о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi axloqiy, huquqiy, falsafiy, diniy, siyosiy g‘oyalar, baholar, qoidalar, me’yorlar, qonunlar, odamlarning gо‘zallikka, zavq-shavqqa nisbatan bо‘lgan ehtiyojlarini qondiruvchi adabiyot va san’at, tabiat va koinot, jamiyat va inson tо‘g‘risidagi bilimlarga nisbatan bо‘lgan ehtiyojlarni qondiruvchi ilm-fan mavjud. Ular ikkinchi guruh tarkibiga kiradi. Ular ijod natijalari bо‘lib, ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlar tizimi hisoblanadi. Aynan tafakkur va aqliy mehnat mahsulotlari – tushunchalar, g‘oyalar, qoidalar, me’yorlar, nazariyalar, ular asosida vujudga kelgan ijtimoiy ong shakllari – falsafa, axloq, huquq, san’at, ilm-fan, din, mafkura, siyosiy ong jamiyatning ma’naviy hayotini tashkil qiladi. Ayrim olimlar siyosatni iqtisodiyot va ma’naviyat qatorida jamiyat hayotining alohida uchinchi sohasi, deb hisoblaydilar. Bunday yondashuv ijtimoiy-siyosiy hayotning kechagina muxtoriyligidan kelib chiqdi. Ushbu yondashuvni qabul qilish xato bо‘lmaydi. Biroq siyosiy ong va siyosiy madaniyat ma’naviyatning bir qismi bо‘lib qolaveradi.

Odamlar о‘z farzandlariga ishlab chiqarish kо‘nikmalari qatorida boshqalar bilan birga yashashni, muomala qilishni, о‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarni, me’yorlarni о‘rgatadi. Mazkur jarayon dastlab ibtidoiy tuzumda oilaviy tarbiya, jamoaviy, qabilaviy e’tiqodlar (sig‘inishlar, dinlar), xalq og‘zaki va amaliy san’ati va ijodi namunalari (raqslar, qо‘shiqlar, dostonlar, maqollar va h.k.) orqali amalga oshirilgan. Aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqqanidan keyin asta-sekin maxsus maktablar, tarbiya maskanlari, diniy tashkilotlar, ya’ni ta’lim-tarbiya va mafkura tizimi vujudga kelgan. Ular jamiyat ma’naviy hayotining ajralmas qismiga aylangan.
Ma’naviyat tushunchasi juda keng qamrovli va murakkabdir. Ma’naviyatga ijtimoiy ong, dunyoqarash, e’tiqod, din, diniy amaliyot, milliy g‘oya, milliy mafkura, insonning odobi, axloqiy fazilatlari, badiiy, ilmiy va boshqa ijodiy izlanishlari, bu borada erishgan yutuqlari, jamiyatning asrlar osha kelayotgan osori-atiqalari va madaniy merosi, urf-odatlari, zamondoshlarimizning kelajak haqidagi tasavvurlari-yu ijobiy ma’nodagi orzu-havaslari va rejalari daxldordir. Ma’naviyat shaxsning va jamiyatning insoniylashish darajasi, ya’ni har bir narsa va hodisalarga baho berishda, ta’sir kо‘rsatishda insoniylik me’yorlaridan kelib chiqib yondashishidir. Ushbu ma’noda ma’naviyat eng avvalo alohida shaxsning, butun jamiyatning e’tiqod va qadriyatlarga aylangan g‘oyalari, me’yorlari, ideallaridir, ularning madaniy merosda va urf-odatlarda aks etishi hamda ezgu niyatlarning, yuksak maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan ijodkor ongning, bezovta qalbning kamolotga intiluvchan faoliyatidir.
Ma’naviyat keng ma’noda shaxsning, jamiyatning aqliy va sobit hissiy dunyosi, ularning har bir avlod tomonidan о‘zlashtirilishi va takomillashtirilishidir. Mustaqillik yillari jamiyatimizda yuz bergan о‘zgarishlar milliy о‘zligimizni anglashni, milliy g‘ururimizning о‘sishini yangi bosqichga kо‘tardi. Eng avvalo xalqimiz о‘z milliy manfaatlarini chuqurroq va kengroq tushuna boshladi. Ushbu omillar ma’naviyat masalalarini о‘rganishning, barkamol avlodni tarbiyalashning sifatiga yangi yuksak talablar qо‘ymoqda. Mustaqil taraqqiyot yо‘lida murakkab iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy masalalarni hal qilish bilan bir qatorda strategik taraqqiyot yо‘nalishini tanlash, qurilajak jamiyatning mazmun-mohiyatini, milliy manfaatlarni, asl qadriyatlarning soxta qadriyatlardan farqini xalqqa tushuntirish, turli yot, xato, ba’zan esa ochiqchasiga reaksion qarashlardan jamiyatni himoya qilishga zarurat tug‘ilmoqda.
G‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni milliy g‘oyada ifodalangan xalqimizning ozod va obod Vatanda erkin va farovon yashash orzusiga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun «farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bо‘lsa, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur»1. Tarbiyaviy ishlarni, xususan siyosiy, huquqiy, axloqiy va estetik tarbiyani milliy negizlar bilan yanada mahkamroq bog‘lash uchun ma’naviyatni alohida о‘rganuvchi predmetlarga, ya’ni ma’naviyatshunoslik faniga ehtiyoj tug‘iladi.

Bozor munosabatlari va jamiyat a’zolarining ijtimoiy tabaqalanishi ular о‘rtasida о‘zaro begonalashishni, sinfiy adovatni emas, balki ijtimoiy sheriklikni vujudga keltirish uchun insonparvarlik, halollik, hamkorlik, insof, adolat me’yorlari, qonun ustuvorligi hayotimizning asosiy qadriyatlariga va xulq-atvorimizning, faoliyatimizning amaliy mо‘ljaliga aylanmog‘i zarur.
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini turmushga joriy qilish, turmush tarzimizni hozirgi zamon tamadduniga moslashtirish xalqimizni milliy qiyofasidan, madaniyatimizni о‘ziga xosligidan judo qilmasligi kerak. Yuqorida e’tirof etilgan va boshqa kо‘plab muammolar bizdan milliy ma’naviyatga e’tiborni kuchaytirishni talab qiladi. Ma’naviyatning mustaqil taraqqiyotdagi, yangi jamiyat qurishdagi ahamiyati shunchalik ulkan va bebahoki, uni alohida ilm, о‘quv predmeti sifatida о‘rganish, yosh avlodga о‘qitish hayotiy zarurat kasb etmoqda. Shu bois, tabiiyki, О‘zbekiston maktablarida, о‘rta maxsus va oliy о‘quv yurtlarida maxsus predmetlar orqali ma’naviyat masalalari о‘rganilmokda.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling