Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti Reja: 1
Taraqqiyotning о‘zbek modelida ma’naviyatning о‘rni
Download 0.75 Mb.
|
Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti
Taraqqiyotning о‘zbek modelida ma’naviyatning о‘rni. Ma’naviyat va iqtisodiyotga birdek e’tibor О‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning ustuvor tamoyilidir. О‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning deyarli barcha asarlarida ma’naviyat, milliy g‘oya, milliy mafkura masalalari jamiyatni, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotni isloh etishning muhim sharti, harakatlantiruvchi omili sifatida kun tartibiga qо‘yilgan.
О‘zbekiston mustaqillikni qо‘lga kiritgach, о‘z taraqqiyot modelini belgilab oldi. U bugun butun dunyoda tan olinib, “о‘zbek modeli” deb atalmoqda. О‘zbek modelida iqtisodiyot va ma’naviyatga baravar ustuvorlik berilgan. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida ularni qushning ikki qanotiga qiyoslaydi. Shu bois О‘zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirishda “nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni о‘zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og‘ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bо‘lgan muvozanat va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda”.3 Ma’naviyatshunoslik, fani bu borada bizga yordam beradi. Uni alohida fan sifatida о‘rganish zarurati ilk bor О‘zbekistonda anglanishi va о‘quv dasturlariga kiritilishi mamlakatimizning hozirgi zamon ilm-fani va kadrlar tayyorlash tizimi rivojlanishiga qо‘shgan hissasi, deb baholanmog‘i adolatli bо‘lur edi. Bugungi kunda ushbu fan bо‘yicha davlat standartlari, о‘quv dasturlari ishlab chiqilib, qо‘llanmalar, darsliklar yaratilmokda. Albatta, yangi о‘quv predmeti dasturi birdaniga mukammal shaklda vujudga kelmaydi. Ijtimoiy jarayon, yangi jamiyat qurish amaliyoti, shak-shubhasiz, ularga tegishli о‘zgartirishlar kiritishni, mudom boyitishni, mumtoz ilm-fan, falsafa, tarix, etnologiya, san’atshunoslik va h.k. fanlarning hamda о‘zining keyingi tadqiqot dalillari va xulosalarini hisobga olib yangi avlod darsligini yaratishni taqozo qiladi. Bu ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimida uzluksiz davom etadigan jarayondir. О‘zbekistonda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida “kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini yuzaga chiqarish imkoniyati ortdi. Ushbu tamoyil, birinchidan, davlat boshqaruvi masalalarining katta qismi bosqichma – bosqich mahalliy davlat idoralari vakolatiga о‘tkazilishini ifodalaydi. Ikkinchidan, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotida,tashqi aloqalarida odamlarning о‘zlari tuzgan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari, ijodiy uyushmalar faoliyati, mavqei va ishtiroki о‘sishini, davlat idoralari faoliyati ustidan jamoat nazoratini о‘rnatishni bildiradi. Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat va fuqarolarining о‘zini о‘zi boshqarish organlari о‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari rivojlanadi. Bular amalga oshishi uchun fuqarolar ongi, bilimi, ijtimoiy faolligi, ma’naviyati yuksak bо‘lishi, mamlakatda, har bir qishloq va shaharda tegishli ma’naviy muhit vujudga kelishi lozim. Mazkur masalalarning barchasi ma’naviyatni alohida va teran о‘rganish naqadar dolzarb va zarur ekanligini yana bir bor asoslaydi. Ma’naviy muhit keng ma’nodagi ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutsak, ma’naviyatning iqtisodiyotga, о‘zbek modeli yuzaga chiqishiga, О‘zbekistonning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari rivojlanishiga, barkamol avlodni, ma’naviy erkin shaxsni tarbiyalashga kо‘rsatadigan ta’sirini teranroq anglab olamiz. Bu borada bizga ma’naviyatshunoslik fani har tomonlama yordam beradi. Aytilganlarni jamlab, umumiy xulosa chiqarsak, О‘zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan yuksak rivojlangan demokratik jamiyat yaratish va komil insonni, barkamol avlodni voyaga etkazishning barcha yо‘nalishlari va aniq vazifalari ma’naviyatni yuksaltirish bilan, binobarin, ma’naviyatshunoslik fanini shakllantirish va rivojlantirish bilan ham uzviy bog‘liq. Nazorat savollari 1. Nima uchun jamiyat yagona ijtimoiy organizm deyiladi. 2. Moddiy va ma’naviya hayot tushunchalarining o’zaro aloqadorligi nimada? 3.O‘zlikni anglash, milliy o‘zlikni anglash tushunchalarining mazmun va mohiyati nimada? 4. Ma’naviy yuksalish tushunchasini izohlang. 5. Taraqqiyotning o‘zbek modeli va Harakatlar strategiyasining o’zaro aloqadorligi nimada? 1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., 2008, 119-b 2 Biz ushbu umumlashtiruvchi atama orqali ma’naviyat masalalarini o‘rganuvchi barcha mavjud va bo‘lajak predmetlarini nazarda tutmoqdamiz. 3 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., 2008, 107-b. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling