Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti Reja: 1
Ma’naviyat va о‘zlikni anglash: Ma’naviyat birinchi galda о‘zlikni anglash bilan bog‘liq
Download 0.75 Mb.
|
Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti
Ma’naviyat va о‘zlikni anglash: Ma’naviyat birinchi galda о‘zlikni anglash bilan bog‘liq. Yoshlar qarashlarida (nafaqat yoshlar, balki kattalarda ham) о‘zlikni anglash bilan bog‘liq masalalarda chalkashliklar, ziddiyatlar yо‘q emas. О‘zlikni anglash, avvalo insonning tabiat va jamiyat tizimidagi о‘z о‘rnini bilish, о‘z ayniyatini tasavvur qila olishidir. О‘zlikni anglash faqat individual ong hodisasi emas. U sotsiumning yuqori darajalariga, umummilliy darajaga ham xos bо‘lishi mumkin, о‘zlikni anglash xalqning tarixini bilish, milliy qadriyatlar bilan faxrlanish qatorida milliy manfaatlarni, zamonaviy taraqqiyot talablarini tо‘g‘ri tushunish demakdir. U taraqqiyot talablari yutuqlarga tanqidiy munosabatda bо‘lishni, ular bilan cheklanib qolmaslikni, mavjud kamchiliklarni xolis tahlil etib, bartaraf etishni, tarixdan saboq olishni talab qiladi. Bu esa ma’naviyatni milliy g‘oya bilan bog‘lashni va uning negizida rivojlantirishni taqozo etadi. Milliy g‘oya, bir tomondan, xalq ma’naviyatining muhim tarkibiy unsuri, о‘zagi bо‘lsa, ikkinchi tomondan – uning mezoni va ijtimoiy mо‘ljalidir. Jamiyatdagi turli tabaqalar, guruhlar, siyosiy partiyalar da’volari-yu dasturlarini milliy g‘oyaga qanchalik mos kelish-kelmasligi bо‘yicha ijobiy yoki salbiy baholash mumkin. Ularni milliy g‘oya asosida murosaga keltirish, xalqni jipslashtirish va umumiy maqsadlarga safarbar etish mumkin.
Lekin milliy g‘oyani anglash va aniq ifodalash oson emas. Oddiy xalq buning ustida hech qachon bosh kotirib о‘tirmagan, uni aniq ifodalay olmagan. Ammo xalq doimo о‘z ma’naviyatiga ega bо‘lgan, chunki aqliy va hissiy ehtiyojlarini qondirish uchun ijod bilan shug‘ullangan. О‘zligini, о‘z sha’ni-shavkatini ma’lum darajada doimo anglagan, shunga yarasha unda milliy g‘urur bо‘lgan. Kundalik ong darajasida, maishiy turmushda odamlarning orzu-havaslari hech qachon barham topmagan. О‘zligini, о‘z manfaatlarini anglash, milliy g‘urur, hayotiy orzu-havaslar aslida milliy g‘oya о‘rnini bosgan. Ammo bunday hollarda xalqning ma’naviy hayoti juda ziddiyatli rivojlanadi. Aniq va mujassam ifodalangan milliy g‘oya bilan boyitilgan ma’naviyat jamiyat taraqqiyotiga yanada barakali ta’sir kо‘rsatadi, uning xalqqa о‘zligini anglatish, milliy ongni, madaniyatni turli adashishlar va tashqi xurujlardan himoya qilish imkoniyatlari ortadi. Ba’zi bir diniy ekstremistik g‘oyalarning ayrim yoshlarga ta’siri e’tiqod masalasiga bepisand qarash mumkin emasligini kо‘rsatadi. Shuning uchun yosh avlodda ilmiy-ratsionalistik dunyoqarashni shaqllantirish ijtimoiy-gumanitar fanlarda ustuvor vazifalardan biridir. Bu, bir tomondan, an’anaviy о‘qitilib kelinayotgan fanlar — falsafa, etika, estetika, dinshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik kabi fanlarning didaktik mazmunini takomillashtirishni, ikkinchi tomondan – ma’naviyatshunoslik kabi yangi fanlarni haqiqiy barqaror, tugallangan о‘quv predmeti darajasiga kо‘tarishni talab qiladi. Ma’naviyatni tо‘g‘ri rivojlantirish uchun uning mohiyatini, mazmunini, namoyon bо‘lish shakllarini, ular о‘rtasidagi aloqalarni, umuman ma’naviy rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish lozim. Bu esa ushbu masalalarni boshqaruv idoralari mutasaddilaridan hamda bо‘lajak mutaxassislardan chuqurroq о‘rganishni talab qiladi va gumanitar oliy о‘quv yurtlarida alohida о‘rganiladigan «Ma’naviyatshunoslik» faniga ehtiyoj tug‘diradi.2 Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling