Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 1.59 Mb.
|
Kurs ishi titul 2023 yangi
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI 5111100 - Musiqa ta’limi yo‘nalishi
Musiqa o‘qitish metodikasi fanidan KURS ISHI Mavzu:__________________________________________ ________________________________________
CHIRCHIQ- 2023 KIRISHO‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim standart (DTS)ini joriy etilishi o‘rta umumta’lim maktab o‘qituvchilari zimmasiga qator muhim vazifalarni yuklamoqda. Shu bilan birga, umumta’lim maktablarda 11 yillik o‘rta ta’limning joriy etilishi ham o‘z navbatida, oliy ta’lim tizimida ta’lim oladigan bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy talablarga muvofiq tayyorlash, maktab o‘qituvchilarini esa malakasini oshirishga bo‘lgan yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Yurtimizda ayni paytda vujudga kelgan shart- sharoitlar va o‘qituvchilarning yuqorida keltirilgan ehtiyojlari pedagogic ta’limning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni taqozo etadi. Xususan, musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining kasbiy saviya va malakasini oshirish mazmuni hamda shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi. “Musiqa o‘qitish metodikasi” nomi bilan yuritiladigan o‘quv qo‘llanmaning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini musiqaviy- nazariy va amaliy faoliyatini yanada rivojlantirishdan iboratdir. Bu maqsad quyidagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutadi: maktabda musiqa ta’limi va tarbiyasi mazmunini, tashkil qilish, turli shakl va metodlar haqida asosiy ma’lumotlar berish; maktabda amalga oshiriladigan musiqa ta’limi va tarbiyasi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda umumlashtirish; usiqiy asarlarning badiiy-pedagogik tahliliy metodikasi asoslarini berish; o‘quvchilarni musiqa san’ati materiallari asosida o‘qitish va tarbiyalash masalalariga to‘g‘ri yondashuvni shaklantirish. Oliy ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi fanini o‘rganishda pedagogika, psixologiya va boshqa predmetlardan olingan bilimlarga tayaniladi. Musiqa o‘qitish metodikasi fanining asosiy yo‘nalish va uslublaridan biri - buyuk kompozitorlarning o‘ziga xos ijod yo‘li haqida bilimlar berish, o‘quvchilarning musiqiy didini tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini shaklantirishga qaratilgan. Yakka tartibda kuylash, dirijorlik qilish, musiqa asbobida ijro etish faqatgina ijrochi – musiqachini tayyorlabgina qolmay, balki maktab o‘quvchilari bilan ishlash jarayonida ularning ovozini tarbiyalash hamda rivojlantirish, maktabda sinfdan tashqari tashkil etilgan xor jamoalari bilan ishlash, musiqiy asarni ijrosini jonli ifodalash va o‘quvchilarning musiqiy ohangini eshitish qobiliyatini rivojlantirish, asarlarni nazariy tahlil qilish kabi malakalarni shaklantirishda, shuningdek, bo‘lajak mohir musiqa o‘qituvchisini ma’naviy-madaniy jihatdan tarbiyalashga ko‘maklashadi. Umumta’lim maktablarida musiqiy tarbiyaning maqsad va vazifasi, uning tuzilishini aniqlashga yordam beradi. Musiqa o‘qitish metodikasi musiqa o‘qituvchisining kasbiy musiqiy pedagogik tayyorligini yaqqol namoyon qiladi. Faning nazariy qismida fanning asosiy mazmuni o‘zlashtirilib, amaliy mashg‘ulotlar mantiqiy davomi bo‘lib, bunda, nazariy qismida o‘zlashtirilgan bilimlarini mustahkamlaydi, tavsiya etilgan asarlar o‘rganiladi va ijro etish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi, mustaqil bilim olish malakalarini rivojlantiradi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling