Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti Reja: 1
Ma’naviyatshunoslik fanining tuzilmasi
Download 0.75 Mb.
|
Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti
Ma’naviyatshunoslik fanining tuzilmasi. Jamiyat taraqqiyotini inson erkinligining, insonparvarlikning muttasil о‘sib borish tarixi, deb qarash mumkin va joiz, yoki ma’naviy shaxs vujudga kelishi va kamol topishi tarixi deyish о‘rinli bо‘ladi. Ma’naviyat shakllana boshlashi jarayonida insonda asl insoniy tabiat paydo bо‘la boshladi, u asta-sekin erkin va ma’naviy shaxsga aylana bordi. Yarimyovvoyi odam о‘zligini deyarli anglamagani va yaratuvchilik imkoniyatlari о‘ta cheklangani tufayli erkin emas. U tabiatga, uning tasodiflariga, injiqliklariga tо‘liq qaram. Omadi chopib qolsa, tabiat unga ato etsa, tо‘yib ovqat egan, yо‘qsa bir necha muddat och qolgan. Omadi chopmasa, о‘zi biror yirtqichga em bо‘lishi ehtimoldan xoli bо‘lmagan. Ibtidoiy odamda ong, tafakkur, uquv bir-muncha rivojlangan. U tabiatdagi barcha narsalarni – toshu kesak, daraxtu butoq, daryo-yu tog‘, quyoshu oy, о‘simliklaru paranda-darandalarni – hamma narsalarni jonli, о‘z ruhiga ega, deb hisoblagan. Ularning odamlarga foyda yoki zarar keltirishiga ishongan. Shu sababdan ularni ranjitmaslikka uringan, aksincha, ularning yordamini olish yо‘lini axtargan. Ibtidoiy odam о‘zini atrof predmetlar bilan bog‘liqlikda idrok etgan, о‘zini ularga qarama-qarshi qо‘ymagan. Uning individual ongi yaxshi rivojlanmagan (bu individual ongi bо‘lmagan degani emas) va tо‘la umumiy jamoaviy ongga, urug‘-jamoa qarashlariga bо‘ysungan.
Yovvoyi odam “erkinligi” instinktlar (mayllar)ga asoslangan. Undan farqli, ibtidoiy odamda ma’naviy shaxs unsurlari mavjud. Lekin u ham ma’naviy shaxs emas, chunki unga individuallik va mas’ullik etishmaydi. Ibtidoiy odamdagi ma’naviyat unsurlari jamoa ongining, irodasining bir bо‘lagidir, mustaqil individual ongning va irodaning yuzaga chiqishi emas. Ma’naviyat rivojlanishining asosiy maqsadi ma’naviy shaxsni tarbiyalashdir. Ma’naviy shaxs erkin tafakkurga, uning asosida erkin tanlay olish imkoniga ega insondir. Ongli tanlash, ijtimoiy zaruratni va о‘z mas’ulligini, burchini anglash, insonparvarlikka va taraqqiyotga xizmat qiluvchi huquqiy, axloqiy, estetik va iqtisodiy me’yorlarni yaratib, ularga ongli ravishda, ixtiyoriy itoat etishgina insonga erkinlik va ma’naviylik bag‘ishlaydi. Erkin inson, ma’naviy shaxs jamiyat va о‘z shaxsi oldida ma’sulligini va burchini chuqur idrok etadi. Binobarin, shaxsning ma’naviylik darajasi bevosita uning о‘z ma’sulligini qanchalik tо‘g‘ri tushunishiga va unga amal qilishiga bog‘liq. Shu sababdan ma’naviyatshunoslik fani erkin, ma’naviy shaxsni tarbiyalashning ilmiy-nazariy va metodologik masalalarini ham qamrab oladi. Yuqoridagi fikrlarini umumlashtirib, ma’naviyatshunoslik fanini shartli ravishda uch qismga bо‘lish mumkin: 1) ma’naviyat tushunchasi mohiyati (ontologiyasi); 2) ma’naviyatning mavjudlik shakllari, rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari (fenomenologiyasi); 3) ma’naviy tarbiya metodologiyasi. Tabiiyki, ma’naviyatshunoslik fani avvalo ma’naviyat tushunchasining mohiyat-mazmunini (ontologiyasini), voqeligini, namoyon bо‘lish shakllarini hamda rivojlanish qonunlari, tendensiyalari va xususiyatlari (fenomenologiyasini) kabi nazariy masalalarni о‘rganadi. Shuningdek, ma’naviy rivojlanishning yangi yо‘nalishlari, shakllari vujudga kelishini, ular о‘rtasida umumiylik va xususiylikni, ma’naviyatdagi vorisiylik va yangilanishni, tarixiylik va mantiqiylikni, taraqqiyot bosqichlarini tahlil qiladi va yoritadi. Ma’naviyatshunoslik, boshqa fanlar singari, insonga yangi bilim beradi, dunyoqarashini kengaytiradi va о‘rganayotgan sohasiga muayyan munosabatni tarbiyalaydi. U ma’naviy tarbiyaning maqsad va vazifalarini oydinlashtiradi, ularni har bir jamiyatning о‘ziga xos talablari bilan bog‘laydi. Inson tarbiyasi oilada bolaga kundalik, oddiy bilimlar berishdan boshlab, bog‘cha,maktab, kollej, oliy о‘quv yurti, mehnat jamoasi saboqlarigacha hamda uning ongiga OAV va jamiyat institutlari ta’siri kо‘rinishida butun umr bо‘yi davom etadi. Har qaysi tuzilma va institut, har bir fan va predmet о‘zining tarbiyaviy usullari va vositalariga ega. Ma’naviyatshunoslik fani ulardan birortasining о‘rnini egallab almashtirmaydi, balki ularga umumiy yо‘nalish, yо‘l kо‘rsatadi. Ma’naviy yuksalishga jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari ta’sir kо‘rsatadi, ma’naviyatda ular о‘ziga xos tarzda voqe bо‘ladi. Biz ma’naviy yuksalishning xususiyatlarini hisobga olib uning quyidagi qonunlarini alohida ajratib kо‘rsatishimiz mumkin: 1.Jamiyat taraqqiyoti jarayonida ma’naviy ehtiyojlarning muttasil о‘sib borish qonuni; 2.Ma’naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog‘liqlik qonuni; 3.Ma’naviyat rivojlanishining ijtimoiy ong shakllari rivojlanish darajasiga bog‘liqlik qonuni. Insonning birlamchi moddiy ehtiyojlarining qondirilishi unda ruhoniy, ma’naviy ehtiyojlarni о‘yg‘otadi. Qorni tо‘q, xavf-xatardan xoli inson qо‘shiq aytgisi, raqsga tushgisi, xursandchilik qilgisi, biror narsa о‘ylab topgisi, yaratgisi keladi. О‘z navbatida mazkur ehtiyojlarning qondirilishi, ularning yanada sifatliroq, yanada mukammalroq, yanada mazmunliroq bо‘lishiga nisbatan yangi ehtiyoj tug‘diradi. Inson ehtiyojlari, jumladan ma’naviy ehtiyojlari uzluksiz yuksaladigan mavjudotdir. Bu ijtimoiy taraqqiyot, jumladan ma’naviyat rivojlanishi qonunidir. Ma’naviy hayotning о‘ziga xosligini kо‘pincha jamiyat umumiy taraqqiyotining erishilgan darajasi belgilagan. Agrar jamiyatda yashagan kishining dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, hayotga munosabati, ma’naviyati sanoat, texnika, transport va aloqa tizimi taraqqiy etgan, radio, televidenie, kompyuter, internet zamonida yashaydigan kishilarnikidan keskin farq qilgan. Texnologiya yutuqlari ishlab chiqarish usuli va munosabatlari pirovardida qanday bо‘lishini, etishtirilgan mahsulot qanday tamoyillar asosida taqsimlanishini, savdo-sotiq va almashuv qanday vositalar va qoidalar yordamida amalga oshirilishini belgilaydi. Taqsimot va almashuvdan iste’mol mazmuni kelib chiqadi. Umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasi odamlarning dunyoqarashini, tafakkurini, mavjud jamiyatga beradigan bahosini, amaliy munosabatini shakllantiradi. Ular asosida qadriyatlar, ijtimoiy me’yorlar qaror topadi. Kimdir amaldagi me’yor va qoidalarni adolatsiz, ularni о‘zgartirish kerak deb hisoblaydi. Kimdir aksincha, ularni himoya qiladi. Keskin radikal va konservativ fikrlar о‘rtasidagi bahs, kurashlar oqilona yо‘l topishga, mavjud qoida va me’yorlarni, urf-odatlar va diniy marosimlarni takomillashtirib borishga xizmat qiladi. Ushbu о‘zaro bog‘liqlik barcha zamonlar, barcha jamiyatlar uchun xos, doimiy va takrorlanuvchi bо‘lib, ma’naviyat rivojlanish qonunlaridan yana birini tashkil etadi. Uchinchi qonun tо‘g‘risida shuni aytish mumkinki, odamlarning ongiga, dunyoqarashiga e’tiqod (mifologiya, din falsafa), axloq, adabiyot va san’at, ilm-fan, huquq, siyosat, ta’lim-tarbiya tizimi rivojlanishi ta’sir kо‘rsatadi. Qayd etilgan hodisalar, bir tomondan, jamiyat taraqqiyoti mahsuli, natijasi bо‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatni taraqqiy ettiruvchi omillardir. Ilm-fan, birinchi galda tabiatshunoslik va texnika fanlari bevosita ishlab chiqarish texnologiyalari yuksalishiga, odamlarning dunyoqarashi turli irim-sirimlar, xurofotdan, noilmiy, g‘ayriilmiy qarashlardan xalos bо‘lishiga xizmat qiladi. Adabiyot va san’at inson ongi-tafakkuri evrilishlari, ruhiy kechinmalari ulug‘vorligi-yu tubanligi, har xil qirralari, yashirin imkoniyatlari tо‘g‘risida bilim beradi. Odamlarning ma’naviy dunyosini insonparvarlik, ezgulik, gо‘zallik, adolat, ishq, muhabbat, vatanparvarlik va shu kabi g‘oyalar bilan boyitadi, yuksak idealarga ilhomlantiradi. Axloq, huquq, siyosat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va rivojlanishiga hissa qо‘shadi. Qо‘lga kiritilgan barcha yutuqlarni inson bolasi ta’lim-tarbiya orqali о‘zlashtiradi. Xulosa qilish mumkinki, ma’naviy yuksalish insonning pozitiv bilimlari о‘sishi, jamiyatda hurfikrlik, tafakkur erkinligi rivojlanishi va ta’lim-tarbiya tizimi takomillashishi bilan bog‘liq. Xalqning iqtisodiy va ma’naviy hayoti boshqa xalqlar bilan aloqalar о‘rnatishga, iqtisodiy-madaniy, ilmiy-texnikaviy, siyosiy sohalarda hamkorlik qilishga, о‘zaro yordam kо‘rsatishga, bir biridan о‘rganishga ham bog‘liq. Turli tarixiy davrlarda ularning aloqalari intensivligi, bir biridan о‘rganish imkoniyatlari har xil bо‘lgan. Jamiyatni moddiy-iqtisodiy, texnologik va ilmiy-intellektual taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib, ibtidoiy jamiyatga, quldorlik va feodalizmga (agrar, yoki sanoatlashishga qadar bо‘lgan jamiyatga), industrial, postindustrial va zamonaviy postmodern jamiyatlariga bо‘lish va ularning ma’naviyatini bir biridan farqlash mumkin. Jamiyatning moddiy-iqtisodiy va ijtimoiy – ma’naviy hayoti о‘zaro chambarchasdir. Ushbu birlik jamiyat hayotining negizini tashkil qiladi. Mehnatsiz, ishlab chiqarishsiz jamiyat bо‘lmaganidek, e’tiqodsiz, dunyoqarashsiz, hech qanday bilimlarsiz, qoida – tartiblarsiz, me’yorlarsiz, muayyan maqsad va orzu - havaslarsiz inson, binobarin, jamiyat yо‘q. Iqtisodiyot va ma’naviyat uyg‘un rivojlanadigan jamiyat barqaror va insonparvar bо‘ladi. Iqtisodiyot olg‘a ketib, ma’naviyat ortda qolsa, jamiyatda iste’molchilik psixologiyasi ustunlik qilib,tarbiya izdan chiqadi, inson qadr-qimmatiga putur etadi. Va, aksincha, iqtisodiyot unutilib, faqat tarbiyaga zо‘r berilsa, jamiyatda turg‘unlik, safsatabozlik, mafkuraviy mutaassiblik, dogmatizm kuchayadi. Ma’naviyatshunoslik fani ma’naviy yuksalishning mezonlari (kriteriylari)ni aniqlaydi. Ma’naviy yuksalishning asosiy mezoni inson erkinlik darajasining о‘sishi, deyish mumkin. Haqiqatan, ibtidoiy jamiyatga nisbatan agrar jamiyat insonga kо‘proq erkinlik bergan, unga nisbatan esa industrial jamiyat kо‘proq erkinlik bergan. Industrial jamiyat barcha a’zolarini qonun oldida tenglashtirdi, tabaqaviy imtiyozlarini bekor qildi. Postindustrial va postmodern jamiyatlarida inson erkinligi yanada о‘sdi. Hatto, afsuski, ba’zi hollarda u birdan bir maqsadga aylanib, axloqiy chegaralardan chiqib ketmoqda. Ma’naviy yuksalishning boshqa mezonlari: ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi, tafakkur erkinligi va mafkuraviy plyuralizm, jamiyatning demokratiyalashuvi va inson huquqlarining davlat huquqidan ustunligi, shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unlik darajasi oxir oqibatda inson erkinligiga borib taqaladi. Mazkur mezonlar ham jamiyatning ma’naviy yuksalishini kо‘rsata oladi. Lekin ular asosiy mezonning konkret voqeligidir. Shunday qilib, ma’naviyatshunoslik fani boshqa fanlardan farq qiladigan xususiyatlariga, tushunchalariga, g‘oyalariga, tamoyillariga, qonunlariga va mezonlariga ega. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling