Falsafiy dunyoqarash barcha ezgu-niyatlarni amalga


Oriental Renaissance: Innovative


Download 305.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana30.10.2023
Hajmi305.12 Kb.
#1734601
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
44 G.I. Jumanova 337-342-1

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
339 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
bo‘lganidek, milliy ruhsiz tarix ham, voqelik ham ma’lumotlar va axborotlar 
yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi. Inson qalbida milliy g‘urur tuyg‘usi, o‘z xalqi va 
Vataniga mehr hissi uyg‘onmasa, har qanday noyob ma’lumot ham uning qalbiga 
chuqur kirib bormaydi. Biz bunga aslo yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. 
Bugungi global makonda, qarama-qarshiliklar, inson, ayniqsa, yoshlarning ongi 
va qalbini egallash uchun kurash nihoyatda kuchaygan hozirgi sharoitda yosh avlod 
tarbiyasining o‘rni va ahamiyati har qachongidan ham ortib borayotgani hech kimga sir 
emas. Siz bilan biz yashayotgan zamonning achchiq haqiqati shundan iboratki, katta 
hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yoshlarni agar sog‘lom kuchlar to‘g‘ri yo‘lga 
boshlamasa, g‘arazli niyatlar bilan yurgan buzg‘unchi kuchlar o‘z ortidan ergashtirib 
ketadi. Dunyodagi raqobatga bardoshli, jahon maydonida o‘z o‘rnimga ega bo‘laman, 
degan har bir xalq shu masalalar haqida jiddiy o‘ylaydi, bu borada amaliy choralarni 
ko‘radi. Zarur choralarni ko‘rmasa, hech shubhasiz, xalq va millat sifatida o‘zligini boy 
beradi”
4
,-degan fikrlari tashkil qiladi. Shuning uchun ham odamlar, ayniqsa 
yoshlarning falsafiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish hech qachon 
o‘zining dolzarbligini yo‘qotmaydigan masalalar qatoriga kiradi. “Falsafiy 
dunyoqarash - bu olam va odam munosabatlaridagi tabiat, jamiyat va insonning eng 
umumli o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish 
asosida kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va 
ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadigan va rivojlanadigan bir butun olam haqidagi 
ilmiy, tarixiy, mantiqiy, universal, maqsadli, goyaviy, nazariy bilim va amaliy xatti-
harakatlarning yaxlit tizimi. Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanish 
dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bir 
tomondan, jamiyatning o‘zgarib borish tamoyili falsafiy g‘oya, nazariya va 
ta’limotlar o‘zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o‘zgarayotgan falsafa 
jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini ilg‘ab olib, uning istiqbollarini belgilash
mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafiy 
tafakkur- ma’naviy taraqqiyot mahsulidir.
Tafakkur orqali inson faqat bugungi kunni emas, utmishni ham kelajakni ham 
biladi, farazlaydi, umumlashtiradi va tushunchalarda ifodalaydi. Inson tafakkuri 
orqali vokea-xodisalar orasidagi uzaro aloqadorlikni, qonuniyatlarini ochadi
taqqoslaydi, tahlil qiladi. Ingliz faylasufi R.Dekart “Men fikr qilayaman, demak men 
mavjudman” degan so‘ziga binoan muloxaza qiladigan bo‘lsak, fikr qilishlik insonni 
4
Мирзиёев Ш.М. Ҳарбий-ватанпарварлик тарбиясини кучайтириш - долзарб вазифамиздир// Унинг ўзи. 
Миллий тикланишдан-миллий юксалиш сари. 4- жилд. – Тошкент:«Ўзбекистон» НМИУ,2020. -Б.136-137. 
4..Н.А.Шермухаммедова “Фалсафаси.”2009 й. 



Download 305.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling