Falsafiy dunyoqarash Reja


Falsafaning asosiy funktsiyalari


Download 70.5 Kb.
bet2/4
Sana21.01.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1107091
1   2   3   4
Bog'liq
7raqam

Falsafaning asosiy funktsiyalari
Falsafaning jamiyat hayotidagi roli yuqorida aytilganlar bilan cheklanmaydi. Uning asosiy roli falsafaning jamiyatda bajaradigan asosiy funktsiyalarida yanada yaqqol-roq namoyon bo’ladi. Uning bunday asosiy funktsiyalari qo’yidagilar:
1) dunyoqarash funktsiyasi;
2) metodologik funktsiyasi;
3) gnoseologik funktsiyasi;
4) ijtimoiy funktsiyasi;
5) aksiologik funktsiyasi.
Falsafa dunyoni bir butun holda olib, unda insonning dunyoga munosabati haqidagi barcha bilimlarni nazariy jihatdan umumlashtirib, o’zlashtirish asosida bizni bir butun dunyo: borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonning dunyoni bilishi to’g’risidagi eng umumiy qarashlari bilan qurollantiradi. Bu falsafaning dunyoqarash funktsiyasidir. Dunyoqarash funktsiyasi falsafaning, falsafiy bilimlarning asosiy xususiyatidir.
Falsafaning dunyoqarash funktsiyasi uning boshqa funk-tsiyalari bilan chambarchas bog’liqdir. Buni biz qo’yida uning metodologik funktsiyasini yoritishda yaqqol ko’ramiz.
Falsafaning metodologik funktsiyasi. Falsafa o’z tadqiqot predmeti sifatida borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, insonning dunyoni bilishidagi eng umumiy qonunlarini o’rganadi. U bunda inson tafakkuri va bi-lishiga oid eng umumiy tushunchalar, kategoriyalar sistemasi bilan ish ko’radi. Bu kategoriyalar ichida eng muhim o’rin-larni borliq, materiya, ong, tafakkur, predmet, hodisa, protsess, xossa, munosabat, o’zgarish, rivojlanish, sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, qism va butun, element va struktura kabilar tashkil qiladi. Falsafaning bu kategoriyalari dunyodagi, tabiat va jamiyatdagi predmet va hodi-salarning eng umumiy tomo-nlarini, bog’lanish va aloqadorliklarini in‘ikos ettiradi. Falsafa, shu bilan birga, tafakkurning va inson bilishining eng umumiy universal printsiplarini ham ishlab chiqadi. Falsafa o’zining bu kategoriyalar sistemasi va universal printsiplarini dunyoni bir butun holda olib, uning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganish asosida hosil qiladi. Uning bu kategoriyalari, printsiplari va qonunlari insoniyat bilimlari sistema-sining hamma sohalariga, ularning butun mazmuniga singib ketgan bo’ladi. Borliqning turli konkret tomonlarini o’rganuvchi alohida xususiy aniq fanlar o’zlari erishgan yutuqlarni umumlashtirishda ulardan umumiy xulosalar chiqarishda falsafiy kategoriyalar va printsiplardan foydalanishga muhtoj bo’la-dilar. Aniq fanlar o’z tadqiqotlarida falsafasiz, uning printsiplari, qonunlari va ka-tegoriya-larisiz hech bir ish qilolmaydilar. Bunday hollarda barcha aniq alohida fanlar uchun falsafa metodologik rol o’ynaydi. Umuman, aniq fanlar taraqqiyotida falsafaning roli katta. Ba‘zan shunday bo’ladiki, aniq fanlar o’z rivojlanish jara-yonida murakkab muammolarga duch keladilar, bunda ular murakkab muammoni tug’dirgan metodologik qiyinchi-liklarni o’zlari hal qila olmaydilar. Bunday paytlarda ham ularga falsafa yordamga keladi. Bu o’rinda ham falsafaning metodologik funktsiyasi namoyon bo’ladi.
Falsafaning bundan tashqari gnoseologik funktsiyasi ham bor. Falsafa inson-ning dunyoni bilish muammosini o’rganar ekan, u o’zining dunyoni bilishning umumiy metodlarini ishlab chiqib, inson bilishining bir butun umumiy nazariyasini ham yaratadi, shu asosda falsafa inson bilish faoliyatining paydo bo’lishi, uning rivojlanish tendentsiyalari va eng umumiy qonun-larini ochib beradi. U bunda inson bilishining haqiqatga borish yo’llarini ham, hosil qilingan bilimlarning haqi-qatligini tekshiruvchi usullarni ham tadqiq etadi.
Falsafa insonning dunyoni bilishining eng umumiy qonunlarini ishlab chiqish bilan cheklanmay, inson oldiga uni o’zgartirish masalasini ham qo’ydi. U dunyoni bilish asosida uni o’zgartirishda insonning faol faoliyatiga asosiy e‘tiborni qaratadi. Falsafa bunda bilishning eng umumiy qonunlari bilan kishilar tafakkurini qurollantirib, ularga ob‘ektiv protsesslarning o’zgaruvchan, rivojlanuvchi, qarama-qarshi va ziddiyatli mazmunini hisobga olgan holda dialektik fikr yuritishni o’rgatadi. Bunday fikr yuritish malakasini hosil qilish inson tafakkuri madaniya-tining ravnaqi uchun uning juda ko’p turli-tuman amaliy va nazariy masalalarini hal qilishda katta rol o’ynaydi. Bunday hollarning barchasida falsafaning gnoseologik funktsiyasi namoyon bo’ladi.
Umuman, falsafa alohida fanlar uchun, ularning tabiat va jamiyatning, borliq va ongning konkret tomonlarini o’rgani-shida, tadqiq qilishida eng umumiy metod rolini o’ynaydi.
Falsafaning funktsiyalaridan yana biri ijtimoiy-aksiologik funktsiyasidir. Falfasa turli ijtimoiy qad-riyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bilan chekla-nib qolmasdan, voqelikni talqin va tahlil, ta‘rif va tan-qid etadi. Shu jumladan ijtimoiy ideal haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish ham falsafa zimmasidadir.
Ijtimoiy idealni shakllantrish bilan bog’liq muam-molar falsafa bilan siyosiy tuzum o’rtasidagi o’zaro muno-sabatlar xarakteriga borib taqaladi. Bir qarashda falsafa barcha zamonlarda ijtimoiy ideal, siyosiy tuzum, hokimiyat haqidagi mulohazalarni yaratganu, davlat, siyosiy tuzum ularni ruyobga chiqarishga intilgandek tuyuladi.
Biroq falsafiy ta‘limot siyosiy hokimiyatning hatti-harakatlar, oqibatlari uchun javobgar bo’la olmaydi. Axir, falsafadan siyosatga eltuvchi yo’llar turfa xil, ya‘ni bir falsafiy bilimdan turlicha xulosalar chiqarish mumkin. Chunonchi, «davlat tartibga asoslanishi kerak, mamlakatda tartib bo’lmog’i zarur»,-degan fikr asosida qonun ustuvor-ligini ta‘minlash ham, Stalin va Pinochet kabi minglab kishilarni o’limga hukm qilishi ham mumkin.
Falsafa ijtimoiy idealni shakllantirish bilan birga voqelikni tahlil va tanqid ham qiladi, ya‘ni faylasuf ijtimoiy ideal bilan voqelik o’rtasidagi tafovutni aniq-lashga intiladi. Tanqid sub‘ektning noroziligini ifodalaydi. Norozilikni esa turlicha ifodalash mumkin. Ba‘zi hollarda voqelikni tahlil qilishdan voz kechish, «sukut saqlash» ham norozilik ifodasi bo’ladi.
Falsafaning funktsiyalari orasida madaniy-tarbiyaviy funktsiyasining o’rni ham beqiyosdir. Falsafa madaniyatli shaxsni shakllantirishda hal qiluvchi omil vazifasini o’taydi. Madaniyatli shaxsning eng asosiy fazilatlaridan biri-aqliy zukkolikdir. Aqliy zukkolik-shaxsning tabiat va jamiyatda sodir bo’layotgan turli hodisa va voqealarni, jarayonlar kuzatish, uning mohiyatini ilg’ab olish, sabab-larini tushunish, oqibatlarini oldindan ko’ra bilish, bun-dan to’g’ri xulosa chiqarish qobiliyatining, shuningdek fahm-farosati, zehni, ziyrakligining rivojlanganligi holatini ifodalovchi kategoriyadir. Uning asosiy komponentlarini bilimlar, tafakkur yuritish qobiliyati, aql mustaqilligi, ijodkorlik tashkil etadi. Ushbu komponentlarning barchasi yuksak darajada shakllangandagina fikrlash madaniyati yuksaladi. Shaxsning voqea va hodisalardagi ziddiyatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish qobiliyati esa fikrlash madaniyatining mezoni hisoblanadi.
Falsafa informatsiyalar to’plash funktsiyasini ham bajaradi. Uning asosiy vazifalaridan biri-hozirgi zamon fani, tarixiy amaliyot hamda bugungi inson intellektual salohiyati talablariga javob bera oladigan dunyoqarashni shakl-lantirishdan iborat. Buning uchun esa ob‘ektni to’g’ri aks ettirish, uning kom-ponentlari va elementlari, ularning o’zaro aloqadorligi haqida ishonchli ma‘lu-motlar olish maqsadida turli informatsiyalar yig’ish, tahlil etish, qayta ishlash va sistemalashtirish bilan shug’ullanadi. Bu informatsiyalar turli falsafiy katego-riyalarda o’z ifodasini topadi.



Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling