Falsafiy haqiqat va uning mzonlari
Download 16.83 Kb.
|
Falsafiy haqiqat va uning mzonlari-fayllar.org
hukm shakllantiramiz, hukmlarni bir-biri bilan qo‘shib ulardan aqliy xulosa chiqaramiz.
Hukm tafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida ifodalaydi. Gnoseologik nuqtai nazardan, hukm – bu biron bir narsani tasdiqlash yoki inkor etish yo‘li bilan voqyelikni aks ettirish shaklidir. Shu boisdan hukm tasdiqlovchi («hozir yomg‘ir yog‘moqda» kabi) yoki inkor etuvchi («bugun yomg‘ir yog‘maydi» kabi) hukmlarga bo‘linadi. Agar biz ikki yoki bundan ko‘proq hukmni bir-biri bilan tenglashtirib, taqqoslab, solishtirib ko‘rsak, u holda biz yangi hukmga ega bo‘lishimiz, ya'ni aqliy xulosa chiqarishimiz mumkin. Aqliy xulosaning, mantiqiy natijaning chinakam to‘g‘ri bo‘lishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bo‘lmog‘i, ya'ni voqyelikka mos kelmog‘i lozim. Ikkinchisi: boshlang‘ich asoslardan aqliy xulosa chiqarish jarayonining o‘zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. Mantiq ilmining asoschisi Aristotel sillogizmga klassik misol keltiradi: Hamma odamlar o‘ladi} asos Suqrot odam} asos Suqrot o‘ladi – aqliy xulosa Agar biz mantiq qonuniga amal qilsagu, lekin boshlang‘ich hukm haqiqiy bo‘lmasa, u holda sillogizm ham haqiqiy bo‘lmaydi, balki soxta bo‘ladi. Masalan: Suqrot – odam Hamma odamlar o‘lmaydi Suqrot o‘lmaydi – soxta aqliy xulosa Insonning olamni bilish jarayoni uning sezgilari va ongi zo‘r berib ishlashini talab qilibgina qolmasdan, uning uzluksiz qizg‘in g‘ayrishuuriy faoliyat ko‘rsatishini ham taqozo etadi. Insonning g‘ayrishuuriy bilish faoliyati intuitiv bilish nomini oldi, intuitsiyaning o‘zi esa - bu bilish ob'ektining muayyan sharoitda boshqacha yo‘l bilan asoslab berish mumkin bo‘lmagan xossalarini bevosita, g‘ayrimantiqiy tarzda haqiqat deb bilishdir. Intuitsiya sezgi va aql harakatiga qarshi turmaydi, balki bilishning xissiy va ratsional jihatlari bilan birgalikda chiqib ularni to‘ldiradi. Inson biron-bir hodisani g‘ayrishuuriy tarzda oldindan sezgan oddiy, kundalik hayotda ham, olim bilib olinmagan jabhada uzoq vaqt adashib toliqib yurganidan keyin to‘satdan uning ko‘z o‘ngida yorishish, insayt sodir bo‘lib, shu asnoda ilmiy kashfiyot yuzaga keladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham intuitsiyaning roli juda kattadir. Akademik N.N.Moiseev hozirgi ilmiy bilishda intuitsiyaning roliga yuqori baho berib, mantiqiy va matematik bilish metodlari qanchalik mukammal bo‘lmasin, ular intuitsiya, tusmol, faraz, sezgirlik, yorishish o‘rnini bosolmaydi, deydi. Intuitsiya tasavvur bilan uzviy bog‘liqdir, chunki biz biror narsani tasavvur qilar ekanmiz shu tasavvur qilinayotgan obrazga ilgari bilib olingan ob'ektlar belgilarini, tomonlarini intuitiv tarzda nisbat beramiz. Tasavvur - xissiylik, mantiqiylik va intuitivlikning qotishmasidir, bunda tafakkur xissiy obrazlarni umumlashtiradi va ularga ma'no beradi. Bilishga yangi g‘oyalar kerak, ammo birgina empirik materialning o‘zi buning uchun aslo yetarli emas, rivojlangan intuitsiya, tasavvur, fantaziya kerak. Intuitsiya fenomeni uzoq o‘tmishdan boshlab o‘ziga e'tiborni tortib kelgan. Ved yaratuvchilari, Pifagor va uning izdoshlari, Aflotun va Aristotel o‘zlari bevosita bilish deb tushungan intuitsiya jumbog‘ini ochib berishga uringanlar. XVII asrda R.Dekart intellektual intuitsiya haqida ta'limot yaratadi. Dekartning fikricha, ilmiy bilish asosida yotgan boshlang‘ich g‘oyalarning haqiqatligi intuitiv tarzda anglab yetiladi, bilish sub'ektining aqli bilan bevosita aniqlab olinadi. Intuitiv bilimga o‘z-o‘zidan ravshanlik, aniqlik nisbat berilgan. Dekart intuitsiya inson aqlining tug‘ma qobiliyati, intuitivlik bilan ratsionallik bir-biri bilan bog‘lik, lekin intuitivlik birinchi o‘rinda turadi va bilishning oliy shaklidir deb hisoblagan. Intuitiv bilishning to‘satdan, yorishish yo‘li bilan paydo bo‘lishi, natijaning aniqligi, uni mavjud ma'lumotlardan chiqarib bo‘lmasligi, muammo yechimining to‘g‘riligiga ishonch va uni mantiqiy asoslash zarurligini tushunish xissi kabi o‘ziga xos belgilarini qayd etmoq lozim. Fanda ko‘pgina kashfiyotlar intuitiv tarzda amalga oshirilgan. Hozirgi zamon matematikasida yaxlit bir yo‘nalish: intuitsionizm mavjud. Unga nemis filosofi I.Kant, fransuz matematigi va faylasufi A.Puankare va gollandiyalik matematik L.Brauer asos solganlar. Geometriyada intuitsionizmni asoslab bergan Puankarening fikricha, bilish jarayonida ijod qilish intuitsiyani, g‘ayrishuuriy ishni albatta o‘z ichiga oladi. Bilish quyidagi bosqichlardan tarkib topadi: birinchi urinishda jo‘yali hyech nimaga erishib bo‘lmaydi, so‘ngra ozdirko‘pdir uzoqroq tanaffus boshlanadi, uning davomida g‘ayrishuuriy ish qilinadi, shundan keyin ongli ishning yangi bosqichi boshlanadi, u ham natijasizdek tuyuladi, lekin to‘satdan yorishish sodir bo‘ladi, hal qiluvchi fikr tug‘iladi, so‘nggi zaruriy bosqich - vazifaning olingan yechimini tekshirib ko‘rish. G‘ayrishuuriy intuitiv ish faqat undan oldin va undan keyin ongli ish bo‘lgan taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin. Puankare bilish natijalarini ularning aniq bo‘lib tuyulishiga va intuitiv aniqligiga qaramay, albatta tekshirib ko‘rish zarur deydi. Intuitiv yorishish, tusmollab bilish tegishli muammoni hal qilishga olib kelgan yo‘llarni insonning o‘zi aniq anglamagan holda o‘z-o‘zidan, bexosdan, to‘satdan amalga oshadi. Bunda turli kishilarda turli sharoitlarda intuitsiya ongdan turli darajada uzoqlashgan bo‘ladi. Intuitsiya olingan natijaning mazmuni, harakteri, o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borishi, sub'ekt uchun shaxsiy ahamiyati bo‘yicha o‘zining individual xususiyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga intuitsiya nafaqat hissiy bilishdan, nafaqat abstrakt mantiqiy bilishdan iborat. Unda bilishning shu ikkala jihati mavjud, lekin ular doirasidan tashqariga chiquvchi narsa ham borki, bu intuitsiyani shu shakllardan birontasiga ham mansub deb qarashga imkon bermaydi. Shuning uchun hozirgi zamon bilish nazariyasida intuitiv bilim hissiy bilishga ham, ratsional bilishga ham teng ahamiyatli bo‘lgan o‘rin egallaydi. http://fayllar.org Download 16.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling