Falsafiy qonunlar tahlili
Sobiq Ittifoqda qadriyatlarga munosabat qanday edi?
Download 278.44 Kb.
|
Falsafiy qonunlar tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glоballashuv hоdisasi
Sobiq Ittifoqda qadriyatlarga munosabat qanday edi?
Dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan mamlakatda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtai nazaridan tadqiqotlar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba`zi mutahassislar tomonidan tahlil qilina boshlagan bo’lsa-da, 90-yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o’z o’rniga ega bo’lmadi. Hukmron mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan mahsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya nomi bilan sobiq Ittifoqda birorta ham darslik yoki o’quv qo’llanmasi chop etilmagan, hatto universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos, tarihchi va boshqa ijtimoiy mutahassislar tayyorlaydigan gumanitar bo’limlarida ham bu sohaga oid mahsus bilimlar berilmas edi. Qadriyatlar tug’risidagi Qarbda keng tarqalgan aksiologiya fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq-huquqlariga doir ko’pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo’lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. Mustaqillik va qadriyatlar mavzusi. Istiqlol yillarida O’zbekistonda bu mavzuga umuminsoniy tamoyillar asosida yondashish shakllandi. Bunday qarashning vujudga kelishi, qadriyatlarning ijtimoiy va ma`naviy yangilanishi, jamiyat a`zolarining kamoloti hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati masalalariga davlat miqyosida yuksak e`tibor ko’rsatilayotganligi mazkur soha rivojining bosh yo’nalishidir. Qadriyatlarni mustaqillikni mustahkamlashning ma`naviy omillaridan biri sifatida qadrlanishi borasidagi ijobiy jarayonlar tadqiqotlarni ko’paytirish, ularga nisbatan mas`uliyatni yanada oshirishni taqozo qilmoqda. Glоballashuv hоdisasi. Hоzirgi davr haqida aniqrоq tasavvur hоsil qilish uchun ХХ asr bоshigacha jahоn tariхi asоsan mustaqil rivоjlangan va bir-biriga jiddiy ta‘sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan ibоrat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hоzirgi zamоnda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bеrgan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faоl intеgratsiyalashuvi natijasida sеzilarli darajada o‘zgardi va yaхlit bir butun оrganizmga aylandi. Buning оqibati o‘larоq, ayrim хalqlar va butun insоniyatning ijtimоiy оngida glоbal jarayonlar va ularning ta‘sirida yuzaga kеlgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammоlar bilan bеlgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bеra bоshladi. Jahоn hamjamiyati o‘z rivоjlanishining Yangi bоsqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bоsqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faоllik darajasi va univеrsal хususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdеk ularning sabablari 1990-yillarda glоballashuv (lоt. globus – еr kurrasi) dеb nоmlandi. Glоballashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Еr sayyorasi uchun yagоna bo‘lgan tuzilmalar, alоqalar va munоsabatlarning shakllanishi, univеrsallashuv jarayonidir. SHuningdеk glоballashuv glоbal makоnning tutashligi, yagоna jahоn хo‘jaligi, umumiy ekоlоgik o‘zarо alоqadоrlik, glоbal kоmmunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniga muvofiq xar bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomon va kuchlarga ega bo’lib ular o’rtasidagi kurash natijasida eskining yuqolishi va yangining paydo bo’lishi yuzaga keladi. Ma’lumki, narsalar turli- tumandir. Xamma tomonlari bilan aynan o’xshash bo’lgan ikki narsaning o’zi yo’k. Narsalarning tafovvut darajasi xam bir xil emas: muxim va nomuxim tafovvutlar mavjud. Narsa va xodisalardagi tafovvutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama-qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va xodisalargada mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va yo’nalishlar bir-birini inkor qiladi, bir vaqtning o’zida bir-birini taqazo xam qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar, elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy xayotdagi yovuzlik va ezgulik o’zaro bir-birini inkor etadi va ayni vaqtda biri ikkinchisini taqazo etadi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni bilish jarayonida xam o’z ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir biriga uzviy bog’lik bo’lgan xissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orkali inson narsa va xodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot oladi, mavxum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda xissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir biridan farq qiluvchi muxim tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati moddiy dunyodagi xamma narsa va xodisalarga xos ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va xodisalarga, ularning paydo bo’lishidan tortib xalok bo’lishigacha boshidan oxirigacha singib ketgan. Inkorni inkor qonuniga muvofiq ob’ektiv voqelikdagi narsa va xodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilish ro’y beradi. Birok eskilik butunligicha inkor qilinmay, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. Metafizik yo’nalish inkorning ijodiy yaratuvchanlik rolini tan olmaydi. Bundan farqli ularoq, dialektik qarash eski narsani yangi narsa inkor qilishini ta’kidlaydi. Xar bir jarayon inkor qilish jixatiga ega. Ichki zidiyatlar tufayli tarakkiyot jarayonini ertami kechmi eski narsaning yemirilishiga va yangi narsani vujudga kelishiga olib keladi. Miqdor va sifat birlikda, bo’lib, bir-biriga o’tib turadi. Miqdor sifatga va aksincha, ma’lum sharoitda sifat mikdorga o’tadi. Narsa va xodisalarning sifati ob’ektiv bo’lsa-da, nisbiydir, chunki ular o’rtasidagi chegara o’zgaruvchan bo’lib, ularni mutloqlashtirish mumkin emas. Xuddi shuningdek, narsalarni miqdoriy muayyanligi xam o’zgaruvchandir. Modomiki, ob’ektiv olam doimiy xarakatda, o’zgarish va rivojlanishda ekan, narsalarning miqdoriy va sifatiy muayyanligi, ularning xossalari xam o’zgarish va rivojlanishdadir. Miqdor va sifat o’zgarishlarining aniq xolatini bilish fan va ijtimoiy amaliyot uchun muxim axamiyatga ega. Download 278.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling