Falsafiy qonunlar va kategoriyalar


Inkorni dialektik tushunish


Download 68.52 Kb.
bet6/14
Sana11.11.2023
Hajmi68.52 Kb.
#1766940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar-fayllar.org

Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy almashuvi bo‘lmasdan, balki
eskining bag‘rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik 
inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o‘rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy
jarayon bo‘lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, u yangini eski 
bilan vorisiy bog‘liq ekanligini ham ifodalaydi.Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega
shunday deb atalishini izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta'limotini ikki marta takrorlanuvchi 
inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o‘zgarib, bir holatdan
ikkinchi holatga o‘tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. 
Bu qonunga ko‘ra, har bir mavjud bo‘lgan narsa va hodisa o‘zigacha bo‘lgan sifat va
miqdor inkor etilishining mahsuli, shu bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o‘zi ham 
sharoitning o‘zgarishi, vaqtning o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va
hodisaning o‘zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko‘proq inkor etishlar bilan amalga 
oshadi. Insoniyat tarixi - avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana shunday hol
nazarda tutiladi. 
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning muayyan
halqasida, ya'ni navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba'zi belgilar 
takrorlanadi. Masalan, don o‘simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana o‘simlikka va
hokazo.Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‘g‘ri chiziq shaklida emas, doira 
shaklida bo‘ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv
uning oxirgi nuqta bilan tutashishi bo‘lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo‘lishi sababli 
taraqqiyot spiral shaklga ega bo‘ladi. Bu spiralning har bir yangi o‘rami oldingi o‘ramiga
nisbatan yuqoriroq bosqichda yuzaga keladi. 
Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi bog‘lanishni butkul rad qiladi, deb
tushunmaslik kerak. Yangi qanchalik ilg‘or bo‘lmasin, u yo‘q joydan paydo bo‘lmaydi, balki 


10

eskining qobig‘ida asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda eskidan yangiga 
o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi
va rivojlanish davom ettiriladi. Demak, yangi bilan eski o‘rtasida vorislik mavjuddir. Inkorni 
inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va qaytariluvchanlikning birligini tavsiflaydi. Dialektik
inkorning muhim xususiyati ana shundan iborat. 
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‘y berayotgan hodisalar
mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan 
o‘zgarishlar hamma narsani butunlay yo‘q qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu — xalqimiz
taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma'naviy yutuqlarni saqlab qolib, 
ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning asosiy tamoyili Islom
Karimovning yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik lozimligi to‘g‘risidagi xulosasida yaqqol 
o‘z asosini topgan.
Har qanday fanning o‘ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo‘ladi. Masalan, 
fizikada fizik qonunlar, og‘irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko‘p duch kelish mumkin.
Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan 
bog‘langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va hokazo. Matematikani esa Pifagor,
al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. Xuddi shunday falsafaning fanlik 
maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni
o‘rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. 
An'anaviy tavsiflarga ko‘ra, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi
jarayonidagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o‘zaro 
bog‘lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini ko‘rib o‘tdik. Endi
kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa tanishaylik. 



Download 68.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling