Falsafiy qonunlar va kategoriyalar


Download 68.52 Kb.
bet5/14
Sana11.11.2023
Hajmi68.52 Kb.
#1766940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar-fayllar.org

Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlarini
anglatadigan falsafiy tushuncha bo‘lib, taraqqiyotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez 
o‘tadigan jarayondir.
Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda uzluksizlikning uzilishini 
bildiradi. Sakrash narsa va hodisalarning uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz
rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan zaruriy ravishda yuz beradi. Sakrash 
birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan holatgina emas, balki yangi sifat elementlari ko‘payishi orqali
yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir. 
Sakrashning turlari o‘z harakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo‘lib, ular bir-
birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o‘ziga xos tomoni shuki, bu 
sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni o‘rnatadigan ijtimoiy
jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi. Bunday sakrashlarni ikki turga bo‘lish 
mumkin: birinchisi — portlash yo‘li bilan bo‘ladigan sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy
yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o‘ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, bunda narsa va hodisalarning yangi sifatga o‘tishi nihoyatda tezlik bilan yuz beradi va
kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib 
chiqarishi ham mumkin.Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining asta-sekin
yo‘qolib borishi va yangi sifat elementlarining asta-sekin to‘planishi natijasida yangi sifat paydo 
bo‘ladi.
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega: 
- birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan ob'ektiv va qonuniy
jarayondir; 
- ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat
o‘zgarishlariga o‘tishidir; 
- uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning vujudga
kelishi tufayli paydo bo‘ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir
- to‘rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq ravishda eski 
sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa, hodisa o‘zining aniq
inkor qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir. 
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o‘zgarishlarining
o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladigan jarayonlardan iborat. Borliqning hamma sohasida 
doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi narsa va hodisalarning
vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb 
ataladi.



9


O‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish tamoyili nihoyatda
muhim. Bunda vorislik - eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mohiyatini bildiradi.
Mazkur qonunga muvofiq ob'ektiv voqyelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi 
jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq, aksariyat hollarda,
eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. 


Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo‘q», so‘zi bilan qo‘shilib ketadi, inkor qilmoq —
«yo‘q» demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor kundalik ongda 
ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri «yo‘q»
degani emas, ya'ni narsani mavjud emas, deb e'lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan 
yo‘qotib tashlamoq emas.


Download 68.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling