Falsafiy qonunlar va kategoriyalar


Download 159.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana22.11.2023
Hajmi159.26 Kb.
#1793805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar

Tabiat qonunlarining yana bir eng muhim xususiyati — u ob'ektiv xarakterga ega, ya'ni u 
insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, 
tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Chunki bu 
qonunlarning asosini tashkil qilgan bog‘lanishlar, munosabatlar ob'ektiv xususiyatga ega. 
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini 
istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqyelik va o‘zgarish 
jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo‘lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, 
kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va 
jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini 
taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi 
bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo‘lolmaydi. 
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu 
bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham 
egadir. Aynan bir xil bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon 
turgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluvchi ba'zi jihatlarga ega. Hech bo‘lmaganda, ular bir-
biridan makondagi o‘rni bilan farq qiladi. 
Hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o‘xshash 
bo‘lgan Hasan va Husanlarda ham juda ko‘p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe'l-
atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo‘lishi, ya'ni ularning ichki dunyolari farq qilishi 
mumkin. Demak, tafovut narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi 
tushunchadir. 
Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqyea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu 
bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi. 



Qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko‘p 
hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me'yoriy o‘zgarishlar 
tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma'noda 
ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan 
abadiy va azaliy murakkab jarayondir. 
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko‘proq 
e'tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar 
to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol 
qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bo‘libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat 
va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bo‘lgan, 
kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan, 
barqarorlik ustuvor bo‘lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda. 
Anu shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt — ziddiyat, logos- ta'limot) deb 
ataladigan falsafiy yo‘nalish paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim 
va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki 
ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo‘llari va usullari ustida bosh 
qotirishadi.Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan 
ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o‘tishga sabab bo‘ladi. Olam turli-tuman bo‘lganligi uchun 
ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo‘lmagan 
ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq bo‘lgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. Chunki 
amalda, hayotda ular bir-biriga o‘tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o‘rin tutishlari 
mumkin. 

Download 159.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling