Falsafiy qonunlar va kategoriyalar
Download 159.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar
Zaruriyat va tasodif. Ob'ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim
falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat - narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta'minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa - zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir. Shu nuqtai nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatdan kelib chiqadi hamda ob'ektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Masalan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi tarixiy obe'ktiv zaruriyatdir, uning «o‘zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret namoyon bo‘lishidir. Bunda tasodif «sub'ektivlashtirilgan» jarayon sifatida ko‘zga tashlansa ham, ob'ektiv hodisadir. Chunki, O‘zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga o‘tishning xarakterini belgilab beradi. Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning ob'ektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, doimiy o‘zgarib turadi. Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida namoyon bo‘lishi, o‘z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat maqomiga ega bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, zaruriyat va tasodif o‘rtasidagi bog‘lanishlar sabab-oqibat munosabatlari xarakteriga mos keladi. Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan sub'ekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, ob'ektiv qonuniy xarakteri inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hyech qanday imperiyaning abadiy bo‘lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni ko‘rib turibmiz. Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog‘lanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi, ya'ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy 18 adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi qarashlar g‘ayriilmiydir. Download 159.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling