Falsafiy tafakkur tarixini davrlashtirish muammosi


Download 81.5 Kb.
bet5/5
Sana09.02.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1182619
1   2   3   4   5
Bog'liq
FALSAFIY TAFAKKUR TARIXINI DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI

To‘rtinchidan, Qadimgi G‘arb va Sharqda materiyaning tuzilishi haqidagi ta'limotda ham farqlar mavjud. G‘arb antik falsafasida materiyaning diskret tuzilishi haqidagi ta'limot – atomistika vujudga keldi. Uning asoschilari qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit bo‘lgan, atomistika g‘oyalarini Epikur va qadimgi rim faylasufi Lukretsiy Kar rivojlantirgan. Demokrit dunyo atomlar va bo‘shliqdan iborat deb hisoblagan. Uning fikricha, atomlar – sifatga ega bo‘lmagan mayda zarralar. Sifatlar atomlarning shakl, o‘rin va tartib jihatidan uyg‘unligidan paydo bo‘ladi. Demokrit, nima uchun sut oson ichiladi?, degan savolga, shuning uchunki, sut, «yumaloq atomlar»dan iborat, nima uchun xantalni sutday ichish mumkin emas? Shuning uchunki, xantal atomlari «ilmoqsimon»dir, deb javob beradi. U narsalar sifati va ularning rang-barangligini ham shunday tushuntirgan. Demokritning atomistikasida sababiyatning sodda izohlari bilan bir qatorda ayni shu sababiyatni narsalarning o‘zida, aniqrog‘i – atomlarda ko‘rishga bo‘lgan intilishga ham duch kelish mumkin. Sharq falsafasida esa, materiyaning diskretligi, uning tuzilishi muammosi qo‘yilmaydi. Unda materiyaga asosan jonga «xalaqit» beruvchi muayyan omil yoki shakl bilan birlikda yoki muayyan substansional asos sifatida yondashiladi.
Beshinchidan, G‘arb va Sharq falsafasida bilish muammolarini yechishda farqlar mavjud. G‘arb falsafasida bilish empirik, hissiy va oqilona jarayon sifatidagi emas, balki mantiqiy jarayon sifatida ham qaraladi, ya'ni mantiq muammolari atroflicha o‘rganiladi. Bu muammolarni o‘rganishga Suqrot, Platon, ayniqsa Aristotel ulkan hissa qo‘shgan. Sharq falsafasida esa, mantiq muammolari bilan amalda hind nyaya (sansar, qoida, mulohaza, predmetga kirish, mantiq) maktabigina shug‘ullangan. Nyaya falsafiy muammolarni yechishda mushohadaning ahamiyatini alohida qayd etgan. U haqiqatning tagiga yetishning to‘rt manbai: idrok etish, xulosa chiqarish, taqqoslash va isbotlashni o‘rganadi. Bu manbalar haqiqiy bilimga erishish imkonini beradi. Umuman olganda qadimgi Sharq falsafasiga ko‘proq o‘zini o‘zi bilish xos.
Oltinchidan, G‘arb va Sharq falsafasidagi o‘ziga xoslik va farqlar ijtimoiy muammolarni o‘rganish jarayonida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Sharq falsafasida bu o‘tmish, hozirgi davr va kelajak manbai bo‘lgan «dunyoviy inson» muammolari, shuningdek umuminsoniy qadriyatlar, o‘zini o‘zi kamol toptirish, boshqa odamlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan insoniy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Masalan, Konfutsiy Osmonga, uning ulug‘vorligiga murojaat etib, ijtimoiy tuzilmalar ierarxiyasi, kishilar qat'iy subordinatsiyasining zarurligini ko‘rsatishga harakat qiladi: «Osmon har bir insonga uning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, uni taqdirlaydi, unga jazo beradi..»8. “Avesto”da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas'uliyati haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga o‘g‘irlikka kirgan odam bilan barobardir. Shuningdek, unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi taqiqlangan, avlodlarning sog‘lom, benuqson tug‘ilishiga e'tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning peshonasiga tamg‘a bosish yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi belgilangan. Sharq falsafasida qonun muammosiga ham ko‘p e'tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad etgan, ayrimlari esa unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham Sharq falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Jumladan, “Avesto” da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila va nikoh, mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini topgan.

1 Qarang Aliqulov H. Karamatov H. Arastuning Iskandarga nasihati. Fors tilidan tarjimasi // O‘zbek pedagogika ontologiyasi.-T.: O‘qituvchi, 1995.-B 39-46..

2 Qarang. Aliqulov H. Karamatov H. Arastuning Iskandarga nasihati. Fors tilidan tarjima.
// O‘zbek pedagogik ontologiyasi.-T.: O‘qituvchi, 1995 –B.39.

3 Istoriya filosofii: Ensiklopedicheksiy slovar. –M.: 2001. –S.115

4 Istoriya filosofii: Ensiklopedicheksiy slovar. –M.: 2001. -S.172

5 Qarang Boboyev H. G‘ofurov Z. O‘zbekistonda siyosiy va ma’naviy –ma’rifiy ta’limotlar taraqqiyoti. -T.: Yangi asr avlodi, 2001. –B.85.

6 Umarzoda M. Ovesto sirlari // Jahon adabiyoti. 1997 №4 –B.19-20.

7 Umarzoda M. Ovesto sirlari // Jahon adabiyoti. 1997 №4 –B.19-20

8 Konfutsiy. Uroki mudrosti. -M.: EKSMO, 2005. –S.46

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling