Qaynatilgan guruch suvi. U yopishqoq bo’lib devorning mustahkam bo’lishiga sabab bo’lar ekan.
51. Bir gap borki uni xursand odamga aytsangiz, hafa bo’ladi, hafa bo’lgan insonga aytsangiz xursand bo’ladi. Bu qanday gap?
Bu kunlar ham o’tib ketadi.
52. Adabiyot ixlosmandlari uchun mantiqiy savol. Alisher Navoiy shunday falsafiy fikrlar bitganlar: “Halol va pok yashab komillikka erishmoq uchun yigitllik chog’ida xarakat qilish zarur. Zero payti kelib o’zing qo’ygan nuqtalarga xomush termulib xotiralarga berilishingga to’g’ri keladi”.
Savol: o’zing qo’ygan nuqtalar deb nimaga shama qilingan?
Hazrat Navoiy hassani umr yo’liga nuqtalar qo’yuvchi vosita deb ta’riaganlar.
53. Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi, so’ng ovozi eshitiladi, so’ng shamolini his qilasiz, ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Metroning bekatga kirib kelishi.
54. Mashxur sayyоx Jeyms Kuk Taiti va Yangi Zelandiya оrоllariga ikkinchi bоr tashrif buyurganida o’zi bilan qo’y va cho’chkalar оlib bоradi. 2 ta maqsadi bоr edi: birinchisi оrоlliklar turmush farоvоnligini оshirish, ikkinchisini siz o’ylab ko’ring.
Sayohatchi birinchi bor kelganda orolliklar bir-birlarini go’shtini yeyishayotganini guvohi bo’ladi. Uning ikkinchi maqsadi orolliklarni qo’y go’shtini yeyishga o’rgatib odamlarni ezgulikka boshlamoqchi bo’lgan.
55. Qisqa savol: Koreys tiliga poytaxt so’zini tarjima qiling.
Seul
56. XIII asrda bu narsaga ehtiyoj sezila boshlagan. XII-XIII asrlarda universitetlarning ko’payganligini bunga sabab sifatida keltirish mumkin. O’sha vaqtgacha uni hech kim bilmagan. Savol: u nima?
Ko’zoynak
57. Oson savol: Bir kishining 7 ta qizi bor. Qizlarning har birini bittadan akasi bor. Savol: u kishining nechta farzandi bor?
U kishining 8 ta farzandi bor. Kattasi o’g’il 7 ta qizga aka bo’ladi.
58. Hindistonda sigirni muqaddas jonzot deb ehtirom ko’rsatishadi. Ular masofani o’lchashda ham sigirdan foydalanishar ekan. Savol: hindlar masofani o’lchashda sigirdan qanday qilib foydalanishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |