Dadam o’g’limning tilla tangalar o’ynab o’tirganini ko’rsinlar.
86. Uning qora, yashil, sariq, qizil turlari mavjud. U deyarli har bir honadonda bor. O’zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko’p iste’mol qilishadi. Savol: u nima?
Choy
87. Dengizda kemalar bir-biriga ko’ringanda qo’l silkitib salomlashganday bo’lishar ekan. Ba’zi kemalarda matroslar arqon ko’rsatishar ekan. Savol: arqon ko’rsatish bilan nima demoqchi bo’lishadi?
Arqon ko’rsatib shatakka olaymi degandek hazillashar ekanlar.
88. Dunyoda o’qitiladigan fanlar ko’p. Har bir fan o’z ma’nosiga ega. Qaysi fan “Donolikni sevaman” ma’nosini bildiradi?
Filosoya – Falsafa
89. Bu poytaxt shaharga o’sha davlatning 1- prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi shahar?
AQSH poytaxti Vashington
90. AQSH davlatining Xitoy respublikasiga sotadigan mahsulotlari orasida u 3- o’rinda turar ekan. Bu AQSHga bir yilda 1 milliard 300 million dollar foyda keltirar ekan. Savol: qanday mahsulot (uni mahsulot deyish ham mushkul) haqida gap ketyapti?
Maishiy chiqindi, ya’ni axlat
91. Antiqa savol: Yaxudiylar fikricha, o’g’il bola tug’ilsa tinchlik qaror topadi. Qiz bola tug’ilsachi?
Hech narsa o’zgarmaydi.
92. Yer yuzida shunday tarjimon borki, u xohlagan tilda gapiring, u gapingizni tarjima qilib tilingizda javob qaytara oladi. Mantiqiy o’ylab ko’ring, qanday tarjimon so’ralmoqda?
Aks-sado
93. O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSH, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan holda bog’liqligini aniqlang.
Bu davlat nomlari ingliz tilida bir xil U har bilan boshlanadi.
94. Qaysi qizning otasi yo’q, onasi yo’q – bobosi bor?
Qorqiz
95. Odatda odamning yuragi 1 ta bo’ladi. Mantiqan o’ylab aytingchi, qanday odamda yurak 2 ta bo’ladi?
Homiladorayollarda.
96. Bolalarga mos savol: G’orda qaroqchilar qarorgohi bor edi. U yerga kirish uchun mahy parolni aytish kerak edi. 1 qaroqchi kelganda qo’riqchi unga 1 dedi, qaroqchi 3 deb aytdi va ichkariga o’tib ketdi. Boshqa bir qaroqchi kelganda qo’riqchi unga 2 dedi va u 4 deb javob berdi, u ham to’g’ri aytgani uchun o’tkazib yuborildi. Boshqa bir qo’riqchiga 7 raqami berildi u esa 5 deb javob aytdi. Uning javobi ham to’g’ri edi. O’ylab ko’rib aytingchi, 1-3, 2-4, 5-3 raqamlari qanday mantiq asosida tuzilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |