Hindlar uchun Sigirni ovozi yetadigan joyi “Mu” ga teng ekan.
59. Oson savol: Qaysi qushning ko’zlari miyasidan kattaroq bo’ladi?
Tuyaqush
60. Matematik topishmoq: pastda turgan bir g’oz osmonda uchib ketayotgan g’ozlarga qarab “Hooy yuz g’ozlar, meni ham olib ketinglar!” – debdi. Shunda osmondagi g’ozlar “Biz 100 ta emasmiz, bizga bizcha, bizning yarmimizcha, yarmimizni yarmicha keyin sen qo’shilsang 100 ta bo’lamiz” – deyishibdi. Osmondagi g’ozlar nechta?
Osmonda 36 ta g’oz bo’lgan. 36+36+18+9+1 =100
61. Sevimli shoir Erkin Vohidov ularni shunday ta’riflagan:
Ularda reja bor, ish bor, g’ayrat bor,
Ular hordiq kun qilmaslar talab.
Dushanba boshlari og’rimas nahot?
Kechikib kelmaslar ishga ertalab!
O’zbekiston qahramoni Erkin Vohidov ular deganda nimani ta’riagan?
Ushbu she’rning nomi “Temirtan” edi, ular deb robotlar ta’riflangan.
62. Qiziqarli savol: Yaqinda g’arb matbuotida dunyodagi eng yoqimsiz budelniklar ro’yxati e’lon qilindi. Bu ro’yhatda 5-o’rinni olgan budelnikni o’chirish uchun siz krossvord yechishingizga to’g’ri keladi. 4-o’rindagisi esa ertalab sizni har xil haqoratli so’zlar bilan uyg’otadi. 3- o’rin mozayka budelnigiga nasib qildi. Tovuq shaklidagi budelnik 2-o’rinni olgan bo’lib, u ertalab bir nechta tuxum tug’adi. Tuxumlarni yig’ib joyiga qo’ymaguningizcha tovuqning ovozi o’chmaydi. 1- o’rinni olgan budelnik ishga tushganidan so’ng uni o’chirish uchun ancha harakat qilishingizga to’g’ri keladi. Aslida uni o’chirish unchalik qiyin ish emas, bitta tugmani bosish kifoya, lekin bu tugmani bosishdan oldin siz boshqa bir ishni qilishingiz talab qilinadi. Siz budelnikni o’chirish uchun nima qilishingiz kerak?
Budelnikni qidirib toppish kerak. Chunki, u ishga tushishi bilan qochib ketib berkinib oladi.
63. Kembridj universiteti matematika o’qituvchisi eng a’lochi talabaga bir ishi uchun yog’och qoshiq berar edi. Aytingchi, qanday ishi uchun shunday qilardi?
Past baho olsa uyaltirish uchun yog’och qoshiq berardi.
64. Qiziqarli boshqotirma. Ikkita bir xil stakan. Ularning birida sut, ikkinchisida kofe. Ularning miqdori bir xil. Birinchi stakandan 1 qoshiq sut olib ikkinchi stakanga solindi va aralashtirildi, keyin ikkinchi stakandagi sut aralashgan kofedan bir qoshiq olib sut solingan stakanga quyildi va aralashtirildi. Savol: sutda kofe ko’pmi, kofeda sut?
Do'stlaringiz bilan baham: |