Familiya: Qurbonov Guruh: 128
Download 11.24 Kb.
|
Umumiy psixologiya oraliq 128-guruh Husniddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obekt va fon
- Kuzatuvchanlik
- O`zbek tilida Ingliz tilida Rus tilida 1
Fakultet: Quyi kurslar Xorijiy til va adabiyoti Ism: Husniddin Familiya: Qurbonov Guruh: 128 Fanning nomi: Umumiy psixologiya Mavzu: Idrok va uning fenomentlari 1. Sezgi a`zolariga bevosita ta`sir etib turgan narsa – hodisalarning obrazlarining kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Diqqat idrokning faolligini oshiradi va uning mukammal bo`lishiga xizmat qiladi. Diqqatsiz hech qanday narsani idrok qilish mumkin emas. Narsa-hodisalarni to`liq va raso idrok qilish uchun shu narsa hodisalar ustida diqqat kuchli va barqaror turishi zarur.
Ma`lumki, idrok sezgi a`zolari natijasida yuzaga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi a`zosi ishtirok etishi mumkin. Lekin ulardan biri eng muhim o`rinda turadi. Masalan: suratni idrok qilishda ko`rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi bosh o`rinda turadi. Idrok jarayonida qaysi sezgi a`zosining yetakchilik rolini o`ynashiga qarab idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan: ko`rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta`m bilish idroki va boshqalar.
Download 11.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling