Familiyasi: Isayeva Ismi: Nargiza Sharifi


Download 113.91 Kb.
bet1/6
Sana31.03.2023
Hajmi113.91 Kb.
#1313722
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ABDULLA ARIPOV DARS ISHLANMA


Familiyasi: Isayeva
Ismi: Nargiza
Sharifi: Abdullayevna
Ish joyi: To’rtko’l tumani XTBga qarashli 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Lavozimi: O‘qituvchi
Fan nomi: O‘zbek (Davlat) tili
Sinf: 10-A sinf
O’quvchi soni: 23
Mavzu: Abdulla Oripov hayoti va ijodi. Asarlari. “Tilla baliqcha”
she’ri
Dars ishlanmasining annotatsiyasi

O ‘quvchilarda “Abdulla Oripov hayoti va ijodi. Asarlari. “Tilla baliqcha” she’ri” mavzusi orqali o’zbek adabiyotiga mehr uyg’otish, Abdulla Oripov ijodiga e’tibor qaratish, nazariy bilimlarni amalda ishlata olish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat. Hur fikrlilik, istiqlol umidi, Vatanni hur, ozod, insonni erkin ko’rish orzusi, jamiyatdagi salbiy ko’rinishlariga ayovsiz munosabat, adolatga, haqiqatga yetishish istagini o’quvchilar ongida shakllantirishdan iborat.




Dars mavzusi: Abdulla Oripov hayoti va ijodi. Vatan va istiqlol mavzusidagi she’rlari. Asarlari. “Tilla baliqcha” she’ri
Dars turi: Nazariy Dars tipi: Aralash


Dars shiori: Bamaylixotir o‘ylang, dadillik bilan harakat qiling, himmat bilan yon bosing, lekin oldinga intiling. Bor bilimingizni ko’rsating.
Nazorat turlari:

  1. Og‘zaki

  2. Yozma

  3. Yangi pedagogik texnologiya usuli: Savol-javob,

“Rolli o‘yin”, “Muz yorar”, (Kichik guruhlarda ishlash)
Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsadi:

  1. A.Oripoy hayoti haqida ma’lumotga ega bo’lish.

  2. A. Oripov ijodi haqida ma’lumotga ega bo’lish.

  3. A. Oripov she’rlarining, asarlarining yaratilishi haqida o’rgatish.

Tarbiyaviy maqsadi:

  1. A. Oripov she’rlarida tarbiyaga oid fikrlarni o’rgatish.

  2. Sevgi-muhabbat, vafo kabi tuyg’ularning asarlarda ifodalanishini o’rgatish.

  3. A. Oripov asarlaridagi hurmat-ehtirom, milliylik, o‘zbek urf-odatlarining qo’llanishi va hayotdagi o‘rni haqida o’rgatish.

  4. A. Oripovning vatan va istiqlol mavzusidagi she’rlarining tarbiyaviy ahamiyatini bilish.

O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undash;

  1. O‘quvchilarda o’zbek milliy urf-odatlariga hurmat va qadrlashni o’rganish;

  2. Har bir o’quvchini mustaqil harakat qilishga va o’z fikrini erkin ifodalashga undash;

  3. O‘quvchilarda eslash qobiliyatini shakllantirish; Kutilayotgan natija:

  1. Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqida bilib oladilar;

  2. A. Oripov asarlaridagi hurmat-ehtirom, milliylik, o‘zbek urf-odatlarining qo‘llanishi va hayotdagi o‘rni, vatan va istiqlol mavzusidagi she’rlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida bilib oladilar.

Darsning didaktikasi:

  1. Fan ichi bog’lanishi:

  1. E. Vohidov hayoti va ijodi mavzusi bilan;

  2. Muhammad Yusuf hayoti va ijodi mavzusi bilan;

  3. H. Olimjon hayoti va ijodi mavzulari bilan bog‘langan.

  1. Fanlararo bog‘lanish:

Rus tili, Ingliz tili, Dinshunoslik, Estetika, Tibbiyot fanlari bilan (“Hakim va Ajal” dostoni Ibn Sino tavalludiga bag’ishlangan) bog’langan.
Darsning jihozlanishi:
Davlat ta’lim standarti, Namunaviy dastur, Ishchi dastur, Taqvim mavzu reja, Kundalik dars reja, O‘quv uslubiy qo‘llanma, Ma’ruzalar matni, doska, bor.

Download 113.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling