Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

____
FAN: BIOLOGIYA 
56-MAVZU: EVOLUTSION O‘ZGARISHLARNING TIPLARI 
Darsning maqsadi: 
1. Ta’limiy: O’quvchilarga evalutsion o’zgarishlarning tiplari haqida tushuncha va bilimlar berish 
2. Tarbiyaviy: Mavzuga oid bilimlar asosida o’quvchilarga tarbiyaviy tushunchalar berish va vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash 
3. Rivojlantiruvchi: divergensiya, konvergensiya, parallelizm xaqida o’quvchi bilimini rivojlantirish. 
Fanga oid kompetensiyalar: 
Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetentsiyasi.
Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o’tkazish kompetentsiyasi.
Sog’lom turmush tarzi va ekologik kompetentsiya.
Tayanch kompetensiyalar: 
O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi 
Doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot 
davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam 
oshirib borish, o’zxatti harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni 
nazarda tutadi. 
 
Uslubi:______________ 
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali 
qurollar va rasmlar, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
I.Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, 
ishchi muhitini yaratish. 
II.Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
III.Yangi mavzuning bayoni: Divergent evolutsiya. Divergensiya (lotincha divergantia – ajralish) – 
evolutsion jarayonning yangi sistematik guruhlar hosil bo‘lishiga asoslangan eng umumiy turi. Divergensiya – har 
xil yashash sharoitlariga moslashish natijasida ajdod tur belgilarining tarqalishidir. Divergensiya tufayli yangi muhit 
sharoitlariga moslanishlar kengayadi. Bu jarayon natijasida tip sinfl arga, sinf turkumlarga, turkum oilalarga, oila 
avlodlarga, avlod turlarga ajraladi. Ajdod tur tarqalgan hududlarda ekologik sharoitning har xil bo‘lishi 
divergensiyaga olib keluvchi omil hisoblanadi. Divergensiya jarayoni tarmoqlangan shoxli evolutsiya daraxti 
ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu divergent evolutsiya timsolidir: umumiy ajdoddan ikki yoki undan ortiq formalar, o‘z 
navbatida, ulardan ko‘pgina turlar va avlodlar kelib chiqqan. Divergensiya deyarli hamma vaqt yangi hayotiy 
sharoitlarga moslanishlarning ortib borishini ifoda etadi. Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli 
sutemizuvchilar sinfi ning hasharotxo‘rlar, oztishlilar, qo‘lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar, juft tuyoqlilar, toq 
tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar kabi turkumlar kelib chiqqan. Bu turkumlarning har biri o‘z navbatida 
morfologik, ekologik, etologik, genetik, fi ziologik xususiyatlari bilan farqlanadigan kenja turkumlar va oilalarni o‘z 
ichiga oladi. Sutemizuvchilar har xil turkumlarga mansub organizmlardagi o‘zaro o‘xshashlik ularning ajdodi bir 
ekanligiga, ular o‘rtasidagi farq har xil sharoitga moslashganligiga dalildir. Galapogoss orollarida morfofi ziologik 
xususiyatlari jihatdan farq lanadigan vyuroklarning bitta ajdod turlardan kelib chiqqanligi divergen siyaga misol 
bo‘ladi. Parallel evolutsiya (grek cha – parallelos – «yonma-yon bo ruvchi») – birbiriga qarindosh bo‘l gan 
organizmlar guruhlarida bir yo‘nalishda o‘xshash belgilar pay do bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish. 
Masalan,sut emi zuvchi kitsimonlar va kura k oyoqlilar bir-biridan mustaqil holda suv muhitiga o‘tishgan va ularda 
suv muhitiga moslanishlar – kurakoyoqlar paydo bo‘lgan. Afrika va Janubiy Amerika qit’alarida tarqalgan 
sutemizuvchilar tana tuzilishida o‘xshashlikni ko‘rish mumkin (115-rasm). Parallelizm bir-biriga genetik yaqin 
turlarda belgilarning o‘xshashligi, gomologik tuzilmalarning mustaqil holda o‘zgarishlari natijasida yuzaga 
keladigan evolutsiyadir. Har xil turlarning bir xil genlarida o‘xshash muta t siyalar paydo bo‘lishi pa rallelizmga 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
sabab bo‘ladi. Xuddi shunday hodisani N. I. Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni 
tavsiflab beradi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling