Fan: biologiya
III.Yangi mavzuning bayoni
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Mustahkamlash
III.Yangi mavzuning bayoni:
Paleozoy erasi 340 mln yil davom etgan. Kembriy davrida iqlim mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizda tarqalgan. Ularning ba’zilari o‘troq, ba’zilari suv oqimi bilan harakatlangan. Paleozoy erasida hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lgan va nihoyatda tez rivojlanganligi sababli, kembriy davridayoq, hayvonlarning barcha tiplari mavjud bo‘lgan. Ikki pallali, qorinoyoqli, boshoyoqli molluskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan va faol harakatlangan. Umurtqali hayvonlarning dastlabki vakillari – qalqondor baliqlar paydo bo‘lgan, ularda jag‘ bo‘lmagan. Qalqondorlar hozirgi davrda yashayotgan to‘garakog‘izlilar – minogalar va miksinalarning olis ajdodi hisoblanadi. Ordovik davrida dengizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‘ir, qizil suvo‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi ortdi. Korall rifl arining hosil bo‘lishi avj oldi. Bulutlar hamda ba’zi ikki pallali molluskalarning turlitumanligi kamaydi. Silur davrida tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi ortdi. Iqlim nisbatan quruq bo‘lgan. Qirg‘oq yaqinidagi suvlarda tarqalgan ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlarining ba’zilari yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli quruqlikka chiqishga muvaff aq bo‘lgan. Tuproq dastlabki quruqlikdagi o‘simliklar psilofi tlarning tarqalishiga imkon bergan. Tuproqda organik birikmalarning to‘planishi keyinchalik zamburug‘lar paydo bo‘lishi uchun imkon yaratgan. Boshoyoqli molluskalar nihoyatda ko‘paygan. Silur davrida atmosfera havosi bilan nafas oladigan dastlabki quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlar ro‘y bergan. Iqlim iliq bo‘lgan. Zarafshon tog‘ tizmalarida kovakichli hayvonlar bilan past bo‘yli psilofi tlarning toshga tushgan tasviri topilgan. Perm davrining boshlariga kelib iqlim birmuncha quruq va sovuq bo‘lgan. Bunday sharoitda suvda hamda quruqlikda yashovchilarning anchagina qismi qirilib ketgan. Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ma’lum guruhining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Keyin ulardan sudralib yuruvchilar sinfi ning vakillari kelib chiqqan. .IV.Mustahkamlash: 1. Paleozoy erasi nechta davrdan iborat? 2. Dastlabki quruqlik o‘simliklari qaysi davrda kelib chiqqan? 3. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilarning turlari qaysi davrda vujudga kelgan? Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling