Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Darsning borishi: 
I.Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, 
ishchi muhitini yaratish. 
II.Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
__________________________________________________________________________________ 
III.Yangi mavzuning bayoni: Odam – biologik evolutsiyaning eng yuqori bosqichi sanalib, ijtimoiy 
mavjudot sifatida fi krlash qobiliyati va ma’noli nutqqa ega bo‘lganligi sababli, avlodlardan qolgan tarixiy-ma’naviy 
manbalarni o‘rganish, fi kr yuritish, ularni baholash, kelajakni rejalashtirish imkoniyatiga ega. Inson har qanday 
axborotni kelgusi avlodga yozma yoki og‘zaki tarzda yetkazishi, jamiyat taraqqiyoti uchun barcha sohalarda muvaff 
aqiyatli faoliyat yuritishi mumkin. 
Antropologiya – fanlararo sintetik fan bo‘lib, odamning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatida tarixiy rivojlanishi va 
evolutsiyasini o‘rganadi. Odamning tarixiy rivojlanishi haqidagi zamonaviy fi krlar asosan molekular biologiya, 
sitologiya, solishtirma anatomiya, fi ziologiya, embrio logiya va paleontologiya dalillariga asoslanadi. Barcha tirik 
mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik, ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. 
Odamning ilk embrional taraqqiyoti bosqichida hamma xordalilar kabi asosiy o‘zak organlar: nerv nayi, xorda va 
ichak nayi hosil bo‘ladi. 
Odamda boshqa sutemizuvchilarga xos bo‘lgan quyidagi belgilar mavjud: 7 ta bo‘yin umurtqasi, qo‘l va oyoq 
skeleti qismlari, ter, yog‘ va sut bezlari, alveolalar, diafragma, 4 kamerali yurak, ikkita qon aylanish doirasi, chap 
aorta yoyi, o‘rta quloqdagi 3 ta eshitish suyakchasi. Odamda bir qancha rudiment organlar uchraydi. Ularga 
ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasi, dum umurtqalari, qisqarish faoliyatini yo‘qotgan dum muskullari va 
uning bir juft nervi, quloq suprasini harakatlantiruvchi muskullar, tanadagi tuklar, uchinchi qovoq, quloq suprasidagi 
Darvin do‘mboqchasi va boshqalar kiradi. Ko‘pgina parazitlar (bosh biti) va ka salliklar (gripp, chechak, vabo, 
qorin tifi va boshqalar)ning bo‘lishi umumiydir. Odam simon maymunlarda ham mimika muskullari yaxshi 
rivojlangan. Odam skeletining tuzilishida tik yurishga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos bir qator o‘zgarishlar yuzaga 
kelgan. Uning umurtqa pog‘onasida tabiiy egilmalar, tovonida gumbaz paydo bo‘lgan, oyoq panjasining bosh 
barmog‘i boshqa barmoqlarga yaqinlashib, tayanch vazifasini bajaradi, chanoq suyaklari ancha kengaygan. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling