Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Yangi mavzuning bayoni:
1906-yilda U. Betson va R. Pennet xushbo‘y hidli no‘xat o‘simliklarini 
cha tish tirib, chang donasining shakli va gulning rangi keyingi avlodda mustaqil holda irsiylanmasligini, 
duragaylarda ota-ona formalarining belgilari takrorlanishini aniqlashdi. Avlodlarda belgilarning mustaqil 
holda irsiylanishi va erkin kombinatsiyalanishi barcha belgilar uchun xos emasligi ma’lum bo‘ldi. 
Tomas Morgan va uning shogirdlari mustaqil holda irsiylanmaydigan genlar belgilarining avloddan 
avlodga o‘tishini o‘rgandilar. Agar G. Mendel o‘z tajribalarini no‘xat o‘simligida o‘tkazgan bo‘lsa, 
Morgan uchun meva pashshasi drozofi la asosiy obyekt bo‘lib xizmat qildi. Drozofi lalar tajriba 
o‘tkazish uchun juda qu lay obyektdir. Chunki ular laboratoriya sha roitida tez ko‘payadi, xromosomalar 
soni 8 ga teng. Genlarning mustaqil kombinatsiyalanishi qonuni o‘rganilayotgan genlar nogomologik 
xromosomalarda joylashsagina o‘rinli bo‘ladi. Genlar soni xromo somalar sonidan ancha ko‘p bo‘lganligi 
sababli bitta xromosoma da juda ko‘p genlar joylashadi va birikkan holda irsiylanadi. Bir xromosomada 
joylashgan genlar majmuyi birikish guruhi deyiladi.
T. Morgan qonuni quyidagicha tavsifl anadi: bitta 
xromosomada joylashgan genlar birikish guruhlarini hosil qiladi va nasldan naslga birikkan holda o‘tadi. 
Ularning birikish ehtimoli shu genlar orasidagi masofaga teskari proporsionaldir. Genlar orasidagi masofa 
morganida deb ataladigan birlik bilan ifodalanadi; 1 morganida 1% krossingover kuzatiladigan genlar 
orasidagi masofaga teng. Biz yuqorida ko‘rib chiqqan misolimizdagi ikkita gen orasidagi masofa 
17 morganidaga teng. Belgilarning birikkan holda irsiylanishi, krossingover hodisasiga asoslanib 
T.Morgan o‘z shogirdlari bilan irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi. Uning mazmuni quyidagicha: 
– genlar xromosomalarda ma’lum bir chiziqli ketma-ketlikda joylashadi; – har bir gen xromosomada o‘z 
o‘rni (lokus)ga ega; allel genlar gomologik xromosomalarning aynan bir xil lokuslarida joylashadi; 
– bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhini hosil qilib, birgalikda irsiylanadi; birikish 
guruhlari soni xromosomalarning gaploid to‘plamiga teng va har bir tur uchun doimiydir. 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
Mustaxkamlash: 1. Birikkan holda irsiylanish hodisasi dastlab kimlar tomonidan aniqlangan? 
2. T. Morgan o‘z tajribalarida qaysi obyektdan va nima uchun foydalanganligini 
izohlang. 
3. To‘liq va qisman birikish deb nimaga aytiladi? 
4. Krossingover nima? Uni isbotlovchi tajriba mohiyatini tushuntiring. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling