Fan: biologiya


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi 
Jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, 
o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida 
muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Uslubi:
Aralash 
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid 
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni: Ma’lumki, tirik organizmlar yaxlit sistema bo‘lib, ular organlar sistemasidan, 
organlar sistemasi esa, organlardan, organlar to‘qimalardan, to‘qimalar esa 
hujayralardan tuzilgan. Shu sababli, hujay ra tirik organizmlarning tuzi lish, ko‘payish va funksional 
birligi sanaladi. Ti rik organizmlarga xos bo‘l gan hayotiy jarayonlar aynan hujayralarda sodir bo‘ladi. Hu 
jayra va uning organoidlarida boradigan hayotiy jarayonlar uning tarkibiga kiradigan or ganik 
birikmalarga bog‘liq bo‘ladi

Molekula darajasida muhim biologik birikmalar (uglevodlar, oqsillar, 
nuklein kislotalar, lipidlar)ning tirik organizmlarning o‘sishi, rivojlanishi, irsiy axborotni saqlashi va 
avloddan avlodga o‘tkazishi, modda va energiya almashinuvida tutgan o‘rni o‘rganiladi. 
Tirik organizmlarni o‘rganish da dastlab organik birikmalar, ular ishtirokida boradigan reaksiyalar, fi zik-
kimyoviy jarayonlarga e’ti bor qaratiladi. Mazkur jarayon lar aniqlangandan so‘ng, tirik organizmlarda 
sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning mohiyatini tushunish mumkin. Shuni qayd etish kerakki, 
makromolekulalarning tuzilishi va xususiyatlarini bilish, ularni laboratoriya sharoitida o‘rganish 
biomolekulalar haqida to‘liq tasavvurni hosil qilmaydi. Hayotning molekular darajasini o‘rganishda 
kimyo, fi zika, informatika, matematika fanlarining kashfi yotlari va qonunlaridan foydalaniladi. 
Hujayradan ajratib olingan makromolekulalar biologik mohiyatini yo‘qotib, faqat fi zikaviy va kimyoviy 
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Tirik materiyaning molekula darajasi qator biologik molekulalar – DNK, 
RNK, ATF, oqsillar, uglevodlar, lipidlar va boshqa murakkab birikmalar bilan birgalikda muayyan 
funksiyalarni bajaradigan majmualarini o‘rganadi. Yirik molekulali organik moddalar o‘zaro bog‘liq 
tarkibiy qismlarga ega. Masalan, oqsillarning monomeri aminokislotalar bo‘lib, ular i-RNKda 
kodlangan irsiy axborot asosida belgilangan tartibda peptid bog‘lari orqali bog‘lanadi va oqsilning 
birlamchi strukturasi shakllanadi. Ribosomadan ajralgan oqsillar keyinchalik vodorod bog‘lari hisobiga 
ikkilamchi, oltingugurt bog‘lari orqali uchlamchi strukturaga ega bo‘ladi va muayyan vazifa (ferment, 
gormon)ni bajaradigan oqsil molekulasiga aylanadi.
Mustahkamlash:


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
1. Hayotning tuzilish darajalari deyilganda nimani tushunasiz? 
2. Hayotning molekula darajasining komponentlari va jarayonlarini izohlang. 
3. Hayotning hujayra darajasining mohiyati nimadan iborat? 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling