Fan: biologiya


Uslubi:______________  Ko’rgazmali qurollar


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Uslubi:______________ 
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali 
qurollar va rasmlar, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
I.Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, 
ishchi muhitini yaratish. 
II.Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
III.Yangi mavzuning bayoni: Odamning tarixiy rivojlanishiga oid paleontologik materiallar uning 
evolutsiyasida to‘rt bosqich – odamning boshlang‘ich ajdodlari, eng qadimgi odamlar, qadimgi odamlar, hozirgi 
zamon qiyofasidagi odamlar bo‘lganligini ko‘rsatadi. Odamning boshlang‘ich ajdodlari. Bundan taxminan 25 mln 
yil mu qaddam driopiteklar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, irsiy o‘zgaruvchanlik tufayli ikki tarmoqqa – 
hozirgi odamsimon maymunlar va odam larning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi tarmoq vakillarining 
kelgusi rivojlanishidan gorilla, shimpanze kelib chiqqan. Sharoitning keskin o‘zgarishi tufayli driopiteklarning 
ba’zilari ikki oyoqlab yurishga o‘tganlar. Natijada «janubiy maymunlar» – avstralopiteklar paydo bo‘lgan. Ularda 
ikki oyoqlab yurish tayyor tayoqlar, toshlar, yirik hayvon suyaklaridan qurol sifatida foydalanish imkonini bergan. 
Ular o‘rmon-dasht, ochiq yerlarda yashagan. Bo‘yi 120–140 sm bo‘lib, tanasining massasi 36–55 kg, 
kalla suyagining hajmi 500–600 sm3 bo‘lgan. Avstralopiteklar chanoq suyagining tuzilishi ikki oyoqlab 
harakatlanganligidan dalolat beradi. Avstralopiteklarning suyak qoldiqlari Keniyaning Rudolf ko‘li atrofi dan 5,5 
mln yoshda bo‘lgan yer qatlamlaridan topilgan. Avstralopiteklarning bir turi rivojlanib, dastlabki odam (homo 
habilis)ni hosil qilgan. Bosh miyasining hajmi 650–680 sm3 bo‘lgan. Bo‘yi 135–150 sm. Ular tayyor tosh, yog‘och 
qurollar yordamida yirik hayvonlarni ovlaganlar, o‘simliklarning yer ostidagi piyozlari, tuganaklari, ildizlarini 
kovlaganlar. Homo habilis olovdan foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o‘zlari uchun kulba yasagan. Shu 
sababli ular «uquvli odam» deb atalgan. Eng qadimgi odamlar – (arxantroplar). Arxantroplar tik yuruvchi odam 
– homo erectus turiga kiritiladi. 1891-yili gollandiyalik olim Dyubua Yava orolidan pitekantrop (maymun 
odam)ning suyak qoldiqlarini topgan. Uning bo‘yi 170 sm, miyasining hajmi 800–1100 sm3 bo‘lgan. Pitekantroplar 
toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilgan va jamoa bo‘lib yashagan. 1927–1937-yillarda 
Pekin atrofi dagi g‘ordan sinantrop odamning suyak qoldiqlari topilgan. U 500–300 ming yil avval yashagan. 
Sinantroplar miyasining hajmi 850–1220 sm3, bo‘yi 150–160 sm bo‘lgan. Ular olov yoqishi va uni saqlashni 
bilganlar. Pitekantroplar, sinantroplar, hozirda homo erectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplar 
sanaladi 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling