DNK reduplikatsiyasi. Irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazish DNK
molekulasining fundamental xususiyati – reduplikatsiyasi bilan bog‘liq. DNK molekulasining ikki hissa
ortishi reduplikatsiya deyiladi. DNK molekulasining dastlabki qo‘sh zanjiri maxsus fermentlar yordamida
ikkita alohida zanjirlarga ajraladi. DNKning bir zanjiri yangi zanjirning sintezi uchun matritsa bo‘lib
xizmat qiladi. DNK – polimeraza fermenti ishtirokida hujayradagi erkin nukleotidlardan foydalanib, ATF
energiyasi hisobiga DNKning yangi komplementar zanjiri sintezlanadi. Bu jarayon hujayra sikli interfaza
bosqichining sintez davrida sodir bo‘ladi
.
Matritsali sintez reaksiyalari. Genetik axborot DNK
molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligida ifodalangan. Genetik axborot asosida biopolimerlar
sintezlanishi matritsali sintez reaksiyalari deyiladi.
Translatsiya (oqsil sintezi). Bu jarayonda i-RNK
matritsa hisoblanadi. Translatsiya irsiy axborotni i-RNK tilidan aminokislotalar tiliga tarjima qilish.
Translatsiya jarayonida RNKdagi axborot asosida ribosomalarda oqsilmolekulasining birlamchi
strukturasi hosil qilinadi. Ribosomalar i-RNKning oqsil sintezi boshlanadigan uchi bilan bog‘lanadi. i-
RNKning bu uchida AUG triplet joylashgan bo‘lib, bu triplet translatsiyani boshlovchi «startkodon»
deyiladi. Ribosomalarda i-RNK kodonlariga t-RNK antikodonlari komplementar tarzda bog‘lanadi. t-
RNK tomonidan keltirilgan aminokislotalar fermentlar yordamida ATF energiyasi hisobiga o‘zaro peptid
bog‘lar orqali birikadi, ya’ni oqsil sintezlanadi.
.Mustahkamlash: 1. Replikatsiya, transkripsiya so‘zlarining ma’nosini tushuntirib bering.
2. DNKdan RNKning sintezlanish mexanizmini izohlang.
3. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Matritsali sintez nima?
5. Oqsil sintezida ribosomalar qanday funksiyalarni bajaradi?
6. t-RNKning oqsil biosintezidagi funksiyasini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |