xemotroflardir.Fotosintez. Fototrof organizmlarga xlorofi ll pigmentiga ega organizmlar, yashil
o‘simliklar, lishayniklar va ayrim bakteriyalar kiradi. Yashil o‘simliklar hujayrasidagi xloroplastlarda
to‘plangan xlorofi ll pigmenti yordamida yorug‘lik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Yorug‘lik
energiyasi hisobiga organik birikmalar sintezlanishi fotosintez deyiladi
Barcha tirik organizmlarning
hayotiy faoliyati fotosintez jarayoni bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq. Fotosintez natijasida avtotrof
organizm hujayralarida hosil bo‘lgan organik moddalar, birinchi navbatda shu organizm
hujayralari hamda barcha geterotrof organizmlar uchun oziqa va energiya manbayidir. Fotosintez
jarayonini quyidagi umumiy formula orqali ifodalash mumkin: 6CO2 + 6H2O + quyosh energiyasi →
C6H12O6 + 6O2 Xlorofi ll pigmenti o‘ziga xos kimyoviy tuzilishga va yorug‘lik kvantlarini
ushlab qolish xususiyatiga ega. Fotosintez jarayoni hujayraning fotosintez qiluvchi tuzilmalarida ikki
bosqichda o‘tadi: yorug‘lik va qorong‘ilik bosqichlari Yorug‘lik bosqichi xloroplastlarning ti la -
koidlarida kechadi. Bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida yorug‘lik energiyasi, suv, ADF, xlorofi ll
ishtirok etadi.
Yorug‘lik kvantlari – fotonlar xlorofi ll molekulasi elektronlarini qo‘zg‘atadi. Elektronlar
energiyasi hisobiga ADF va fosfat kislotadan ATF sintezlanadi. Mustahkamlash: 1. Plastik reaksiyalar
haqida nimalarni bilasiz?
2. Fotosintez jarayonini tushuntiring.
3. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichini tushuntiring.
V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________ _______________________________
SANA: __________ SINF 10
____
FAN: BIOLOGIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |