Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Tayanch kompetensiyalar: 
 Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tildao’zaro 
muloqotga kirish aolishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, 
hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Uslubi:
An’anaviy 
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid 
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni:
Moddalar almashinuvi organizm va tashqi muhit o‘rtasida to‘xtovsiz 
sodir bo‘ladigan, tirik organizmlarning o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishini ta’minlaydigan kimyoviy 
o‘zgarishlar majmuyidir. Tirik organizmlar o‘z hujayralari uchun zarur organik birikmalarni sintezlash, 
kimyoviy tarkibining doimiyligini saqlash uchun tashqi muhitdan zarur moddalarni oziq sifatida 
o‘zlashtiradilar. Bu moddalar hujayraga xos bo‘lgan biologik moddalarni sintezlash va hujayrani energiya 
bilan ta’minlash uchun sarfl anadi. Moddalar almashinuvining hujayradagi muhim funksiyalaridan biri 
hujayrani qurilish materiali bilan ta’minlashdir 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
Hujayraning tuzilishi hamda tarkibining yangilanib turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar 
yig‘indisi plastik almashinuv (assimilatsiya, anabolizm) deb ataladi. 
Moddalar almashinuvining hujayradagi yana bir muhim funksiyasi hujayrani energiya bilan ta’minlashdir. 
Organizm hayot faoliyatining har qanday ko‘rinishi, ya’ni harakatlanish, ta’sirlanish, oziqlanish, to‘qima 
va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash energiya sarfl ashni talab etadi. Hujayrani 
energiya bilan ta’minlash uchun organik moddalarning parchalanishi va kimyoviy reaksiyalar natijasida 
ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Hujayrani energiya bilan ta’minlab beradigan reaksiyalar 
yig‘indisi energetik almashinuv (dissimilatsiya, katabolizm) deb ataladi. Hujayra hayot faoliyatining 
doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastik va energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi metabolizm
metabolizm mahsulotlari esa metabolitlar deyiladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling