Fan: biologiya
Uslubi:______________ Ko’rgazmali qurollar
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy vazifasining bayoni
- Mustaxkamlash
Uslubi:______________
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali qurollar va rasmlar , doska bo’r, daftar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi muhitini yaratish. Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ Yangi mavzuning bayoni: Klassik genetik usul bilan irsiyatni o‘zgartirishda ikki xil genotipli organizm chatishtirilganda ularning barcha xo‘jalik uchun molik va molik bo‘lmagan genlari o‘zaro rekombinatsiyalashadi. Natijada yaratilgan navga genetik tadqiqotchi istagan gendan tashqari, navning xususiyatini buzuvchi boshqa ko‘p genlar ham o‘tadi. Gen muhandisligi usullari orqali irsiyati o‘zgartirilgan o‘simliklarda esa faqat inson manfaatlariga mos keladigan belgixossalar mujassamlashgan bo‘ladi. Muayyan bir genni hujayraga kiritish uchun tuproq bakteriyasi Agrobakterium hujayrasidagi plazmiddan foydalaniladi. Agrobakteriyaning ayrim turlari (Agrobacterium tumefaciens) ikki urug‘pallali o‘simliklarni zararlab,ularda shish keltirib chiqarishi mumkin. Agrobacterium tumefaciens – tuproq bakteriyasi shish hosil qilish xususiyatiga ega. Bu xususiyati Ti-plazmid deb ataladigan plazmida bilan bog‘liq. Ti-plazmida hujayraga genetik axborotni kiritish uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega tabiiy vektor bo‘lib, hujayraga genetik axborotni kuritish uchun zarur xususiyatlarga ega. O‘simlik zararlanganidan so‘ng Ti-plazmidaning bir qismi o‘simlik hujayralariga kiradi. Zararlangan o‘simlik tanasidagi hujayralar pala-partish bo‘linishi natijasida shish hosil bo‘ladi. Bu shishni Ti (Ti-ay) plazmid genomining T-DNK (shish hosil qiluvchi DNK) bo‘lagi chaqiradi . Mustaxkamlash: 1. Dastlabki transgen o‘simliklar haqida gapirib bering. 2. Vektor konstruksiya yaratish ketma-ketligini tushuntiring. 3. Transgen o‘simlik olish ketma-ketligini tushuntiring. 4. Transgen mahsulotlar haqida nimalarni bilasiz? Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling