Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni: Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun 
ham tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo‘jalik va genetik ko‘rsatkichlarga 
ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda 
faqat bir dona, ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor 
qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga 
ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan 
olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki sigir bachadoniga kiritiladi, 
ya’ni implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu 
biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi. AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen 
muhandisligi usuli bilan o‘sish gormonini (growth 
hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini 
oshirishga erishdi. Zigota (urug‘langan tuxum hujayra)ga har xil genlarni mikr o inyeksiya 
qilib, transgen sichqon yoki kalamush olish ko‘plab laboratoriyalarda bajarildi. Mamlakatimizda akademik J. H. 
Hamidov rah bar ligida shu usulni qo‘llab, quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan 
yirik va tez o‘suvchi transgen quyon olindi. Hayvonlarni klonlash. Bir bakteriya hujayrasi bo‘linishi natijasida 
hosil bo‘lgan bakteriya koloniyasiga klon deb aytiladi. O‘simliklarning kloni bir hujayradan sun’iy sharoitda 
ko‘paytirilib yoki vegetativ ko‘paytirish usuli bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo‘l bilan ko‘paymasligi 
sababli mularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo‘lib kelar edi. 1977-yili J.Gyordon tomonidan 
hujayra muhandisligini qo‘llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi 
1997-yil Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari qo‘yning klonini yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib 
tashlangan zigotaga boshqa 
embrional hujayradan olingan yadro ko‘chirib o‘tkazilar va hosil bo‘lgan transplant tuxum hujayra o‘gay ona 
bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi. Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari erishgan natijalarning J. 
Gyordon tajribasidan farqi shundaki, ular ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning 
somatik hujayrasidan ajratilgan yadroni kiritib, yetuk organizm oldilar (74-rasm). 
Mustaxkamlash: 1. Hayvonlarni klonlashning qanday yo‘llari bor? 
2. Gibridoma hujayrasining qanday afzalliklarini bilasiz? 
3. Monoklonal antitanalar sintez qiluvchi gibridoma hujayralarining alohida 
klonlarini olish uchun gibridoma hujayralarini qanday ko‘paytirasiz? 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
4. Monoklonal antitananing qanday ahamiyati bor? 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling