Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Yangi mavzuning bayoni:
Darvin har qanday hayvon, o‘simlik organizmi nasl qoldirganda, yangi 
bo‘g‘in ota-ona formalaridan va o‘zaro ayrim belgilari bilan farq qilishini aniqlagan va uni shaxsiy 
o‘zgaruvchanlik atamasi bilan ta’rifl agan. Darvin yashagan davrda hayvonlar bilan o‘simliklarning 
o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlar yetarli emas edi. Shunga qaramay, u har qanday o‘zgaruvchanlikning asl 
sababi atrofdagi muhitning o‘zgarishida ekanligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko‘ra, tashqi muhit 
organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir etganda tashqi muhit omillari shu 
organizmga to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir mazkur organizmning kelgusi avlodida namoyon 
bo‘ladi.
Kombinativ o‘zgaruvchanlik. Bu o‘zgaruvchanlik ota-ona organizmlari genotiplaridagi 
genlarning qayta kombinatsiyalanishi, ularning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Kombinativ 
o‘zgaruvchanlik meyozda gomologik xromosomalarning mustaqil taqsimlanishi, urug‘lanish paytida 
gametalarning tasodifi y kombinatsiyalari, xro mosomalar chalkashuvi va genlarning rekombinatsiyasi 
asosida kelib chiqadi.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik. Irsiy o‘zgaruvchanlikning bu xili organizmlar 
genotipining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi. Mutatsiyalarning genlar va xromosomalarning o‘zgarishi 
bilan bog‘liqligi, ota-ona organizmlarida bo‘lmagan yangi va turg‘un irsiylanuvchi sifat o‘zgarishlarning 
kelib chiqishi mutatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi muhim ahamiyatini belgilaydi.
Poliploid 
turlar o‘simliklar olamida ko‘p tarqalgan. Hayvon turlari orasida poliploid organizmlar juda kam 
uchraydi. Shunday qilib, kombinativ o‘zgaruvchanlik, tabiiy va sun’iy ravishda vujudga keladigan 
mutatsion o‘zgaruvchanlik nihoyatda xilma-xil bo‘lib, organizmlar evolutsiyasi va seleksiyada katta rol 
o‘ynaydi.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik. Irsiy o‘zgaruvchanlikning bu xili organizmlar genotipining 
o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi. Mutatsiyalarning genlar va xromosomalarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi, 
ota-ona organizmlarida bo‘lmagan yangi va turg‘un irsiylanuvchi sifat o‘zgarishlarning kelib chiqishi 
mutatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi muhim ahamiyatini belgilaydi. 
Mustaxkamlash:
1. Darvin o‘zgaruvchanlikning qanday turlarini aniqlagan? 
2. Darvin e’tirofi ga ko‘ra muayyan va nomuayyan o‘zgaruvchanlik qanday izohlanadi? 
3. Nima uchun nomuayyan o‘zgaruvchanlikni Darvin individual o‘zgaruvchanlik 
deb atadi? 
4. Muayyan va nomuayyan o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi ahamiyatini tushun tiring. 
5. Irsiy o‘zgaruvchanlikning qanday turlari farq qilinadi? 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling