Fan: biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
10 - sinf biologiya @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kombinativ o‘zgaruvchanlik
- Mutatsion o‘zgaruvchanlik.
- Mustaxkamlash
Yangi mavzuning bayoni:
Darvin har qanday hayvon, o‘simlik organizmi nasl qoldirganda, yangi bo‘g‘in ota-ona formalaridan va o‘zaro ayrim belgilari bilan farq qilishini aniqlagan va uni shaxsiy o‘zgaruvchanlik atamasi bilan ta’rifl agan. Darvin yashagan davrda hayvonlar bilan o‘simliklarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi bilimlar yetarli emas edi. Shunga qaramay, u har qanday o‘zgaruvchanlikning asl sababi atrofdagi muhitning o‘zgarishida ekanligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko‘ra, tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sir etganda tashqi muhit omillari shu organizmga to‘gridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir mazkur organizmning kelgusi avlodida namoyon bo‘ladi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik. Bu o‘zgaruvchanlik ota-ona organizmlari genotiplaridagi genlarning qayta kombinatsiyalanishi, ularning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyozda gomologik xromosomalarning mustaqil taqsimlanishi, urug‘lanish paytida gametalarning tasodifi y kombinatsiyalari, xro mosomalar chalkashuvi va genlarning rekombinatsiyasi asosida kelib chiqadi. Mutatsion o‘zgaruvchanlik. Irsiy o‘zgaruvchanlikning bu xili organizmlar genotipining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi. Mutatsiyalarning genlar va xromosomalarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi, ota-ona organizmlarida bo‘lmagan yangi va turg‘un irsiylanuvchi sifat o‘zgarishlarning kelib chiqishi mutatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi muhim ahamiyatini belgilaydi. Poliploid turlar o‘simliklar olamida ko‘p tarqalgan. Hayvon turlari orasida poliploid organizmlar juda kam uchraydi. Shunday qilib, kombinativ o‘zgaruvchanlik, tabiiy va sun’iy ravishda vujudga keladigan mutatsion o‘zgaruvchanlik nihoyatda xilma-xil bo‘lib, organizmlar evolutsiyasi va seleksiyada katta rol o‘ynaydi. Mutatsion o‘zgaruvchanlik. Irsiy o‘zgaruvchanlikning bu xili organizmlar genotipining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi. Mutatsiyalarning genlar va xromosomalarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi, ota-ona organizmlarida bo‘lmagan yangi va turg‘un irsiylanuvchi sifat o‘zgarishlarning kelib chiqishi mutatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi muhim ahamiyatini belgilaydi. Mustaxkamlash: 1. Darvin o‘zgaruvchanlikning qanday turlarini aniqlagan? 2. Darvin e’tirofi ga ko‘ra muayyan va nomuayyan o‘zgaruvchanlik qanday izohlanadi? 3. Nima uchun nomuayyan o‘zgaruvchanlikni Darvin individual o‘zgaruvchanlik deb atadi? 4. Muayyan va nomuayyan o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi ahamiyatini tushun tiring. 5. Irsiy o‘zgaruvchanlikning qanday turlari farq qilinadi? Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling