Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Tayanch kompetensiyalar: 
 Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tildao’zaro muloqotga 
kirish aolishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada 
samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Uslubi:______________ 
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali 
qurollar va rasmlar, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi
muhitini yaratish. 
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni: XV asr yarmiga kelib, Yevropa mamlakatlarida feodalizm o‘rniga 
burjuaziya hokimiyati o‘rnatildi. Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi, fan, texnika birmuncha 
rivojlandi. Boshqa yerlardan Yevropaga ko‘pgina o‘simlik va hayvon turlari keltirildi. Bularning hammasi o‘simlik 
va hayvonlarni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otdi. Buning oqibatida kishilarning o‘simlik va hayvonlar 
to‘g‘risidagi bilimlari antik dunyoga nisbatan bir necha marta ortdi. Botanika, zoologiya fanlarini yanada 
rivojlantirish uchun, avvalo, ma’lum bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoji tug‘ildi. Bu masala 
bilan mashhur shved olimi Karl Linney 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
(1707–1778) shug‘ullandi (85-rasm). U 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsifl ab beradi. 
Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni sinfl arga birlash tiradi. Sizlar 
botanika, zoologiya fanlarini o‘qiganin gizda suvo‘tlari, sporali o‘simliklar, ochiq va yopiq urug‘lilar, umurtqali va 
umurtqasiz hayvonlar ning bir qancha sistematik guruhlari bilan tanishgansiz. 
K. Linney zamonida esa biologiyaning juda ko‘p sohalari hali rivoj lanmagan edi. Shu sababli K. Linney 
o‘simlik va hayvonlarning ayrim belgi larigagina asoslangan holda sun’iy sistema tuzishga muvoff aq bo‘ldi. U 
barcha o‘simliklarni changdonlari soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birla shishiga qarab 24 sinfga, 
hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi, 
qon-qardoshligi yaqin bo‘lgan organizmlar boshqa-boshqa sinfl arga, aksincha, kelib chiqishi, qon-qardoshligi har 
xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi. K.Linney o‘simlik va hayvon turlari o‘zgarmaydi, degan fi kr bildirgan. 
Uning tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik organik olamni atrofl icha 
o‘rganishga imkon berdi. K. Linney ishlaridan so‘ng botanika, zoologiya fanlari tez sur’atlar bilan rivojlandi. XIX 
asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini nemis olimlari T. Shvann, M. Shleyden yaratdilar. Hujayra 
nazariyasining kashf qilinishi XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujayra 
nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar, hayvonlar, odam lar) tanasi hujayralardan tashkil topgan. 
Mazkur nazariya barcha organizm lar tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib xizmat 
qildi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling