Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Morfologik moslanishlar. Tashqi muhit 
omillari ta’siri natijasida orga nizm lar tana tuzilishida shu muhitga mos xususiyatlar paydo bo‘ladi. 
Masalan, qushlarda tana shakli havo muhitida, baliqlarning tana shakli suv muhitida yashashga yordam 
beradi. Hayvonlardagi morfologik moslanishlarga himoya rangi, maskirovka, mimikriya, ogohlantiruvchi 
rang, chalg‘ituvchi rang misol bo‘ladi. Himoya rangi. Ko‘pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi o‘zi 
yasha yot gan muhit rangiga mos bo‘lgani uchun ko‘zga kam tashlanadi (99-rasm). Odatda cho‘lda 
yashaydigan toshbaqa, kaltakesak, ilonlar qum rangida, shimoliy o‘lka hayvonlari – ayiq, kuropatka, 
tulkilar oq rangda, kvaksha, beshik tervatar, ninachilar yashil barglar orasida yashagani, karam kapalagi 
qurti uning barglari bilan oziqlangani sababli yashil rangda bo‘ladi. Agar muhit rangi fasllarga qarab 
o‘zgarsa, u holda hayvonlar rangi ham o‘zgaradi. Masalan, Yevropaning o‘rta mintaqasida yashovchi 
tulki, tovushqon, kuropatka, gornostay qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo‘ladi. 
Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofi dagi barg, novda, kurtako‘simliklarga 
o‘xshash bo‘ladi. Chunonchi, chupchik degan hasharot rangi va shakli ingichka novdani, ninabaliq 
suvo‘tlarini
Chalg‘ituvchi rang. Bunday hayvon tanasi dog‘lar va olachipor yo‘llar 
bilan qoplangan bo‘ladi. Bu dog‘lar, olachipor yo‘llar dushmanning diqqate’tiborini chalg‘itadi. Zebra, 
jirafalar terisining rangini bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Fiziologik moslanishlar. Ushbu moslanish tana temperaturasi, qonda tuz va qand konsentratsiyasining 
turg‘un holda saqlanishiga qaratilgan. Organizmlar shaxsiy hayotining turli bosqichlarida atrof-muhitdagi 
tuz, namlik, haroratning o‘zgarishlariga nisbatan o‘z turg‘unligini saqlaydi. Masalan, o‘simliklar qishki 
tinim davridan normal o‘tishi uchun ular hujayrasida suv miqdori kamayib, erigan moddalar 
konsentratsiyasi ortadi. Uzoq vaqt suv ostida bo‘ladigan qonida kislorodni bog‘lab olishda 
gemoglobindan tashqari mioglobin nisbatan ko‘proq ishtirok etadi. Sahro hayvonlari tanasida ko‘plab 
yog‘ moddalarining to‘planishi fi ziologik moslanishga misol bo‘ladi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling