Fan: biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/144
Sana03.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1742841
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   144
Bog'liq
10 - sinf biologiya @sadikov uz

Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid 
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar. 
Darsning borishi: 


www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb 
qilib, ishchi muhitini yaratish. 
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________ 
__________________________________________________________________________________ 
Yangi mavzuning bayoni:
Yashash uchun kurash ko‘pchilik organizmlarning halok bo‘lishi, 
ba’zilarining esa yashab qolishi bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. Individual o‘zgaruvchanlik organizmda 
uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ularning bir xillari organizm uchun foydali, ikkinchi xillari 
organizmlar uchun befarq, uchinchilari esa zararli bo‘ladi. Odatda zararli o‘zgaruvchanlikka 
ega organizmlar shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida halok bo‘ladilar. Organizm uchun befarq 
o‘zgaruvchanlik ularning yashovchanligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Foydali o‘zgaruvchanlikka ega individlar 
tur ichidagi, turlararo yoki abiotik muhitning noqulay sharoitlariga qarshi kurashda birmuncha 
afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli yashab qoladi. Yashash uchun kurashda foydali belgi, xossalarga ega 
organizmlarning yashab qolishi, shunday belgi, xossalarga ega bo‘lmaganlarining nobud bo‘lishi tabiiy 
tanlanish deb ataladi. Stabillashtiruvchi tanlanish. Bu tanlanish populatsiyaning o‘zgaruvchanligini 
kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi. Har bir populatsiyaning hayoti muhitga bog‘liq. U yashab qolish 
uchun doim muhit sharoitiga moslanishi kerak. Agar bir necha bo‘g‘in mobaynida yashash sharoiti 
o‘zgarmasa, u holda populatsiya – yuqori moslanish darajasiga ega bo‘ladi va tabiiy tanlanish o‘zgaruv 
chanlikni stabillashtirish tomonga yo‘naltiradi. Muhitga yaxshi mos lashgan, o‘rtacha normaga ega 
formalar saqlanadi, normadan o‘zgargan organizmlar esa nobud bo‘ladi.
Ba’zi bir qushlar, hasharotlar 
qano tining, tuyoqlilarda yon barmoqlarning, g‘orlarda yashovchi hayvonlarda ko‘z ning, parazit 
o‘simliklarda ildiz va bargning yo‘qolishi harakatlantiruvchi tanla nish ta’siri natijasidir. Muhit 
sharoitining asta-sekin o‘zgarishi tufayli tabiiy tanlanishning bu turi fenotip va genotip 
jihatdan yangi formalarni hosil qiladi. U yangi turlarning paydo bo‘lishi va organik olamdagi evolutsiya 
jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling