Fan: Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik


Artilleriya olovi turlari o


Download 51.5 Kb.
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1428665
1   2
Bog'liq
dasr ishlanma

Artilleriya olovi turlari oz ichiga: alohida nishon bo‘yicha o‘t ochish,
jamlangan, to‘siqli (harakatli va harakatsiz) yoppasiga o‘qqa tutish va
boshqalarni oladi.
Mudofaani tashkillashtirishda, ayniqsa, tog‘larda, barcha turdagi
qurollarni jalb qilgan holda ko‘pqatlamli va ko‘pqavatli olov hosil qilinadi.
Dushmanning tirik kuchlariga alohida o‘t ochish vositalari yoki motoo‘qchi
guruh va seksiyaning o‘qotar qurollaridan yog‘ilgan olovi bilan otib zarar
yetkaziladi.
Jangda motoo‘qchi (tank guruhi), joyning qulay sharoitlaridan foydalanib,
o‘t ochishning harakat bilan mohirona biriktirib va manyovrni keng qo‘llashi
kerak. Manyovr kuchlar va vositalari o‘t ochish bilan o‘tkaziladi.
Kuch va vositalar manyovri dushmanning jangovar tartibidagi eng zaif
joyiga, ayniqsa, qanotlar orqa tomoniga hamda o‘z bo‘linmalarini dushman
zarbidan o‘z vaqtida chiqarish uchun o‘tkaziladi. Kuch va vositalar manyovri
turlari bo‘lib qurshov, aylanib o‘tish, ularning birikmasi va chekinishi
hisoblanadi.
Aylanib otish — ancha ichkarilama manyovr dushmanning orqa
tomonidan zarba berish maqsadida o‘tkaziladi.
Chekinish — o‘z qo‘shinlarini dushman zarbidan chiqarib olish va qulay
holatini egallash uchun qo‘llaniladigan manyovr. U faqat katta komandir
ruxsati bilan o‘tkaziladi.
Manyovr g‘oyasi bo‘yicha oddiy bo‘lishi, ya’ni tezda, yashirincha va
dushman uchun qo‘qqisdan o‘tkazilishi kerak. Uni amalga oshirish uchun
dushmanni olovli zararlash natijasida ochiq qanotlari, oraliqlar, joy
sharoitlari, yashirincha borish yo‘llari, tutun va aerozollar, mudofaada esa,
bundan tashqari, transheyalar va aloqa yo‘llari inobatga olinadi.
  • rasmBo‘linmalarning jangdagi manyovri (variant).
Olovli manyovr dushmanni samaraliroq zararlash uchun qo‘llaniladi.
U guruh (seksiya)ning bitta muhim nishon bo‘yicha olovini yig‘ishda, bir
nishondan boshqasiga olovni o‘z vaqtida ko‘chirish va guruh bilan bir vaqtda
bir necha nishonga o‘t ochishni olib borishda ifodalanadi.
Qurshov — dushman qanotiga zarb berish uchun amalga oshiriluvchi
manyovr. Qurshov, odatda, olovli va taktik hamkorlikda, aylanib o‘tish
esa, frontdan harakatlanuvchi taktik hamkorlikda amalga oshiriladi.
Barcha qolgan buyumlar anjomlarning tashib yuriluvchi qismiga kirib,
ular piyodaning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar, avtomobillar, tanklar)da olib yuriladi. Ishlatish bo‘yicha qo‘llanmalar va
boshqa
hujjatlarga muvofiq joylashtiriladi.
Darsni yakunlash:O’quvchilarni rag’batlantirish,mavzu yuzasidan
savol-javob o’tkazish.
Uyga vazifa :mavzuni: o’rganish

Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling