Fan: Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik


Download 51.5 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1428665
  1   2
Bog'liq
dasr ishlanma

Fan: Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik.
Sinf-11
 
Mavzu:”O‘q uzish — jangda dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi.
O‘t ochish turlari. Jang manyovri haqida tushuncha. Manyovr turlari.
Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash” mavzusi yuzasida
dars ishlanmasi
II.Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy:FK2 Askarning jangda harakatlanish va jangovor qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi
2.Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga muhabbat va saodat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: Olgan bilim va kunikmalardan zarur holatlarda o’z o’rnida samarali foydalanish.
Kerakli jihoz: darslik, kompyuter va ko’rgazma plakatla
Dars o’tish joyi: Sinf xonasi
Dars jarayoni:
  1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomat va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsga qatnashmayotgan o’quvchilarni sinf jurnaliga qayt etish.
  2. uy vazifasini surash: o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini savol javob, mini test orqali sinash va faol qatnashgan o’quvchilarni baholash, bahlarni jurnalga quyish.
  3. Yangi mavzu bayoni:
O‘q uzish — jangda dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi.
O‘t ochish turlari. Jang manyovri haqida tushuncha. Manyovr turlari.
Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash
O‘q uzish -jangda dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi, uni mohirlik
bilan olib borish va nishonni birinchi o‘q bilan zararlash uchun jangchi:
· o‘z qurolini to‘liq bilishi, uni saqlashni, otish uchun astoydil tayyorlashni;
· otish uchun joyni ustalik bilan tanlashni, chegaralangan vaqtda,
kunduzi va kechasi, har xil holatlardan otishni to‘g‘ri bajarishni;
  • nishongacha bo‘lgan masofani mo‘ljal qo‘yiluvchisi va mo‘ljalga olish nuqtasini to‘g‘ri aniqlashni hamda yondan esgan shamolga va nishon harakatiga to‘g‘rilik kirita olishni;
· komandir komandasini diqqat bilan eshitish va aniq, tez bajarishni;
· mustaqil o‘q uzishda ongli tashabbus ko‘rsatishni bilishi kerak.
Avtomatchilar o‘q otish uchun guruh komandiri ko‘rsatgan joylarni egallashadi, mustaqil harakatlanganda uni o‘zlari tanlashadi. Òanlashda vaziyat, joy xarakteri va qo‘yilgan vazifa hisobga olinadi. Otish uchun joy qulay, keng, ko‘rish maydoni va otishni hamda o‘qchining dushman kuzatuvidan panalab turishini ta’minlashi kerak.
BMP
(BÒR) pulemyot va granatomyotlar uchun o‘t ochish pozitsiyasi guruh
komandiri tomonidan tanlanadi va ko‘rsatiladi.
O‘t ochish pozitsiyasining joylashuvi qo‘yilgan vazifalarning oliy
darajada bajarilishi, olovli manyovr imkoniyatini tug‘diradigan yaxshi
ko‘rinish va otishga egaligi, tabiiy niqoblanishi, qulay kirib-chiqish va
yangi yoki zaxiradagi o‘t ochish pozitsiyasiga ko‘rinmasdan borish yo‘llari
bo‘lishi talablariga javob berishi kerak.
RPGdan otish uchun, bulardan tashqari, otish xavfsizligini ta’minlash
kerak, ya’ni orqada gazlarning erkin chiqishi uchun to‘siqlar bo‘lmasligi
(2 m.dan yaqin emas) hamda xavfsiz zona (30 m) chuqurligi orasida odamlar,
o‘q-dorilarni joylashtirmaslik lozim. O‘t ochish pozitsiyasi (otish uchun
joy)ni shunday tanlash kerakki, bunda dushman bajarayotgan ishlar yaqqol
ko‘rinib tursin, o‘zi esa ko‘rinmasin.
· Ot ochish turlari  · Jang manyovri haqida tushuncha
· Manyovr turlari  · Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash
Motoo‘qchi (tankchi) guruhning (seksiyaning, tankning) olovi
jangovar vazifani bajarishda, dushmanni yo‘q qilishning asosiy vositasi
hisoblanadi. Dushmanni o‘t ochib, ishonchli zararlash: nishonni o‘z vaqtida
razvedka qilish, o‘t ochish vositalarini ularning jangovar imkoniyatlariga
qarab mohirona qo‘llash; o‘t ochishning aniqligi, uni qo‘llashning
qo‘qqisdan va o‘ta zichlikda hamda yuqori tezlikda qo‘llanishi; jangda o‘t
ochishni mohirona boshqarish orqali erishiladi.
O‘t ochish:
· qurol turi boyicha — o‘qotar, granatomyot, piyodaning jangovar
mashinalari (bronetransportyorlar), tanklar, artilleriya, zenit vositalari va
boshqalar;
· otish usuli boyicha — to‘g‘ridan to‘g‘ri, yarimto‘g‘ri va yopiq o‘t ochish
pozitsiyasidan otish bilan farqlanadi.
O‘qotar qurollarning o‘t ochish turlari quyidagilar:
· taktik qollanishi boyicha — sidirg‘asiga kesib otish (o‘t qo‘qqisdan, yaqin masofadan bir yo‘nalishda ochiladi) va yig‘ilgan tartibda (bitta
nishonga motoo‘qchi guruhning yoki seksiyaning barcha turdagi o‘qotar
qurollari bilan o‘q uzish);
· otish yonalishi boyicha — frontal (nishon frontiga perpendikular
ravishda), qanotdan (nishon qanotiga, uning frontiga parallel ravishda)
va kesishma o‘q uzish (bitta nishonga kamida ikki yo‘nalishdan o‘q uzib
olib borish);
· otish qizginligi boyicha — bittalab o‘q uzib otish, qisqa va uzun
sidirg‘alar bilan hamda barcha turdagi o‘qotar qurollardan uzluksiz o‘q
uzish;
· otish usuli boyicha — joydan, to‘xtab (qisqa to‘xtab), yurib ketayotib,
bortdan, nuqtaga qarab o‘t ochish, front bo‘yicha olovni yoyib, ichkariga
olovni yoyib, maydon bo‘yicha va boshqalar.

Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling