Fan dasturi Buxoro davlat univеrsitеti Ilmiy kеngashida tavsiya qilingan


 Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana14.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1198951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
12951 1 9C9D566AC62FD549A4C3ED7269AE1AD974F3A7DB

1.3 Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish. 
Elementar matematika kursini o’qitish ishlarida, jumladan «Matematika fani va matematika
fanini o’qitish metodikasi kursini» o’qitishni qaytadan ko’rib chiqqan, holda bo’lajak 
boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun zarur bo’lgan elementar matematika kursni kiritish va uni
hozirgi kun talabiga moslashtirish zarurati vujudga keldi. Bu ishlar bo’lg’usi boshlangich sinf 
o’qituvchilari tayyorlash ishini takomillashtirishda talabalarni o’qituvchilik kasbiga
tayyorlashda muhim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilishda zarur bo’lgan
o’quv tarbiya ishlarini tashkil qilishda katta yordam berishi lozim. 
Elementar matematika kursi ma'lum darajada ma'ruza amaliy mashgulotlari va mustaqil 
ta’lim orqali amalga oshiriladi. 
Ma'ruzalarda matematika fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan
holda, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida bayon qilinadi. 
zamonaviy pedagogic texnologiyalar yordamida elektron didaktik texnologiyalaridan, aqliy 
hujum, guruhli fikrlash, BBB, Venn diagrammalari, Shvot tahlili, Venn diagrammalari, bumerang 
metodi kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali chuqur bilimlar berish. Darsda doimiy 
talabalarning faolligini oshirish. 
Amaliy mashg’ulotlariga esa, talabalar nazariy o’tilgan ma’lumotlarni mustahkamlash 
maqsadida mavzuga oid misol va topshiriqlarni yechishni esga oladilar va boshlang’ich sinf 
matematika kursi bilan bog’lay olishni o’rganadilar. turli-tuman metodik manbalarni (dastur, 
metodik qo’llanma, darslik, mashqlar sistemasini tahlil qilish) o’rganish metodik adabiyotlarga
ijodiy yondashib ulardan o’qitish ishlarini tashkil qilishda ilmiy izlanishlar olib borish, dars



ishlanmalari tuzish, turli metodik qo’llanmalarga oid ma'ruzalar yozish, egallangan bilimlari 
asosida boshlang’ich sinfda darslarni tashkil qilish uchun zarur ko’nikmalarni egallaydilar.
Dars uchun ishlanmalar tuzish va tahlil qilish, didaktik ko’rgazmalar yasash bilan
shug’ullanadilar. Barcha ma'ruza va boshqa turdagi mashg’ulotlardan, turli o’quv ko’rgazmali
qurollardan va texnik vositalar hamda axborot texnologiyalari yutuklaridan foydalanadilar


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling