Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy
jixatdan uzviyligi, ketma-ketligi
“Maktabgacha ta‟limda nutq va o„zga tilga o„rgatish metodikasi” fani ta‟lim
metodikalar kursi hisoblanib, 5- 6- semestrlarda o„qitiladi. O„quv dastur rejadagi
zamonaviy ona tili (o„zbek, rus) kurslariga, bolalar adabiyoti va adabiyotshunoslik
asoslariga, umumiy, bolalar va pedagogik psixologiyaga, umumiy va maktabgacha
pedagogikaga tayanadi.
Fanning ta’limdagi o`rni
Maktabgacha ta‟lim muassasalarida ta‟lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi
amalga oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o„rinni egallaydi. Shuning
uchun tarbiyachi o„z sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi
egallagan, puxta pedagogik psixologik tayyorgarlikka ega bo„lishi kerak. Shu bilan
bir qatorda mutaxassislik bo„yicha fanlarni jumladan «Ta‟lim to„g„risida»gi
Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini, maktabgacha tarbiya pedagogikasi,
«Uchinchi ming yillikning bolasi tayanch dasturi»ni, Davlat ta‟lim standartlarini,
bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani va boshqalarni puxta egallagan
bo„lishi lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |