Fan dasturiga binoan ma’ruza matni 1-ma’ruza. Eng qadimgi turk xalq og‘zaki ijodi namunalari. Turk xalq mifologiyasi Reja
Download 281.42 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
FAN DASTURIGA BINOAN MA’RUZA MATNI 1-MA’RUZA. Eng qadimgi turk xalq og‘zaki ijodi namunalari. Turk xalq mifologiyasi Reja: 1. Turk xalq og’zaki ijodi haqida umumiy ma’lumot 2. Turk xalq og‘zaki ijodining qadimiy namunalari 3. Turk xalq mifologiyasi Tayanch so‘z va iboralar: folklor, mif, janr, turk mifologiyasi, Ko‘k Tangri, qarash, tasavvur, urf-odat.
Turk xalq mifologiyasi dunyo mifologiyasi tarixida eng qadimiy va boyligi bilan ajralib turadi. Bu miflar esa turkiy xalqlarning miloddan avvalgi va milodiy davrlarda yashagan geografik hududlarning ulkanligidan dalolat beradi. Turk mifologiyasining eng muhim jihati turk tilida ekanligi bilan diqqatga sazovordir. SHu sababli ham turkiy madaniyatning bir qismi sanalgan og‘zaki adabiyotdagi dostonlar, afsonalar, masallar, maqollar, iboralar, maqtovlar, topishmoqlar singari janrlardan turk miflariga oid ishonarli va qimmatli ma’lumotlarni topishimiz mumkin. Turkiyada miflarni yig‘ish va o‘rganish borasida qilingan jiddiy tadqiqotlardan biri Bahovuddin O‘gelning “Turk mifologiyasi” (1971, 1994) nomli ikki jildlik asari hisoblanadi. SHu bilan birga turk mifologiyasi haqida Abdulqodir Inon, Murod Uroz, Bilge Saido‘g‘li, Yishar CHoruhli, Fuzuliy Bayat, Jalol Beydilli va O‘zkul CHo‘bono‘g‘li singari olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Mashhur turkolog olim V.Radlovning XIX asrda Oltoy tog‘larida yashagan va Ko‘k Tangriga sig‘ingan Oltoy turklariga bag‘ishlangan tadqiqotida SHomonga aytilgan duolar o‘rin olgan. Turklar ham qadimda matriarxat oilalarda yashagan, o‘sha davrlarda tabiat kuchlari va xudolarni ayol shaklida tasavvur qilishgan. Bunga misol tariqasida Umay Tangrini olsak bo‘ladi. Manbalarga ko‘ra, Ko‘k Tangri va Umay Tangriga atab ko‘plab duolar aytilgan va ulardan namunalar keltirilgan. Bu
duolarda o‘sha davr turklariga oid miflar aks ettirilgan. Quyida shu miflarning biriga to‘xtalamiz. Oltoy Qam duosiga ko‘ra “alvasti” yoki “olov xotin” (turkchada otash “od” va “al” so‘zlari bilan ifoda etilgan) kechalari olov yo‘rg‘aga minib kezishiga ishonilgani “sen qorong‘u kechalarda yosh qizlar kabi sochlaringni to‘lqinlantirib
ifoda etiladi. Bugungi kunda Onado‘lidan tashqari butun turkiy dunyoda qaysi dinga e’tiqod qilishidan qat’iy nazar, turkiy qabilalardan saqlanib qolgan “olov xotun” yoki “alvasti” nomidagi mifga ishonch mavjudligi kuzatiladi. YUqorida keltirilgan misoldagi “qip-qizil ipak ro‘molingni hilpiratib” birikmasi turkiy dunyoning ba’zi joylarida uchraydigan “olov xotun” afsonasidagi olov xotinning olov yoki qizil rangli ko‘ylak kiygani, uning tushkun kayfiyatiga ishora qilingan. Haqiqatan, ularda bu muqaddas ruhni mamnun etish uchun qurbonlik tanlanadi va uni muqaddas qayin daraxtiga bog‘lab unga qizil va oq rangli bo‘zlarni to‘qqiz qavat qilib o‘rash ramziy ma’no bildirgan, “to‘qqiz qavat qizil-oq matolar seni bezamoqda” degan maqtovlar esa olov ruhini yuksakka ko‘tarishdan dalolat beradi. Fikrimizni Onado‘li va o‘g‘uz turklari orasidagi “olov xotin”, “olov ruhi” yoki “alvasti” nomli miflar bilan davom ettiramiz. Xususan, yangi farzand ko‘rgan, hali chillasi ham chiqmagan onalarga balo-qazo sanalmish olov ruhi o‘zini va farzandlarini to‘ydirish maqsadida ona-bolani o‘ldirib jigarlarini sug‘urib olishiga ishonilgan. Bundan tashqari alvastilar otlarga ham balo keltirishi mumkinligi bashorat qilingan. Alvastilar og‘ildagi otning yoli va dumini o‘rishi, otlarni ertalabgacha yugurtirib charchatishiga ham ishonilgan. Insonlar orasida “Alvasti” deb nomlangan turk mifologiyasiga oid tasavvurlarning borligi, ming yillardan beri bunga ishonib kelinganligi uchun turk madaniyatida ulardan saqlanish uchun turli odatlarning vujudga kelganini ham ta’kidlash joiz. Bunday odatlarga misol tariqasida yangi farzand ko‘rgan kelinlarning qizil ko‘ylak kiyishini keltirishimiz mumkin. SHu sababli ham Saljuqiy va Usmoniy davlatining sultonlari qizlarini turmushga berganida, albatta qizil ipak mato va shu rangdagi kiyimlarni tuhfa etishi odat tusiga kirgan. Oddiy xalq esa yaqin-yaqingacha qiz uzatganida uning sandig‘iga
qizil rangli gazlamalar solishga harakat qilishgan. Xalq orasidagi bu kabi urf-odatlar yozma adabiyotda ham o‘z aksini topgan. Zamonaviy turk adabiyotining yirik nosirlari H.R.Gurpinarning “Alvasti” romani 1 , SH.Bulutning “Alvasti” 2 hikoyalari shular jumlasidandir. Muxtasar qilib aytganda, turklar turli ijtimoiy-siyosiy voqealarni boshidan kechirishiga qaramasdan bunday miflarni odat sifatida saqlab keldi. SHuningdek, zamonaviy G‘arb madaniyati va san’atidagi rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa va adabiyot singari san’at turlarining asosi ham miflar hisoblangan.
1
Гурпинар Ҳ.Р.. Жинлар орасида қолган қиз (роман П.Кенжаева тарж). –Т.: Янги аср авлоди. 2002. 141 б. 2
Download 281.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling