Fan: falsafa mavzu:“Qadimgi Sharqda asotiriy va falsafiy bilimlarning paydo bo`lishi”


Download 1.29 Mb.
bet2/6
Sana05.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1750001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5328086202622947993

Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, misr, yapon, koreys hamda O`rta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular g’arb falsafasiga ham taalluqlidirlar.
  • Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.
  • Sharq falsafasini o’rganishda avvalambor ushbu hududlarda shakllangan falsafaga e’tibor berish darkorki, ushbu falsafiy fikrlar g’arbga o’z ta’sirini ko’rsatgandir.
  • Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan.
  • Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o‘z aksini topgan.
  • Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o‘ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o‘rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan.
  • Zardo‘shtiylik ta’limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo‘lgan davr mahsuli bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri zardo‘shtiylikdir.
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling