Fan: Geografiya
Sinf: 10-a sinf
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.Noananaviy.
Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi
Mavzu: Afrika subregionlari.
Maqsad va vazifalar
|
O‘quvchilarda Afrika materiga va unda joylashgan mamlakatlar haqida ma`lumot berish, materikning subregionlarga ajratilish mazmun mohiyatini o`rganish.
O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas, xaritalar va rasmlar bilan ishlashga qiziqish uyg‘otish.
O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.
|
O‘quv materiali mazmuni
|
O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib yetishlari bunda materikning subregionlarga ajratishning asosiy sabablarini, har bir subregionning rivojlanish darajasi savdo aloqalari foydali qazilmalari haqida ma`lumot berish.
O‘tilgan mavzuni xarita va o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan ma’lumotlariga asoslanib savol va topshiriqlar bo‘yicha mustahkamlash:
|
O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
|
Uslub: “Guruhlar bilan ishlash”, “Amaliy mashg‘ulot”,“Blits so`rov“
Shakl: Savol-javob, jamoa va juftlikda ishlash.
|
Dars jihozi:
|
Dunyoning siyosiy xaritasi, 10-sinf darsligi, slayd, tarqatma savollar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |