Fan: Geometriya Sinf: 7 Dars tipi


Download 359.76 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi359.76 Kb.
#1569257
1   2   3   4
Bog'liq
Jizzax sh-25 Aslanova Mahliyo Husenovna dars ishlanma

B1C1 nurlarning har ikkalasida ham yotadi. U holda, С nuqta A1C1 va B1C1 nurlarning umumiy nuqtasi — C1 bilan ustma-ust tushadi. Natijada, AC va A1C1 , BC va B1C1 tomonlar ham o'zaro ustma-ust tushadi. Demak, ABC va A1B1C1 uchburchaklar aynan ustma-ust tushadi. Bu esa ular teng deganidir.
Teorema isbotlandi.
O`qituvchi mavzuni tushuntirib bo`lgach, “Aqliy hujum” usulidan foydalanib yangi mavzu bo`yicha savollar orqali murojaat qiladi.

  1. Uchburchaklarning tengligi BTB alomat bo'yicha qaysi elementlarni solishtirish orqali aniqlanadi?

  2. Uchburchaklar tengligining BTB alomatini izohlang.

  3. Rasmda ∆ABD =∆ACD ekanligini isbotlang.

Bunda o`quvchilarning bergan javoblari jamlanadi va guruhlar baholanadi.

O`qituvchi yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini sinash va mustahkamlash maqsadida o`quvchilarga darslikdagi masalarni ishlash topshirig’ini beradi. Har bir guruhga to’rtta A4 formatli oq qog’oz beriladi va ular kerakli o`quv qurollaridan foydalangan holda darslikdan shu mavzuga oid 4-, 5-, 6-, 7- masalarni chizmasi va isbotini qog’ozda aks ettirishlari kerak bo`ladi.


O`quvchilar bu vazifani bajarib bo`lishgach, guruh a’zolari bajargan ishlarini izohlab berishadi.
O`qituvchi guruhlarning berilgan topshiriqni qay darajada bajarganliklariga baholaydi.
O`quvchilar yangi mavzu yuzasidan qay darajada bilim va ko`nikmaga ega bo`lganliklari monitor orqali namoyish etiladigan test sinovi orqali tekshirilib ko`riladi. Test javoblar varaqalarini guruhlar o`zaro bir-birlari bilan almashadilar va ektanda namoyish etiladigan tog`ri javoblar bilan solishtirib ko`radilar. O`qituvchi guruhlardan test varaqalarini olib har bir berilgan tog`ri javobga rag`bat kartochkasi beradi.
O’qituvchi TIMSS xalqaro tadqiqotining masalasini o’quvchilarga beradi.Masalani tezkorlik bilan, hamda to’g’ri ishlagan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

O`qituvchi o`quvchilardan o`tilgan yangi mavzu yuzasidan qay darajada ma`lumotlarga ega ekanliklari quyidagicha so`raladi:

  • Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz?

  • Nimalarni o`rgandingiz?

  • Nimalar Siz uchun yangilik bo`ldi?

  • Yana nimalarni bilishni istar edingiz?

Har uchala guruhning kartochkalar soni va yig`gan bali hisoblanadi. G`olib guruh e`lon qillinib, dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.


Dars yakunida o`quvchilarga yangi mavzuga tegishli 10- masalaning isbotini qilib kelish va darslikdan mavzuni o`qib kelish vazifasi uyga beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:


1.A.A’zamov., B.Haydarov., E.Sariqov., A.Qo’chqorov., U.Sag’diyev.,Geometriya, Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, TOSHKENT ,YANGIYO’L POLIGRAF SERVIS, 2017
2. Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, TIMSS va PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorlanishga mo'ljallangan 7-8-sinflar uchun 2-mashq daftari
3.http://uz.wikipedia.org
Download 359.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling