Zigʻir oʻsimligi Zigʻir (Linum) — zigʻirdoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, tola va moy olish uchun ekiladigan ekin. Moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Yer yuzida 230 dan ortiq turi mavjud. Tolasi va moyi uchun ekiladigan madaniy oʻsimlik. (L.usitatissimum) turi xoʻjalik ahamiyatiga ega.
Tolali zig‘ir tola olish uchun ekiladigan bir yillik o‘simlik. Poyasi ingichka, silliq, tik o‘sadi, och yashil rangli, bo‘yi 60-120 sm. O‘simlik yetilganda poyasi sarg‘ish yashil rangli. Bargi oddiy, bandsiz, navbatma-navbat joylashadi, rangi yashil. Gul to‘plami poyaning uchida joylashadi, zangori rangda, o‘zidan changlanadi. Gullash davri 6-10 kun davom etadi. Urug‘i yassi, silliq, seryog‘ (42-49%), 1000 ta urug‘ining vazni 2,8-8,7 g. Urug‘i 5°C issiqda unib chiqadi. Maysasi -3-5° sovuqqa chidaydi. Vegetatsiya davri 75-90 kun, yetilishi uchun 1100-1500°C samarali harorat talab qilinadi. Tolali zig‘ir uzun kunlik o‘simlik. Kun yorug‘ bo‘lsa shoxlanishi ko‘payadi, ammo soya joylarda poyasi yotib qoladi. Zig‘irdan yuqori sifatli tola va moy olinadi. Tolasi pishiq, mustahkam, egiluvchan. Oziq-ovqatda, lok-bo‘yoq sanoatida, tabobatda qo‘llanadi. Kunjarasi chorvachilikda sifatli ozuqa hisoblanadi. Bir ekilgan dalaga zig‘ir 5-7 yildan keyin ekiladi.
- Navlari: O‘zbekistonda «Baxmal - 2» navi ekiladi. Lalmi yerlarda zig‘ir yetishtirish O‘tmishdosh. Zig‘ir unumdor va begona o‘tlar bosmaydigan lalmikor va sug‘oriladigan yerlarda yaxshi o‘sadi. Dukkakli ekin-lardan keyin, orasiga ishlov beriladigan ekinlardan tozalangan hamda eski bo‘z yerlar zig‘ir uchun ma’qul hisoblanadi. Bir ekil-gan dalaga zig‘ir 6 - 7 yildan keyin ekilishi shart. Markaziy Osiyoda jumladan O‘zbekistonda ham zig‘ir tog‘oldi va lalmi yerlarda qadimdan yetishtirilgan. Notekis, adir yerlarda o‘suv davrida namlikni yetishmasligi tufayli hosildorlik sug‘orila digan yerlarga nisbatan ancha past bo‘lishi kuzatilgan.
- Shartli sug‘oriladigan yerlarda zig‘ir yetishtirish Shartli sug‘oriladigan yerlarda zig‘ir ekiladigan maydonlar-ga o‘tmishdosh o‘simliklarni ekishdan oldin 15-20 tonna organik o‘g‘itlar berish tavsiya etiladi. Mineral o‘g‘irlar miqdori lalmi yer-larga nisbatan 15-20 % ko‘proq beriladi. Bahorgi - yozgi muddat-larda suv tanqisligi kuzatiladigan maydonlarda kech kuz va qish oylarida nam yig‘ish uchun dalalar sug‘oriladi. Ekin maydonlari 22-25 sm chuqurlikda shudgor qilinadi va erta bahorgi ishlar lal-mi yerlarda o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi. Imkon qadar erta bahorda ekish hosildorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqbul ekishda urug‘lik miqdori sug‘oril-adigan yerlar uchun 30-35 kg/ga tavsiya etiladi.
- Hosilni yig‘ib olish. Moyli zig‘ir urug‘lari to‘liq pishib ye-tilgandan keyin yig‘ib olinadi. Bu paytda o‘simlik poyasi va quzoqchalari sarg‘ayib barglari to‘kilib ketadi. Urug‘lari to‘q jigarrang, qo‘ng‘ir yoki qora tusga kiradi. Hosil katta maydon-larda maxsus moslangan don kombaynlari yordamida, tomorqa xo‘jaliklarida esa, qo‘lda yig‘ib olinib quritiladi. Poyalari quritil-gach, yanchilib, o‘simlik qoldiqlaridan maxsus elaklarda tozala-nadi va qoplanadi. Ushbu urug‘lar 15-20 kilogramli mato qop-larda xona harorati 130C dan past va havoning nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo‘lmagan xona sharoitida saqlanishi tavsiya eti-ladi. Saqlanadigan urug‘ning namligi 10 - 12 % oshmasligi kerak. Zig‘ir urug‘lari tarkibidagi namlik 12-13 % dan yuqori bo‘lishi urug‘ unuvchanligiga va urug‘ tarkibidagi moy miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Urug‘lar saqlanayotgan omborxona vaqti - vaqti bilan shamollatib turiladi.
- Ahamiyati. Zig‘ir xalq xo‘jaligida ishlatilishiga ko‘ra ikki: moyli va tolali zig‘irlar guruhiga ajratiladi. Moyli zig‘ir urug‘i tarkibida 32-45% tez qu-ruvchi (yod miqdori 165-192) moy bo‘lib, qurilish sanoatida u ayniqsa, lak - buyoq sanoati-da qimmatli xom ashyo his-oblanadi. Zig‘ir moyi: alifmoy, bosmaxona buyoqlari, sovun, tipografiya uchun kraska ishlab chiqishda, oziq - ovqatda ishlatila-di. Shuningdek, teri-poyafzal, qog‘oz, parfyumeriya, rezina, medi-sina, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi.
- Zig‘irning qayta ishlash jarayonida ajratib olinadigan kunjarasi va shroti tarkibi oqsilga boy bo‘lib, chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Zig‘ir kunjarasining tarkibida 30-36% gacha oq-sil, 8,6% gacha moy va boshqa ozuqalar bor. 100 kilogramm - kunja-ra 115 ozuqa birligiga, 28,5 kilogramm yengil hazm bo‘luvchi oqsil-ga ega. Zig‘irdan olingan kunjara va shrot boshqa ekin turlaridan olingan shu mahsulotlarga nisbatan oqsilga boy hisoblanadi.
- Zig‘ir yetishtirish uchun yillik yog‘ingarchilik 300-350 mm, aprel va may oylarida esa, 120-140 mm ga to‘g‘ri keladigan tog‘ oldi hududlar tanlanadi. zig‘ir ekinini tog‘oldi hududlarda dengiz sathidan 1250 m baladlikda ham yetishtirish mumkin.
- Almashlab ekishdagi o‘rni. Zig‘ir - tuproq unumdorligiga talab-chan o‘simlik bo‘lib, o‘simlik hayotining dastlabki davrlarida juda sekin o‘sishi sababli tanlangan yerlar ko‘p yillik begona o‘t ildizlari dan holi bo‘lishi talab etiladi. Zig‘ir uchun eng yaxshi o‘tmishdosh o‘simlik poliz va dukkakli don ekinlari hisoblanadi. Zig‘irni boshoqli don ekinlaridan keyin ham ekish mumkin. Zig‘irni zig‘ir yetishtiril-gan dalalarga oradan 6-7 yil o‘tgachgina ekish tavsiya etiladi.
- Oziqlantirish. Zig‘ir tuproq unumdorligiga talabchan bo‘lib, mineral o‘g‘itlar bilan yetarlicha oziqlantirilganda lalmi adir yer-larda 25 %, tog‘oldi hududlarda 60 % gacha hosildorlik ortishi ku-zatilgan. Zig‘ir ekiladigan maydonlarga o‘tmishdosh o‘simliklarni ekishdan oldin 10-15 tonna organik o‘g‘itlar berish tavsiya etiladi. Tuproq - iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ta’sir etuvchi modda hisobida azot 30-40 kg, fosfor 50-60 kg va kaliy 40-50 kg har bir gektarga beriladi. Fosfor va kaliy o‘g‘itlarini kuzgi shudgor payti-da, azotli o‘g‘itni esa, ekish oldidan o‘tkaziladigan ishlov paytida berish tavsiya etiladi. Tuproq - iqlim sharoiti va bahorgi yog‘in garchilik miqdoriga bog‘liq holda bahorda 1 ga maydonga 20-30 kg azotli o‘g‘it bilan oziqlantirilishi ham yaxshi samara beradi.
- Yerni tayyorlash. Zig‘ir ekiladigan dalalarda ekishga tayyorgar-lik o‘tmishdosh o‘simliklarni qoldiqlarini, ko‘p yillik begona o‘tlarni ildizlaridan tozalash bilan boshlanadi. Shudgordan oldin g‘alla ekil gan maydonlarda 5-6 sm, ko‘p yillik begona o‘tlar ildizlarini 10-12 sm chuqurlikda chizel borona o‘tkazilib, tuproq qatlamini qirqib, o‘simlik qoldiqlari yig‘ib chiqiladi va dala chetlarida yoqib yuborila-di. Kuzda 25 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Kuzgi shudgor qilin-gan yerlardan bahorda shudgor qilingan yerlarga nisbatan 15-18 % yuqori hosil olinadi. Tabiiy namlik zahirasini yaratish ya’ni, qor va yomg‘ir suvlarini saqlash maqsadida tog‘li hududlarda kuzgi shud-gor suv yo‘liga ko‘ndalang holatda amalga oshiriladi.
- Ekish. Urug‘lik zig‘ir yirik, begona o‘tlar urug‘laridan toza, namligi 10-12 %, unuvchanligi 90-95 % dan kam bo‘lmasligi zarur. Ekishdan 2-3 kun oldin zamburug‘ kasalliklariga qarshi dorilanadi. Ekish uchun 1 va 2 sinf urug‘laridan foydalaniladi. Fevral oyining ikkinchi, mart oyining birinchi o‘n kunligida oddiy g‘alla ekishda foydalaniladigan seyalkalarda yoppasiga qatorlab ekiladi. Lalmi yerlarning tog‘oldi mintaqasida gektariga 20 - 22 kg, tog‘li mintaqada esa 25 - 30 kg/ga dan ekiladi. Bu miqdor tax-minan 4 - 6 mln. donaga to‘g‘ri keladi. Ekish chuqurligi 3-4 sm bo‘lib, bahor quruq kelganda, yengil mexanik tarkibli tuproqlar-da ekish chuqurligi 4 -5 sm ga oshiriladi. Shuni alohida ta’kid-lash lozimki, urug‘lar ekilganda 11-12 % gacha unib chiqmaydi. Shuning hisobiga ekiladigan urug‘lik miqdorini 15-20 % oshirish tavsiya etiladi. Qatqaloqqa qarshi borona “zig - zag” yurgiziladi. Begona o‘tlar-ga qarshi chopiq va gerbitsidlar qo‘llash orqali qarshi kurashiladi.
- Parvarishlash. Zig‘ir poyasi o‘suv davrining dastlabki onlari-da juda sekin o‘sishi sababli, o‘simlik balandligi 8-10 sm bo‘lgan-da birinchi chopiq ishlari amalga oshiriladi. Ikkinchi va uchunchi chopiq ishlari ekin maydonining umumiy holatiga qarab belgila-nadi. Oxirgi chopiq o‘simlikning shonalash davri boshlanishida o‘tkaziladi.
- Hosilni yig‘ib olish. Moyli zig‘ir urug‘lari to‘liq pishib ye-tilgandan keyin yig‘ib olinadi. Bu paytda o‘simlik poyasi va quzoqchalari sarg‘ayib barglari to‘kilib ketadi. Urug‘lari to‘q jigarrang, qo‘ng‘ir yoki qora tusga kiradi. Hosil katta maydon-larda maxsus moslangan don kombaynlari yordamida, tomorqa xo‘jaliklarida esa, qo‘lda yig‘ib olinib quritiladi. Poyalari quritil-gach, yanchilib, o‘simlik qoldiqlaridan maxsus elaklarda tozala-nadi va qoplanadi. Ushbu urug‘lar 15-20 kilogramli mato qop-larda xona harorati 130C dan past va havoning nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo‘lmagan xona sharoitida saqlanishi tavsiya eti-ladi. Saqlanadigan urug‘ning namligi 10 - 12 % oshmasligi kerak. Zig‘ir urug‘lari tarkibidagi namlik 12-13 % dan yuqori bo‘lishi urug‘ unuvchanligiga va urug‘ tarkibidagi moy miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Urug‘lar saqlanayotgan omborxona vaqti - vaqti bilan shamollatib turiladi
- Zig‘ir yog‘i tarkibi. Zig‘ir yog‘i tarkibi o’ziga xosdir. Misol uchun: inson tanasi uchun xos bo’lgan omega-3 kabi kompanentlar mashhur baliq yog‘idan ham ko’p. Biron bir tabiiy mahsulotarda omega-3 aralashmasi bu darajada yo’q. Bundan tashqari, zig‘ir yog‘ida boshqa yog‘ kislotalari ham mavjud. Ushbu moddalarning bunday brikmasi yog‘ni yana-da noyob va foydaliroq qiladi. Bu o’simlik yog‘idagi yog‘ kislotalaridan tashqari vitaminlarga ham boydir. Vitaminlar ko’p bo’lmasa ham, lekin inson organizmi uchun foydali va muhimdir. Bu vitaminlar A vitamin iva E vitamini V guruhi vitaminlari, yana K vitaminidir.
Zig‘ir yog‘i foydasi. Zig‘ir yogi ko’p vitaminlarga boy ayniqsa omega – 3 ko’pligi uchun ajralib turadi. Zig‘ir yog‘in doimiy istemol qilish tananing to’liq ishlashig yordam beradi barcha ichki organlarni ishlashin yaxshilaydi, o’smalar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi, immunitetni mustahkamlaydi, viruslarga va infeksiyalar zamburug‘li kasalliklani oldini olishga yordam beradi. Zig‘ir yog‘ini och qorinda ichganda foydasi; Oshqozon ichchak ishini yaxshilaydi, ich qotishin yaxshilaydi; Teri, soch, tirnoqlarni holatini yaxshilaydi; Garmonal fonni barqarorlashtiradi; Xolestirinni pasaytiradi; Shishlarni yo’qotadi; - Zig‘ir yog‘i foydasi. Zig‘ir yogi ko’p vitaminlarga boy ayniqsa omega – 3 ko’pligi uchun ajralib turadi. Zig‘ir yog‘in doimiy istemol qilish tananing to’liq ishlashig yordam beradi barcha ichki organlarni ishlashin yaxshilaydi, o’smalar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi, immunitetni mustahkamlaydi, viruslarga va infeksiyalar zamburug‘li kasalliklani oldini olishga yordam beradi. Zig‘ir yog‘ini och qorinda ichganda foydasi; Oshqozon ichchak ishini yaxshilaydi, ich qotishin yaxshilaydi; Teri, soch, tirnoqlarni holatini yaxshilaydi; Garmonal fonni barqarorlashtiradi; Xolestirinni pasaytiradi; Shishlarni yo’qotadi;
- Qo‘llash mumkin bo’lmagan holatlar : O‘t pufagi toshi, pankreatit kabi kasallik bilan og‘riganlar; Qon ivishining buzilishi; Alergiyasi borlar; Garmonalniy o’zgarishlar; O’t fufagiga toshi borlar; Saraton kasalligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |