Fan ilmiy dunyoqarash shakllari
Download 257.6 Kb. Pdf ko'rish
|
BAXTIYOR
6. Falsafaning ilmiyligi muammosi Biz tanishib chiqayotgan masalaradan yana biri-bu falsafiy dunyoqarashning ilmiyligi muammosidir. Bu muammo falsafaning fan bilan munosabatini o’z ichiga oladi. Falsafaning fanga munosabati, uning konkret fanlar bilan bog’liqligi bu yangi masala emas. Falsafa fan bilan egizak, ular bir paytda birga dunyoga kelgan. Dastlab paydo bo’lgan falsafa dunyo to’g’risidagi inson bilimlarining jamlan- masidan iborat bo’lib, u o’z ichiga falsafiy qarash-lar birga birga, aniq fan soha- lariga oid dastlabki bilim-larni ham olgan. Shu tufayli falsafa o’z o’rinda fanning vazifasini ham bajargan. Jamiyat ishlab chiqarishi va kishilar amaliy faoliyatining rivojlanib borishi bilan falsafa ham rivojlanib borgan. Natijada falsafadan asta- sekin bir qator fanlar ajralib chiqa boradi. Falsafa tarkibida vujudga kelgan va undan keyinchalik ajralib chiqqan mustaqil fanlar va falsafaning inson bilishidagi imkoniyatlarini taqqoslab ko’rsak, falsafa bilan fan butun bilish tarixida cham- barchas bog’liq va aloqadorlikda bo’lgani-ning guvohi bo’lamiz. Falsafiy dunyoqarashning ilmiylik muammosi antik davr falsafasidayoq boshlangan edi. Bu narsa falsafaning o’ziga xos tub muammolarini aniqlashga borib taqaladi. Falsafa tarixida falsafaning o’ziga xos tub muammo-larini birinchi bo’lib aniqlashga kirishgan mutafakkir Aristoteldir. Borliqning alohida konkret soha- lariga oid bilimlardan farqli ravishda, u falsafani tub ma‘nodagi bor-liqning umu- miy boshlang’ich sabablari va printsiplari to’g’risidagi ta‘limot, deb ta‘riflaydi. Uningcha, borliqni bilishda falsafaning nazariy qudrati xususiy konkret bilimlar imkoniyatiga nisbatan o’lchab bo’lmas darajada buyukdir. Aristotel falsafani «fanlar malikasi» deb boshqa bilim sohalarini uning kanizaklari sifatida unga xizmat qiladi, ular falsafaga qarshi bir so’z ham ayta olmaydi, deydi. Falsafa va xususiy bilimlar o’rtasidagi munosabatga bunday qarash ko’p asrlar davomida fayla-suflar ongida saqlanib qoladi. Hatto Gegel kabi buyuk faylasuf ham Aristotel traditsiyasi yo’lidan borib, falsafani «fanlar qirolichasi» yoki «fanlar fani» deb ataydi. Bunday qarashning aks-sadosini hatto hozirgi kun-larda ham eshitish mumkin. XIX asrga kelib alohida fanlar taraqqiyotining yangi boqichi boshlanadi, ular yanada gurkirab rivojlana boshlaydi. Bu yangi bosqich boshlangan bir sharoitda alohida fanlarning buyukligi, falsafaning esa hech bir qimmati yo’qligi, falsafa o’z qimmatini yo’qotib borayotganligi haqida har xil qarama-qarshi fikrlar paydo bo’la boshlaydi. Bu davrga kelib, keng tarqalgan pozitivizm oqimi vakillari aniq fanlar hech qanday falsafaga muhtoj emas, har bir aniq fan o’z-o’ziga falsafa, deyishadi. Ular bu bilan falsafaning bilish imkoniyatlarini, uning ilmiy-ligini shubha ostiga ola boshlaydi. Pozitivistlar falsafa haqiqiy fan emas, deb e‘lon qiladilar. Ular alohida fanlar to’liq rivojlangan yetuk bosqichda falsafaning dunyoni bilishga imtiyozli da‘vogarligi yo’qoladi, falsafa fan bo’lmay qoladi, deyishadi. Bu noto’g’ri edi. Potivizmning bu noto’g’ri qarashini o’z vaqtida tushunib yetmagan ko’pchilik tabiatshu-noslar uning ta‘siriga berilib biz har qanday falsafdan voz kechamiz deb chiqadilar. Biroq haqiqatda esa falsafadan voz kechish mumkin emas edi. Chunki aniq fanlarning vazifalari dunyo hodisalarini oddiy, shundaygina tasvirlash va izohlashdan iborat bo’lmay, balki ularning sabab- larini ochib mohiyatini tushuntirib berishi ham lozim edi. Buning uchun bu aniq fanlar nazariy tafakkurga muhtoj bo’lar va nazariy tafakkursiz hech ish qilolmas edi. Nazariy tafakkur esa ilmiy tushunchalardan, falsafiy kategoriyalardan iborat bo’lib, u ijtioiy-tarixiy amaliyot erishgan yutuqlar, falsafa va aniq bilimlarning tarixiy taraqqiyot natijasida, falsafa va aniq fanlar tarixini o’rganish asosida hosil bo’ladi. Nazariy tafak-kurni esa faqat falsafagina bera oladi. Xullas, falsafa aniq fanlar kabi ilmiydir. U fan bilan birga vujudga kelib, fan bilan birga rivojlangan. Falsafa ilmiylikning barcha mezonlariga javob beradi, ya‘ni uning o’z ob‘ekti va predmeti bor, u jamiyatda aniq funktsiyalarni bajaradi, uning bilimlari asoslangan, ob‘ektiv va sistemalidir. Shuning bilan bir qatorda bu- yuk faylasuf Aristotel falsafa «fanlar malikasi» va nemis mutafakkiri Gegel aytganidek falsafa «fanlar qiroli-chasi», «fanlar fani» deganidek falsafa bugungi kunda kelib ham fanlarning metodologik asosi vazifasini ham o’taydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling