Fan ilmiy dunyoqarash shakllari


Falsafaning asosiy funktsiyalari


Download 257.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana10.10.2023
Hajmi257.6 Kb.
#1696815
1   2   3   4
Bog'liq
BAXTIYOR

4. Falsafaning asosiy funktsiyalari 
Falsafaning jamiyat hayotidagi roli yuqorida aytilganlar bilan cheklanmaydi. 
Uning asosiy roli falsafaning jamiyatda bajaradigan asosiy funktsiyalarida yanada 
yaqqol-roq namoyon bo’ladi. Uning bunday asosiy funktsiyalari qo’yidagilar:
1) dunyoqarash funktsiyasi;
2) metodologik funktsiyasi;
3) gnoseologik funktsiyasi;
4) ijtimoiy funktsiyasi;
5) aksiologik funktsiyasi. 
Falsafa dunyoni bir butun holda olib, unda insonning dunyoga munosabati 
haqidagi barcha bilimlarni nazariy jihatdan umumlashtirib, o’zlashtirish asosida 
bizni bir butun dunyo: borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va 
tafakkuri, insonning dunyoni bilishi to’g’risidagi eng umumiy qarashlari bilan 
qurollantiradi. Bu falsafaning dunyoqarash funktsiyasidir. Dunyoqarash funktsiyasi 
falsafaning, falsafiy bilimlarning asosiy xususiyatidir.


Falsafaning dunyoqarash funktsiyasi uning boshqa funk-tsiyalari bilan 
chambarchas bog’liqdir. Buni biz qo’yida uning metodologik funktsiyasini 
yoritishda yaqqol ko’ramiz.
Falsafaning metodologik funktsiyasi. Falsafa o’z tadqiqot predmeti sifatida 
borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, insonning dunyoni bilishidagi eng umumiy 
qonunlarini o’rganadi. U bunda inson tafakkuri va bi-lishiga oid eng umumiy 
tushunchalar, kategoriyalar sistemasi bilan ish ko’radi. Bu kategoriyalar ichida eng 
muhim o’rin-larni borliq, materiya, ong, tafakkur, predmet, hodisa, protsess, xossa, 
munosabat, o’zgarish, rivojlanish, sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, qism va 
butun, element va struktura kabilar tashkil qiladi. Falsafaning bu kategoriyalari 
dunyodagi, tabiat va jamiyatdagi predmet va hodi-salarning eng umumiy tomo-
nlarini, bog’lanish va aloqadorliklarini in‘ikos ettiradi. Falsafa, shu bilan birga, 
tafakkurning va inson bilishining eng umumiy universal printsiplarini ham ishlab 
chiqadi. Falsafa o’zining bu kategoriyalar sistemasi va universal printsiplarini 
dunyoni bir butun holda olib, uning eng umumiy qonuniyatlarini o’rganish asosida 
hosil qiladi. Uning bu kategoriyalari, printsiplari va qonunlari insoniyat bilimlari 
sistema-sining hamma sohalariga, ularning butun mazmuniga singib ketgan 
bo’ladi. Borliqning turli konkret tomonlarini o’rganuvchi alohida xususiy aniq 
fanlar o’zlari erishgan yutuqlarni umumlashtirishda ulardan umumiy xulosalar 
chiqarishda falsafiy kategoriyalar va printsiplardan foydalanishga muhtoj bo’la-
dilar. Aniq fanlar o’z tadqiqotlarida falsafasiz, uning printsiplari, qonunlari va ka-
tegoriya-larisiz hech bir ish qilolmaydilar. Bunday hollarda barcha aniq alohida 
fanlar uchun falsafa metodologik rol o’ynaydi. Umuman, aniq fanlar taraqqiyotida 
falsafaning roli katta. Ba‘zan shunday bo’ladiki, aniq fanlar o’z rivojlanish jara-
yonida murakkab muammolarga duch keladilar, bunda ular murakkab muammoni 
tug’dirgan metodologik qiyinchi-liklarni o’zlari hal qila olmaydilar. Bunday 
paytlarda ham ularga falsafa yordamga keladi. Bu o’rinda ham falsafaning 
metodologik funktsiyasi namoyon bo’ladi.
Falsafaning bundan tashqari gnoseologik funktsiyasi ham bor. Falsafa inson-
ning dunyoni bilish muammosini o’rganar ekan, u o’zining dunyoni bilishning 


umumiy metodlarini ishlab chiqib, inson bilishining bir butun umumiy nazariyasini 
ham yaratadi, shu asosda falsafa inson bilish faoliyatining paydo bo’lishi, uning 
rivojlanish tendentsiyalari va eng umumiy qonun-larini ochib beradi. U bunda 
inson bilishining haqiqatga borish yo’llarini ham, hosil qilingan bilimlarning haqi-
qatligini tekshiruvchi usullarni ham tadqiq etadi.
Falsafa insonning dunyoni bilishining eng umumiy qonunlarini ishlab 
chiqish bilan cheklanmay, inson oldiga uni o’zgartirish masalasini ham qo’ydi. U 
dunyoni bilish asosida uni o’zgartirishda insonning faol faoliyatiga asosiy e‘tiborni 
qaratadi. Falsafa bunda bilishning eng umumiy qonunlari bilan kishilar tafakkurini 
qurollantirib, ularga ob‘ektiv protsesslarning o’zgaruvchan, rivojlanuvchi, qarama-
qarshi va ziddiyatli mazmunini hisobga olgan holda dialektik fikr yuritishni 
o’rgatadi. Bunday fikr yuritish malakasini hosil qilish inson tafakkuri madaniya-
tining ravnaqi uchun uning juda ko’p turli-tuman amaliy va nazariy masalalarini 
hal qilishda katta rol o’ynaydi. Bunday hollarning barchasida falsafaning 
gnoseologik funktsiyasi namoyon bo’ladi.
Umuman, falsafa alohida fanlar uchun, ularning tabiat va jamiyatning, borliq 
va ongning konkret tomonlarini o’rgani-shida, tadqiq qilishida eng umumiy metod 
rolini o’ynaydi.
Falsafaning funktsiyalaridan yana biri ijtimoiy-aksiologik funktsiyasidir. 
Falfasa turli ijtimoiy qad-riyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bilan chekla-
nib qolmasdan, voqelikni talqin va tahlil, ta‘rif va tan-qid etadi. Shu jumladan 
ijtimoiy ideal haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish ham falsafa zimmasidadir.
Ijtimoiy idealni shakllantrish bilan bog’liq muam-molar falsafa bilan siyosiy 
tuzum o’rtasidagi o’zaro muno-sabatlar xarakteriga borib taqaladi. Bir qarashda 
falsafa barcha zamonlarda ijtimoiy ideal, siyosiy tuzum, hokimiyat haqidagi 
mulohazalarni yaratganu, davlat, siyosiy tuzum ularni ruyobga chiqarishga 
intilgandek tuyuladi. 
Biroq falsafiy ta‘limot siyosiy hokimiyatning hatti-harakatlar, oqibatlari 
uchun javobgar bo’la olmaydi. Axir, falsafadan siyosatga eltuvchi yo’llar turfa xil, 
ya‘ni bir falsafiy bilimdan turlicha xulosalar chiqarish mumkin. Chunonchi, 


«davlat tartibga asoslanishi kerak, mamlakatda tartib bo’lmog’i zarur»,-degan fikr 
asosida qonun ustuvor-ligini ta‘minlash ham, Stalin va Pinochet kabi minglab 
kishilarni o’limga hukm qilishi ham mumkin.
Falsafa ijtimoiy idealni shakllantirish bilan birga voqelikni tahlil va tanqid 
ham qiladi, ya‘ni faylasuf ijtimoiy ideal bilan voqelik o’rtasidagi tafovutni aniq-
lashga intiladi. Tanqid sub‘ektning noroziligini ifodalaydi. Norozilikni esa turlicha 
ifodalash mumkin. Ba‘zi hollarda voqelikni tahlil qilishdan voz kechish, «sukut 
saqlash» ham norozilik ifodasi bo’ladi.
Falsafaning funktsiyalari orasida madaniy-tarbiyaviy funktsiyasining o’rni 
ham beqiyosdir. Falsafa madaniyatli shaxsni shakllantirishda hal qiluvchi omil 
vazifasini o’taydi. Madaniyatli shaxsning eng asosiy fazilatlaridan biri-aqliy 
zukkolikdir. Aqliy zukkolik-shaxsning tabiat va jamiyatda sodir bo’layotgan turli 
hodisa va voqealarni, jarayonlar kuzatish, uning mohiyatini ilg’ab olish, sabab-
larini tushunish, oqibatlarini oldindan ko’ra bilish, bun-dan to’g’ri xulosa chiqarish 
qobiliyatining, shuningdek fahm-farosati, zehni, ziyrakligining rivojlanganligi 
holatini ifodalovchi kategoriyadir. Uning asosiy komponentlarini bilimlar, tafakkur 
yuritish 
qobiliyati, 
aql 
mustaqilligi, 
ijodkorlik 
tashkil 
etadi. 
Ushbu 
komponentlarning barchasi yuksak darajada shakllangandagina fikrlash madaniyati 
yuksaladi. Shaxsning voqea va hodisalardagi ziddiyatlarni aniqlash va ularni 
bartaraf etish qobiliyati esa fikrlash madaniyatining mezoni hisoblanadi.
Falsafa informatsiyalar to’plash funktsiyasini ham bajaradi. Uning asosiy 
vazifalaridan biri-hozirgi zamon fani, tarixiy amaliyot hamda bugungi inson 
intellektual salohiyati talablariga javob bera oladigan dunyoqarashni shakl-
lantirishdan iborat. Buning uchun esa ob‘ektni to’g’ri aks ettirish, uning kom-
ponentlari va elementlari, ularning o’zaro aloqadorligi haqida ishonchli ma‘lu-
motlar olish maqsadida turli informatsiyalar yig’ish, tahlil etish, qayta ishlash va 
sistemalashtirish bilan shug’ullanadi. Bu informatsiyalar turli falsafiy katego-
riyalarda o’z ifodasini topadi.

Download 257.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling