Fan: Informatika Sinf: 6-A. Sana
Wordda jadval joylashtirish
Download 1.32 Mb.
|
6 12-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval
- Jadval joylashtirish
- Word jadvali ustida bazi amallar
Wordda jadval joylashtirish. Wordda jadval hosil qilish jarayonini ko'rib chiqamiz. Aytaylik, yuqoridagi jadvalni hosil qilish kerak bo'lsin. Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi:
Avval jadvalning ustun va satrlari sonini aniqlanadi: bizning holda jadval 3 ta ustun va 4 ta satrdan iborat. Birinchi usul: ustun va satrlar soni aniqlangach, Jadval(Tаблица) menyusining Joylashtirilsin (Вставить) bо'limidan Jadval (Таблица ) bo'limi tanlanadi. Hosil bo'lgan muloqot oynasida ustunlar va satrlar soni kiritiladi. Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tanlanadi. Ikkinchi usul: STANDART uskunalar panelidan Jadval joylashtirish (Вставить таблицу) uskunasi tanlanadi. Hosil bo'lgan kataklar majmudan sichqoncha yordamida kerakli sondagi kataklar belgilanadi va sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bu usulda ko'pi bilan 4 satrli va 5 ustunli jadval hosil qilish mumkin. Natijada quyidagi ko`rinishda jadval hosil bo`ladi:
Word jadvali ustida ba'zi amallar 1. Birinchi satr kataklariga, odatda, ustunlarda joylashgan ma'lumotlar uchun sarlavhalar, birinchi ustunga esa tartib raqamlari yoziladi. Jadval kataklari ma'lumotlar bilan to'ldiriladi. Buning uchun yurgich sichqoncha yordamida kerakli katakka joylashtiriladi va zaruratga qarab [Tab] yoki yo'nalish klavishlari yordamida boshqa kataklarga o'tiladi.
2. Jadvaldagi ma'lumotlarning hajmiga qarab ustunlarning kengligini o'zgartiriladi. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichi ustunlarning chegara chizig'iga olib kelinadi. Sichqoncha ko'rsatkichi ko'rinishga kelgach, chap tugmasi bosilgan holda kerakli tomonga siljitiladi.
3. Jadvallar ustida bajariladigan asosiy amallardan biri — undagi ma'lumotlarni tartiblashdir. Qaralayotgan misolda qurilmalarning nomi bo'yicha kamayish yo'nalishida tartiblash kerak bo'lsin. Buning uchun qurilmalarning nomi yozilgan 3- ustundagi 3 ta katak belgilab olinadi (avvalgi darslarda ko'rsatilgan blokka olish amali). So'ng Jadval menyusidan Tartiblash (Сортировка... ) buyrug'i tanlanadi. Hosil bo'lgan muloqot oynasidan kamayish tartibida (no убыванию) buyrug'i tanlanadi. [Enter] klavishi bosilsa yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlansa, jadvalimiz quyidagi ko'rinishga keladi:
Jadvalda formatlash. Jadval kataklaridagi ma'lumotlarni alohida yoki birgalikda (blokka olib) formatlash mumkin. Bunda ma'lumotning joylashish usuli, o'lchamlari, shriftning ko'rinishini FORMATLASH uskunalar paneli yordamida osongina o`zgartirladi. Kataklar fonining rangi yoki katak chegaralari ko'rinishlari Format menyusining Chegaralar va bo'yash (Границы и заливка...) yoki Jadval menyusining Jadval xossalari (cвойства таблицы...) bo'limining Chegaralar va bo'yash bo'limi yordamida o'zgartiriladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling